Inkasso bо‘yicha hisob-kitoblar 2-chizma.
Hisob-kitoblarning inkasso shakli importyor uchun qulay hisoblanadi, chunki u haqiqatda etkazib berilgan tovar uchun tо‘laydi, inkasso bо‘yicha operatsiyani amalga oshirish xarajatlari esa yuqori emas.
Hisob - kitoblarning inkasso shakli ayrim kamchiliklardan holi emas, birinchidan, banklar orqali hujjatlar aylanmasi uzoq davom etadi; ikkinchidan, importyor unga taqdim etilgan hujjatlar bо‘yicha tо‘lovdan bosh tortishi yoki xorijga valyuta о‘tkazish uchun ruxsatga ega bо‘lmasligi mumkin.
Hujjatlashtirilgan akkreditiv shunday bitimki, unga kо‘ra bank - emitent mijozi (importyor) topshirig‘iga kо‘ra benefitsiar foydasiga u taqdim etgan hujjatlar bо‘yicha tо‘lovni amalga oshirish yoki trattani akseptlash majburiyatini oladi.
Hisob - kitoblarning akkreditiv shakli eksportyor manfaatlariga tо‘liq javob beradi, ya’ni eksport tushumining о‘z vaqtida kelib tushishini ta’minlaydi. Hujjatlashtirilgan akkreditiv bо‘yicha hisob-kitoblar 3-chizmada muxtasar keltirilgan.
5. Xalqaro kredit
Xalqaro kredit - bu tovar va valyuta kо‘rinishidagi mablag‘larni qaytarib berishlilik, muddatlilik, foiz tо‘lashlilik shartlari asosida berish bilan bog‘liq bо‘lgan xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi ssuda kapitali harakatidir.
Xalqaro kredit munosabatlarining sub’ektlari sifatida tijorat banklari, markaziy banklar, davlat organlari, yirik korxonalar, regional va xalqaro moliya-kredit tashkilotlari qatnashadi.
Xalqaro kreditni yuzaga kelishiga sabab bо‘lib, ishlab chiqarishning milliy doiradan chiqishi, xо‘jalik aloqalari baynalminallashuv jarayonining tezlashishi, xalqaro kapitallarning markazlashuvi hamda ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi hisoblanadi.
Xalqaro kredit munosabatlarini tashkil qilish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1.Qaytarib berishlilik: agar olingan mablag‘lar qaytarilmasa, pul kapitalini qaytarib bermaslik shakli namoyon bо‘ladi, ya’ni moliyalashtirish yuzaga keladi;
2.Muddatlilik, ya’ni kredit shartnomasida kо‘rsatilgan muddatda kreditni qaytarilishini ta’minlash;
3.Ta’minlanganlik, ya’ni olingan kreditni tо‘lashni kafolatlanganligi;
4.Maqsadlilik, ya’ni ssudani aniq ob’ektlarga yо‘naltirishni kо‘zlash va uni birinchi navbatda kreditor davlatning eksportini rag‘batlantirish uchun qо‘llash;
5.Foiz tо‘lashlilik.
Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy aloqalarda ssuda kapitallari harakatini о‘ziga xos xususiyatini namoyon etib, quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni talablarini qondirish uchun ssuda kapitallarini mamlakatlar о‘rtasida qayta taqsimlash. Ssuda kapitallari xalqaro kredit mexanizmi orqali foydasi kо‘proq, daromadliroq bо‘lgan tarmoqlarga intiladilar. SHu orqali kredit milliy daromadni о‘rtacha daromadga tenglashishiga imkoniyat yuzaga keltiradi va uning massasini oshishiga olib keladi.
Haqiqiy pullarni kredit pullarga almashtirish, naqdsiz tо‘lovlarni rivojlantirish va tezlashtirish hamda naqd valyuta aylanmasini xalqaro kredit operatsiyalari bilan almashtirish orqali xalqaro hisob-kitoblar muomalasidagi sarf-xarajatlar iqtisod qilish.
Xalqaro kredit asosida xalqaro hisob-kitoblarning kredit vositalari - veksellar, cheklar, shu jumladan, bank о‘tkazmalari, depozit sertifikatlari va boshqalar yuzaga keldi. Ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi muomalasi vaqtini tejash orqali kapitalning ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanilishi davrini uzaytiradi va shuning asosida, ishlab chiqarishni kengaytirish va foydaning о‘sishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Kapitalning jamlanishi va markazlashishini tezlashtirish. Xorijiy kreditlarni jalb qilish tufayli qо‘shimcha qiymatni kapitalga aylanish jarayoni tezlashadi, shaxsiy jamg‘armalar chegarasi kengayadi, bir davlat tadbirkorlarining kapitallari boshqa davlatlarning mablag‘lari qо‘shilishi oqibatida kо‘payadi. Xalqaro kredit avvaldan yakka korxonalarni aksionerlik jamiyatlariga aylanishiga, yangi firmalar va monopoliyalarni paydo bо‘lishiga xizmat qiladi.
Xalqaro kreditning funksiyalarining ahamiyati katta va u milliy va jahon xо‘jaligi rivojlanishiga qarab о‘zgarib turadi. Hozirgi sharoitda xalqaro kredit iqtisodiyotni tartibga solish funksiyasini bajarmoqda va о‘zi ham tartibga solinish ob’ekti bо‘lib hisoblanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |