Tо‘lov balansining davlat tomonidan tartibga solishning zarurligi quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
Birinchidan, tо‘lov balansiga muvozanatsizlik xos bо‘lib, bu holat yoki defitsit, yoki haddan tashqari aktiv qoldiq kо‘rinishida namoyon bо‘ladi. Bu nomutanosiblik valyuta kursi dinamikasiga, kapital oqimiga, iqtisodiyotning holatiga qattiq salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Masalan, AQSH, joriy operatsiyalaridagi defitsitni milliy valyuta bilan qoplash natijasida, inflyatsiyani boshqa davlatlarga eksport qilishga erishgan. Bu esa, xalqaro aylanmadagi dollar ortiqchaligini keltirib chiqardi va XX asrning 70 -yillarida Bretton-vuds tizimining izdan chiqishiga olib keldi.
Ikkinchidan, XX asrning 30-yillarida oltin - deviz standarti joriy qilingandan sо‘ng, tо‘lov balansini muvozanatlashtirishning baho mexanizmi ish bermay qо‘ydi. SHu sababli ham, tо‘lov balansini davlat tomonidan ma’lum tadbirlar orqali boshqarilishi maqsadga muvofiq bо‘lib qoldi.
Uchinchidan, xо‘jalik aloqalari tobora globallashib borayotgan hozirgi davrda, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tizimida tо‘lov balansining roli borgan sari ortib bormoqda. Tо‘lov balansini muvozanatlashtirish vazifasi - davlatning barqaror iqtisodiy о‘sishini ta’minlash, inflyatsiyani jilovlab turish va ishsizlikni kamaytirish kabi vazifalar bilan bir qatorda e’tirof etilmoqda.
Tо‘lov balansini muvozanatlashtirish, odatda, bir qancha ichki va tashqi omillarning tо‘lov balansiga ta’sirini baholashni taqozo etadi. Aktiv balansga ega bо‘lgan davlatlar, xalqaro hisob-kitoblarga kirishuvchi mamlakatlarda makroiqtisodiy barqarorlikni mavjud bо‘lishidan manfaatdor bо‘ladi.
Defitsitli tо‘lov balansiga ega bо‘lgan davlatlar esa, aktiv balansga ega bо‘lgan о‘z hamkorlaridan import bо‘yicha cheklovlarni kamaytirish, mazkur mamlakatlarga kapital chiqarilishini rag‘batlantirish kabilarni talab qiladi.
Tо‘lov balansida defitsit mavjud bо‘lgan davlatlar tomonidan, eksportni rag‘batlantirish, import qilinayotgan tovarlarni kamaytirishga, xorijiy kapitalni jalb qilishga, kapitalni olib chiqib ketishni chegaralashga qaratilgan quyidagi tadbirlar qо‘llaniladi:
Deflyatsion siyosat. Bu siyosat, ichki talabni kamaytirishga yо‘naltirilgan holda, о‘z ichiga byudjet mablag‘larini aholi ehtiyojlariga kamroq sarflash, baholarni va ish haqlarini muzlatish kabilarni qamrab oladi. Uning asosiy instrumentlaridan biri bо‘lib, moliyaviy va pul - kredit choralari hisoblanadi: byudjet defitsitini kamaytirish, Markaziy bankning hisob stavkalarini о‘zgartirishi (diskont siyosati); kredit cheklovlari; pul muassasining о‘sib borishiga chegara qо‘yish.
Iqtisodiy pasayish, ishsizlikning yuqori kо‘rsatkichi va tо‘la foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari sharoitida deflyatsiya siyosatini qо‘llash, ishlab chiqarish va bandlikning yanada pasayishiga olib keladi. Bu esa, aholining turmush darajasiga sezilarli salbiy ta’sir kо‘rsatib, vaziyatni yumshatish bо‘yicha tezkor chora-tadbirlar qо‘llanilmasa, ijtimoiy nizolar keltirib chiqarishi mumkin.
Devalvatsiya. Bu milliy valyuta kursining pasaytirilishidir. Bu tadbir milliy eksportni rag‘batlantirish va importni jilovlash bilan bog‘liq maqsadlarda amalga oshiriladi. Ammo, tо‘lov balansini tartibga solishda devalьvatsiyaning roli, uni о‘tkazish tartiblari va ularga hamkorlik qiluvchi mamlakatning umumiqtisodiy va moliyaviy siyosatiga bog‘liq bо‘ladi. Devalvatsiya faqatgina, raqobatbardosh tovarlarning eksport salohiyati va jahon bozoridagi qulay vaziyatlarning mavjudligi sharoitidagina tovarlar eksportini rag‘batlantirishi mumkin.
Devalvatsiyaning importni cheklashga ta’siri esa, mamlakatning importni cheklash bо‘yicha keskin choralar qо‘llash imkoniyatlarining pasayishidan kelib chiqadi. SHundan kelib chiqib aytish mumkinki, hamma mamlakatlarda ham import о‘rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarish siyosati muvaffaqiyatli chiqavermaydi.
Devalvatsiya importni cheklashi bilan, mamlakat ichida tovarlar ishlab chiqarish xarajatlari ortishiga, narxlarning kо‘tarilishiga va oqibatda, tashqi bozorlarda raqobatbardoshlik qobiliyatining yо‘qolishiga olib keladi. SHuning uchun, bu tadbir mamlakatga vaqtinchalik ustuvorlik berishi mumkin, ammo u tо‘lov balansining defitsitini keltirib chiqaruvchi sabablarni tо‘liq bartaraf etishga qodir emas.
Kutilgan natijani olish uchun, devalьvatsiya etarli darajada bо‘lishi zarur. Aks holda, u valyuta spekulyatsiyasini kuchaytiradi va valyuta kursini qaytadan kо‘rib chiqishga majbur qiladi. Masalan, 1967 yil noyabrь oyida funt sterlingni 13,4 foizga devalьvatsiyasi va 1971 yil dollarning 7,89 foizga devalьvatsiya qilinishi, ushbu valyutalarga bо‘lgan spekulyativ tazyiqni yо‘q qila olmadi. Devalьvatsiyani amalga oshirgan mamlakat, raqobatda о‘zi kutgan ustuvorlikka ega bо‘la olmasligi mumkin. Chunki, suzib yuruvchi kurs rejimining qо‘llanilishi tо‘lov balansini muvozanatlashtirish imkonini bermasligi mumkin.
Valyuta cheklovlari. Ushbu tadbir eksport qiluvchilarning xorijiy valyutalardagi tushumlaridan foydalanishni cheklash, xorijiy valyutani import qiluvchilarga sotishni litsenziyalash orqali amalga oshiriladi. SHuningdek, u valyuta operatsiyalarini maxsus ruxsatnomaga ega bо‘lgan banklarda amalga oshirilishi hamda tо‘lov balansidagi defitsitni kamaytirish maqsadida, kapital eksportini chegaralash va uning oqib kelishini rag‘batlantirish, tovarlar importini chegaralashga qaratilgan tadbirlar yig‘indisi sifatida ham e’tirof etiladi.
XX asrning 70-yillari oxiri 80-yillarining boshlarida joriy operatsiyalar bо‘yicha yuritilayotgan siyosatning erkinlashuviga qaramasdan, konvertirlanadigan valyutaga ega bо‘lgan mamlakatlarning deyarli 90 foizida kapitallarning xalqaro harakatida turli xil cheklovlar mavjud bо‘lgan. EIning kо‘pchilik davlatlari ushbu cheklovlarni faqatgina о‘tgan asrning 90-yillariga kelib bekor qildi.
Moliya va pul - kredit siyosati. Tо‘lov balansidagi defitsitni bartaraf etish maqsadida eksport qiluvchilarga byudjet subsidiyalari beriladi, proteksionistik maqsadlarda import bojlari oshiriladi, mamlakatga pul oqimining kirib kelishini rag‘batlantirish maqsadida qimmatli qog‘ozlar egasi bо‘lgan xorijliklardan olinadigan soliqlarni bekor qilish kabi chora-tadbirlardan keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |