Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Soliq tо‘g‘risidagi qonun hujjatlari va ularning vaqt bо‘yicha amal qilishi. Soliqqa tortishning umumiy va xususiy tamoyillari



Download 5,22 Mb.
bet84/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

8. Soliq tо‘g‘risidagi qonun hujjatlari va ularning vaqt bо‘yicha amal qilishi. Soliqqa tortishning umumiy va xususiy tamoyillari.


1.Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va zarurligi
Soliqlar uzoq davr mobaynida jamiyat tomonidan yaratilgan mahsulotning bir qismini davlat xazinasini tо‘ldirish uchun undiriladigan asosiy manba sifatida ma’lumdir. Shu bilan birga, soliqqa tortish esa iqtisodiy madaniyatning bir elementi sifatida davlatlarning bozor iqtisodiyotiga о‘tgan yoki о‘tmaganligidan qat’i nazar ularning hammasiga xosdir. SHuning uchun soliqqa yurtishni insoniyatning rivojlanishidan ajratmagan holda kо‘rib, uning noyob bir ixtirosi sifatida tan olish lozim.
Soliqlarning rivojlanish tarixiga nazar tashlaydigan bо‘lsak, “Dunyoda hech narsa soliq va о‘lim kabi muqarrar emas”, degan edi Benjamin Franklin. Insoniyat doimiy tartibda tо‘lashga о‘rganib qolgan soliqlarning ham kо‘p yillik rivojlanish tarixi bor. Dunyoda ilk sivilizatsiya davrlaridanoq soliq munosabatlari shakllana boshlagan.
Ilk soliq yig‘imi joriy etilishi tarixi miloddan avvalgi uchinchi ming yillikda qadimgi Misrda shakllangan. Bibliyaning 47-bо‘limida aytilishicha, Misr fir’avnlari aholini etishtirgan hosilning beshdan bir qismini soliq sifatida tо‘lashga majbur qilgan.
Keyinchalik soliq amaliyoti yunon sivilizatsiyasida ham rivoj topdi. 1799 yilda tarixiy Aleksandriya shahrining sharqiy hududidan topilgan “Rozetta yodgorligi” buning isboti bо‘la oladi. Unda miloddan avvalgi yillarda Ptolomeylar sulolasida soliq munosabatlari amalda bо‘lgani tasvirlanadi.
О‘rta asrlarda Evropada meros, egalik va xarid uchun yangi soliq turlari amalga kiritila boshlanadi. Bu soliqlardan olinadigan tushum, asosan, urush davrlarida mudofaa uchun zarur bо‘lgan.
Xitoy ham ilk soliq tartiblarini joriy etgan davlatlardan biri. Tan sulolasi (618-907) va Song sulolasi davrida (1127-1279) aholi rо‘yxatga olinadi va bu asosida ularga soliq tо‘lash majburiyati yuklanadi. Yig‘ilgan pul esa armiyaga, bundan tashqari, irrigatsiya va transport qatnovi uchun zarur bо‘lgan kanallar qurilishiga yoki shunga о‘xshash ijtimoiy loyihalarga sarflangan.
Miloddan oldingi birinchi ming yillikning boshlaridayoq Markaziy Osiyo hududlarida kо‘chmanchilik sharoitida, о‘zlari uchun qulay joy izlab yurgan kо‘plab urug‘ va qabilalar er maydonlari, suv, о‘tloqlarni egallash maqsadida kurashib kelishgan. Ayrim hollarda esa ular о‘zlaridan kuchliroq qabilalarga er solig‘i, ya’ni о‘lpon tо‘lab turganlar.
Lekin fors hukmdori Doro davriga kelganda ilk bor doimiy tartibdagi soliqlar joriy qilinadi. Doro soliq tizimini faqat о‘z mamlakatida emas, balki egallab olgan mamlakatlariga ham joriy etadi. Eronning qadimgi Persapol shahridan topilgan uzoq ajdodlarimiz – baqtriyaliklar, xorazmliklar, sо‘g‘dlar va saklar tasvirlagan rasmlarda, saklar kiyim-kechak, baqtriyaliklar tuya va idishlar, xorazmliklar dudama xanjar, jangavor bolta, bilaguzuk va otni shohga olib borayotgan manzara chizilgan. Bu ular tо‘layotgan soliq turlari sifatida taxmin qilinadi.
Keyinchalik Aleksandr Makedonskiy Markaziy Osiyoni bosib olgach esa erlik aholi soliqlarni yunonlar tamoyili bо‘yicha tо‘lay boshlagan: soliqlar daromad solig‘i va ehsonlardan iborat bо‘lgan. Daromad solig‘i daromadning о‘ndan yoki yigirmadan biri miqdorida undirilgan, sabab sifatida esa jamoat manfaatlarini himoya qilish maqsadi kо‘rsatilgan.
651 yildan boshlab, Markaziy Osiyo hududida arablar hukmronligi о‘rnatiladi. Bu davrda soliqqa tortish tizimi murakkablashgan va turli xildagi soliqlar paydo bо‘lgan.
Masalan, zakot mol-mulkning 2,5 foiz miqdorida olinadigan soliq bо‘lib, kambag‘allar, etimlar va yо‘lovchilarga xayr-ehson berish maqsadida undirilgan. Er uchun xiroj solig‘i olingan. Juzyani musulmon bо‘lmagan fuqarolar (ozod erkaklar) tо‘laganlar. Xotin-qizlar, keksalar, kambag‘allar va qullar bu soliqni tо‘lashdan ozod qilingan. Juzyani hisoblashda о‘ziga tо‘qlik darajasi hisobga olingan va soliq pul yoki natura shaklida undirilgan.
Bundan tashqari, chorvadorlardan, hunarmandlardan va savdogarlardan soliqlar olingan. Amir Temur soliq siyosatining asosiy yо‘nalishlari “Temur tuzuklari”da ifodalangan: “Amr etdimki, raiyatdan mol-xiroj yig‘ishda ularni og‘ir ahvolga solib qо‘yishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qо‘yishdan saqlanish kerak. Negaki, raiyatni xonavayron qilish (davlat) xazinasining kambag‘allashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa sipohning tarqalib ketishiga sabab bо‘ladi”.
Amir Temurgacha bо‘lgan davrda soliq yig‘uvchilarning ish haqi soliq tо‘lovchilar hisobidan bо‘lgan. SHuning uchun ular qonunda kо‘zda tutilmagan soliqlarni undirishga ham harakat qilar edilar. Amir Temur soliq undiruvchilarga xalqning ustiga yuk bо‘lmasligi uchun ularga maosh tayinladi.
Amir Temur davrida asosan dehqonchilik bilan bog‘liq bо‘lgan xiroj va ushr soliqlari amal qilgan. Savdogarlar va hunarmandlar tamg‘a yoki zakot tо‘lashgan, chegaradan о‘tgan mollar hisobidan boj olingan. Bu soliqlar davlat xazinasining asosiy manbai hisoblangan.
Zamonaviy shakldagi daromad solig‘ining vatani-Buyuk Britaniya hisoblanadi. Evropa davlatlarida ham soliq undirishning о‘ziga xos tarixi bor. Masalan, Angliyada qirol Jon tomonidan 1203 yilda junga eksport solig‘i joriy etilgan. 1275 yilda esa qirol Eduard vino solig‘ini joriy etadi. 1572 yilda Angliyada kambag‘allarni qо‘llab-quvvatlash maqsadida kambag‘allik solig‘i ham amalga kiritiladi.
1707 yil 1 may kuni Buyuk Britaniya tashkil topgach, Angliya va Uelsda 1696 yilda yuzaga kelgan pul defitsiti muammosini bartaraf etish uchun yangi soliqlar haqida о‘ylana boshlanadi. Va tez orada daromad solig‘i g‘oyasi vujudga kela boshlaydi.
Odamlar dastlab daromad solig‘i tо‘lashdan bosh tortishadi. Ular о‘zlari topgan daromadning ma’lum qismini davlatga о‘tkazish shaxs erkinligiga tahdid deb hisoblashgan. Bular tufayli Buyuk Britaniyada daromad solig‘i doimiy ravishda joriy etilishi uchun 1842 yilga qadar vaqt о‘tadi.
Soliq”- tushunchasi о‘zning ildizlari bilan asrlar ichra ma’lum bо‘lib, davlat xazinasiga undiriladigan har xil (mag‘lub bо‘lgan davlatning tо‘lovlari, kontribusiya, domenlar, ya’ni foyda keltiruvchi davlat mulki, er va о‘rmonlar, davlat hududiga olib kirish va olib chiqib ketishdagi boj tо‘lovlari va boshqalar) tushumlar kо‘rinishida bо‘lgan. Qadimda davlatni moliyalashtirish mexanizmlari paydo bulayottan bir davrda, soliqlar davlatning paydo bо‘lishi va undagi jamiyatning sinflarga bо‘linishida muhim iqtisodiy munosabat sifatida yuzaga kelgan.
Soliqlarning hozirgi kundagi о‘rni esa huquqiy ong, iqtisod, davlat nazorat tizimining yuqori darajadagi rivojlanishi natijasida paydo bо‘lgan.
Soliq, tо‘g‘risidagi tushuncha asrlar davomida о‘zgarib borgan. Soliqqa tortish nazariyasining rivojlanishi va takomillashib borishi bilan “soliq” tushunchasiga nisbatan qarash evolyusion ravishda о‘zgargan. Olimlar va jamoat arboblari soliq tushunchasiga faqatgina iqtisodiy qarashdangina emas, balki unga yuridik nuqtai-nazaridan ham ta’rif berishga uringanlar.
Masalan, 200 yil avval yashab о‘tgan ingliz iqtisodchisi A.Smit soliqqa quyidagicha ta’rif bergan: soliq-bu davlat tomonidan qiymati va tо‘lash tartibi qonuniy qilib о‘rnatilgan yuk demakdir. О‘sha davrda soliq nazariyasida soliqning asosan fiskal funksiyasi hukmronlik qilgan.
XX asrning birinchi yarmida shveysariyalik iqtisodchi J.Sismondi soliq nazariyasini “rohatlanish nazariyasi” deb atagan. Soliq bu jabrlanish va shu bilan birga rohatdir, agarda shu qilingan jabr hisobiga davlat tomonidan kо‘rsatilgan xizmat natijasida foyda olinsa, fuqarolar esa soliqlarga davlat tomonidan ularning о‘zlari va mulklarini himoyalashda kо‘rsatayotgan xizmati uchun tо‘lanayotgan mukofot puli deb qarashlari lozim.
Italiyalik iqtisodchi F.Nitti davlatning soliqlar ta’sirida milliy bozorini rivojlanishdagi rolini aniqlab beruvchi quyidagi ta’rifni berdi, ya’ni, jamoadan ajratib bо‘lmaydigan xizmatlar borki, ular masalan, ichki xotirjamlik va tashqi himoya, huquqni himoya qilish, jamoat gigienasi, hudud himoyasi bо‘lishi mumkin.
Bunday bо‘linmaydigan maxsus kо‘rsatilgan xizmatlarga alohida - alohida boj undirishning iloji bо‘lmaganligi uchun, bunday harajatlarni qoplash uchun soliqlar undiriladi. SHunday qilib, soliqning ta’rifi: “Soliq bu fuqarolar boyligining ular tomonidan davlatga va mahalliy organlarga о‘zlarining jamoa talablarini qondirish uchun tushadigan bir qismidir”.
Keyinchalik iqtisodchi olimlar tomonidan va soliqqa tortish amaliyotidan kelib chiqib, soliqlar faqat byudjetni mablag‘ bilan tо‘ldiruvchi fiskal qurol emasligi, balki hukumat qо‘lidagi iqtisodiy siyosatni yuritishdagi muhim manbaligini, uning yordamida iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar о‘tkazish buyicha foydalanishdagi asosiy qurol ekanligi isbotlandi.
Tadbirkorlarning ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarni va ishni tashkil etishda xо‘jalik yuritishning ilg‘or usullarini qо‘llashlari maqsadida iqtisodchilar ishlab chiqarishda yuqori kо‘rsatkichlarga erishgan korxona va tashkilotlarga soliqlar buyicha imtiyozlar berishni taklif etganlar.
Hozirgi kundagi soliqning ta’rifini berishda soliqka tortishning majburiy xarakterga ega ekanligini, fuqaroning undan oladigan foydasi bilan soliq о‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yо‘qligiga urg‘u berib ta’rif berilmoqda.
Soliq, tushunchasiga kо‘pdan kо‘p ta’riflar berilgan bо‘lib, ularning hech qaysi biri ideal deb topilmagan.
О‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida esa soliqqa hech qanday ta’rif berilmagan. Rossiya federatsiyasining soliq, kodeksidan soliqqa berilgan quyidagi ta’rifni keltirishimiz mumkin (8-modda): Unda soliq - bu majburiy, yakka tartibda beg‘araz tо‘lanishi lozim bо‘lgan, tashkilot va fuqarolardan ularga qarashli bо‘lgan xо‘jalikda yuritiladigan va operativ boshqaruvidagi pul mablag‘larini bir qismini davlat yoki munsipal tuzilmalarning moliyaviy faoliyatini yuritishi uchun undiriladigan mablag‘dir deb ta’rif beriladi.
Soliq tushunchasi har xil yuridik xarakterga ega bо‘lgan tushunchalarni о‘z ichiga oladi:
- soliqlar qonuniy ravishda hukumat tomonidan belgilanishi;
- uni о‘rnatishda bir tomonlamalik (va majburiylik) xususiyatiga ega bо‘lishi;
- yakka tartibda beg‘araz (qaytarib berilmaydigan mablag‘) tо‘lanishi;
- soliq, tо‘lovchiga bir tomonlama majburiylikni belgilanishi, shu vaqtning о‘zda davlatga esa hech qanday majburiyat belgilanmasligi;
- soliqlarni qaytarib bermaslik sharti bilan undirilishi;
- soliqlarni undirishdan maqsad davlatning umuman harajatlarini qoplash bо‘lib, ular ma’lum bir maqsadga qarab undirilmaydi.
Soliqlar yig‘imlar, bojlar va tо‘lovlardan farqli о‘laroq, umumiy xarakterga ega va doimiy ravishda undiriladi. Soliqlarning iqtisodiy ma’nosi xо‘jalik faoliyatini yurituvchi sub’ektlar va fuqarolar tomonidan yaratilgan mahsulotning ma’lum bir qismini davlat о‘zining vazifalarini bajarishi uchun olib qо‘yishi bilan bog‘liq,.
Soliq, о‘zning xususiyati buyicha yig‘im va bojlardan farq, qiladi, О‘zbekiston qonunchiligida “soliq,”, “boj”, “yig‘im” tushunchalariga ularni bir biridan farq qiluvchi ta’rif keltirilmagan.
Boj - bu yuridik va jismoniy shaxslardan maxsus vakolat berilgan organlar tomonidan ma’lum bir holatni belgilash yoki yuridik kuchga ega bо‘lgan xujjatni berish uchun tо‘lanadigan tо‘lovdir.
Davlat bojlari bojxona - chegaraviy va davlat ichida undiriladigan bojlarga bо‘linadi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish