Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet81/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

Xalqaro kredit о‘z funksiyalarini bajarishda ikkiyoqlama-ijobiy va salbiy rol о‘ynaydi.
Xalqaro kreditning iqtisodiyotdagi ijobiy о‘rni - uni takror ishlab chiqarishni rivojlanishini ta’minlashda va kengaytirishda namoyon bо‘ladi. Xalqaro kredit tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlanishiga turtki bо‘lib xizmat qiladi. Xalqaro kredit ishlab chiqarishni baynalminal-lashuviga va ayirboshlashuviga, jahon bozorini tashkil topishiga va rivojlanishiga, xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashuviga olib keladi.
Xalqaro kredit takror ishlab chiqarish jarayonini quyidagi yо‘nalishlar orqali tezlashtiradi.
Birinchidan, kredit mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarini rag‘batlantiradi, shu orqali bozorda kon’yunkturani kо‘taruvchi talabni yuzaga keltiradi. Tashqi savdo kreditda xalqaro norma bо‘lib hisoblanmoqda. Ayniqsa uzoq davr mobaynida tayyorlanadigan, iste’mol qilinadigan va bahosi baland tovarlar uchun. Mahsulotlarning bahosini va jahon savdosida mashina va asbob-uskunalarning ulushini oshishi eksportyorlarni ham, importyorlarni ham tashqi savdo kreditlariga bо‘lgan qiziqishlarini orttirmoqda.
Hozirgi zamon sharoitida kreditor-mamlakatdan eksport etkazib beruvchi “bog‘liqlik” kreditining salmog‘i oshdi. Kreditlanayotgan davlatning tovarlarini sotib olish uchun qilinadigan xarajat zayomning sharti bо‘lib hisoblanmoqda. Xuddi shu orqali xalqaro kredit kreditor-mamlakat firmalarining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Ikkinchidan, xalqaro kredit chet el xususiy investitsiyalari uchun qulay muhit yuzaga keltiradi, chunki odatda kreditor-mamlakat investorlariga imtiyozlar berish majburiyatlari qо‘yiladi; infrastrukturani tashkil etish, shu jumladan, chet el va qо‘shma korxonalarni faoliyat kо‘rsatishi, xalqaro kapitalga aloqasi bor milliy korxona va banklarning pozitsiyasini kuchayishiga yordam beradi.
Uchinchidan, kredit - mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga xizmat qiluvchi xalqaro hisob-kitob va valyuta operatsiyalarini tо‘xtovsizligini ta’minlaydi.
Tо‘rtinchidan, kredit - mamlakat tashqi savdo operatsiyalarini iqtisodiy samaradorligini oshiradi va tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa turlarini rivojlanishiga turtki bо‘ladi.
Xalqaro kreditning iqtisodiyotdagi salbiy о‘rni - bozor iqtisodiyotini rivojlantirishda uning qarama-qarshiligini kuchayishida namoyon bо‘ladi. Iqtisodiyotida nomutanosiblik chuqurlashadi, kredit-tovarlarni qayta ishlashni tezlashtiradi, mamlakatlar о‘rtasida ssuda kapitallarini qayta taqsimlaydi hamda iqtisodiy kо‘tarilish va davriy pasayish davrlarida ishlab chiqarishni juda tezlashtiradi.
Xalqaro kredit ijtimoiy ishlab chiqarishdagi nomutanosiblikni kuchaytiradi, buning oqibatida daromadli tarmoqlar rivojlanishi osonlashadi, shu bilan birgalikda chet el kapitali jalb qilinmagan tarmoqlarning rivojlanishi sekinlashadi.
Kredit siyosati kreditor mamlakatning jahon bozoridagi о‘rnini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Birinchidan, xalqaro kreditni qarz sifatida olgan mamlakatdagi daromadlarni qarz bergan mamlakatga olib о‘tishda foydalaniladi. SHu bilan birga ssudani qaytaruvchi har yilgi foiz tо‘lovlari, jamiyatning sof daromadini miqdorini kо‘paytiruvchi, ishlab chiqarishni о‘sishini ta’minlovchi jamg‘armalarning tashkil topishi, shu jamg‘armalarning tashkil topish manbalari qarzdor mamlakatlarga salbiy ta’sir etadi.
Ikkinchidan, xalqaro kredit qarz oluvchi mamlakat tomonidan kreditor mamlakatlar uchun qulay iqtisodiy va siyosiy muhit yaratishni taqazo etadi. Etakchi mamlakatlar о‘z о‘rnini yanada mustahkamlash uchun banklar, hukumatlar, xalqaro va regional valyuta-kredit va moliya tashkilotlari orqali vaqti-vaqti bilan ularga mos kelmagan siyosat yuritayotgan davlatlarga nisbatan kredit diskriminatsiyasini va kredit blokadasini qо‘llashadi.
Kredit diskriminatsiyasi-bu kredit olishda, undan foydalanishda yoki xalqaro kreditni tо‘lashda ma’lum bir qarz oluvchilarga iqtisodiy va siyosiy bosimni yuzaga keltiruvchi og‘ir va murakkab shartlarning qо‘yilishidir. Kredit diskriminatsiyasining asosiy metodlari bо‘lib, kredit bо‘yicha cheklashlar, foiz stavkasini, komission yig‘imlarni oshirish, kutilmagandan kreditdan foydalanishni tо‘xtatish yoki kredit summasini kamaytirish hamda iqtisodiy va siyosiy xarakterdagi chora - tadbirlarni kо‘rish hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xalqaro kreditdan foydalanishda uning ikkiyoqlama roli namoyon bо‘ladi, bir tomondan mamlakatlarning о‘zaro foydali aloqalarini rivojlantirsa, boshqa tomondan - raqobat kurashi vositasi bо‘lib xizmat qiladi.
Ishlab chiqarishning va ayirboshlashning baynalminallashuvi, jahon xо‘jaligi aloqalarini yangi shakllarini vujudga kelishi xalqaro kredit shakllarini xilma-xilligini rivojlanishiga ob’ektiv asos bо‘lib xizmat qiladi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish