2. Soliqqa tortish elementlari va ularning о‘ziga xos jihatlari
Davlat soliq tizimini davlat tomonidan о‘rnatilgan barcha soliqlar, yig‘imlar va boshqa byudjetga undiriladigan majburiy tо‘lovlar majmuasi, ularning shakli va tuzilish usullari tashkil etadi.
Soliq, tizimi etarli darajada murakkab bо‘lib, kо‘pgina soliq, turlari, har xil turdagi soliq, tо‘lovchilar soliqni undirishni tashkil etish usullari va soliq imtiyozlaridan iboratdir. Ammo, soliqlar har xil bо‘lishiga qaramasdan ularni bog‘lab turuvchi elementlari mavjud.
Soliq elementlariga quyidagilar kiradi: soliqqa tortish sub’ekti, soliq, ob’ekti, soliq, bazasini hisobga olish usuli, soliq, stavkasi, soliqni hisoblash tartibi va tо‘lash muddatlari, undirish usullari, hisobot topshirish davri, soliq, buyicha imtiyozlar va hokazo.
Soliqqa tortish sub’ekti (soliq tо‘lovchi) – qonunga kо‘ra soliqlar, yig‘imlar va tо‘lovlarni huquqiy jihatdan tо‘lash majburiyati yuklatilgan yuridik jismoniy shaxslardir.
О‘z mulkiga xо‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida mol-mulkka ega bо‘lgan hamda о‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, о‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bо‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bо‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi, undan tashqari ular mustaqil balans yoki smetaga ega bо‘lishlari kerak.
Jismoniy shaxslar deganda - soliqqa tortish ob’ektiga ega bо‘lgan О‘zbekiston respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bо‘lmagan shaxslar tushuniladi.
Soliq tо‘lovchi va davlat о‘rtasida iqtisodiy munosabatlri doimiy turar joyi (rezidentlik) tamoyiliga qarab aniqlanadi.
О‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki moliya yilida boshlanadigan yoki tugaydigan о‘n ikki oygacha bо‘lgan istalgan davr mobainida 183 kun yoki undan kо‘proq muddatda О‘zbekistonda turgan jismoniy shaxs О‘zbekiston respublikasining rezidenti deb qaraladi.
О‘zbekistonda ta’sis etilgan yoki rо‘yxatdan о‘tkazilgan yuridik shaxs, shuningdek О‘zbekiston respublikasidan tashqarida rо‘yxatdan о‘tgan, bosh korxonasi О‘zbekistonda joylashgan yuridik shaxs О‘zbekiston respublikasining rezidenti hisoblanadi.
Soliqqa tortish ob’ekti yoki soliqqa tortish bilan bog‘liq ob’ekt deganda soliq tо‘lovchining soliq, hisoblanadigan va soliqda tortish uchun asos bulib xizmat qiladigan daromadi va mol-mulkiga aytiladi. Boshqacha sо‘z bilan aytganda, soliqqa tortish ob’ekti bо‘lib (soliq. tо‘lovchining harakati yoki uning mulkiy holati) shunday yuridik bir holatga aytiladiki, ularning mavjudligi soliq. tortish bo’yicha majburiyatlarni keltirib chiqaradi.
Ularga quyidagilar kirishi mumkin: tovar (ish, xizmat)larning sotilishiga doir oborotlar, mol-mulkka egalik huquqi, oldi-sotdi operatsiyasini bajarish, qimmatbaho qog‘ozlardan daromad olish va x,.k.lar. Soliqqa tortish ob’ekti bо‘lmagan soliq, tо‘lovchining soliq bо‘yicha majburiyati bо‘lmaydi.
Nazariy jihatdan soliqqa tortish ob’ektlarini quyidagi kо‘rinishlarga bо‘lish mumkin:
- mulkiy egalik (mol-mulkka egalik huquqi) va mulkka ega bо‘lmaslik (mulkdan foydalanish huquqi);
- sub’ektning (oldi-sotdi, tovar olib kirish) harakati (faoliyati);
- xо‘jalik faoliyatining natijasi (daromad, foyda).
Soliqqa tortish ob’ekti va soliqqa tortish bilan bog‘liq ob’ekt har bir soliq va boshqa byudjetga undiriladigan majburiy tо‘lovlar buyicha Soliq kodeksiga asosan aniqlanadi. Masalan, qо‘shilgan qiymat solig‘ining soliq solish ob’ekti bо‘lib, soliq, solish oboroti va soliq solish importi hisoblanadi.
Soliq bazasi soliq solish obe’ktining qiymatiga oid, jismiy yoki boshqa tavsifidan iborat bо‘lib, unga asoslangan holda byudjetga tо‘lanishi lozim bо‘lgan soliq va boshqa tо‘lovlarning summalari aniqlanadi.
Masalan, qо‘shilgan qiymat solig‘ining soliq bazasi pul kо‘rinishida belgilansa, er solig‘ining soliq bazasi esa uchastkasining maydoniga qarab gektarlarda yoki kvadrat metrlarda belgilanadi.
Soliq, bazasi tannarx kо‘rsatkichi (daromad summasi) va jismiy kо‘rsatkichi (qat’iy soliq stavkasi asosida soliqqa tortilganda) bilan farqlanadi.
Soliq majburiyatini paydo bо‘lish vaqtini tо‘g‘ri aniqlash uchun soliq, bazasini tashkil etish usuli katta ahamiyatga ega bо‘ladi. Bunda asosan ikki usul qо‘llaniladi - kassa va hisoblash usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: |