Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Soliqlarning turkumlanishi va funksiyalari



Download 5,22 Mb.
bet88/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

3. Soliqlarning turkumlanishi va funksiyalari
Soliqlarni xar xil belgisiga qarab bir necha xil kо‘rinishda tasniflash mumkin. Soliqqa tortish ob’ektining tо‘lovchi bilan davlatning о‘zaro munosabatlariga qarab bevosita va bilvosita soliqlarga bо‘linadi. Bulardan birinchisi moddiy boylikni sotib olish va tо‘plash jarayonida undirilsa, ikkinchisi uni sarf qilish jarayonida undiriladi.
Bevosita soliqlar jismoniy va yuridik shaxslarning daromadlaridan undiriladi, bilvosita soliqlar esa soliq tizimining boshqa bо‘g‘iniga kо‘chirilgan bо‘lib, unda soliq yuki oxirgi foydalanuvchiga, ya’ni xaridorga kо‘chirilgan.
Bevosita soliqlar tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri soliq sub’ekti tomonidan tо‘lanib, kо‘pgina holatlarda uning tо‘lov qobiliyatiga qarab undiriladi. Bunga misol sifatida daromad solig‘ini, mol-mulk solig‘ini, ya’ni soliq tо‘lovchining daromadidan yoki mulkidan undiriladigan soliqlarni olish mumkin.
Bevosita soliqlar shaxsiy va real soliqlarga bо‘linadi.
Shaxsiy soliqlar soliq tо‘lovchining moliyaviy holatini va tо‘lov qobiliyatini hisobga olgan holda uning haqiqatda topgan daromadidan undiriladi.
Real soliqlar tо‘lovchining moliyaviy holatini hisobga olmagan holda, uning faoliyatini yoki tovarlarini, ya’ni mol-mulkni sotish, sotib olish yoki foydalanishni (egalik qilishni) soliqqa tortadi. SHu bilan birgalikda, real soliqlar tо‘lovchining tо‘lov holatini hisobga olmaydi. Bularga asosan mol-mulk va er soliqlari kiradi.
Bilvosita soliqlar yakka bilvosita, bunda odatda qat’iy, ma’lum guruhdagi tovarlar soliqqa tortiladi (ma’lum bir turdagi aksiz tovarlari), universal bilvosita, bunda imtiyozi borlaridan tashqari hamma tovarlar, ishlar va xizmatlarga qо‘yilgan soliqlarga va bojxona bojlariga bо‘linadi. Agarda bevosita soliqlarning oxirgi tо‘lovchisi sifa­tida daromad oluvchi bо‘lsa, bilvosita soliqlarning tо‘lov­chisi bо‘lib tovar iste’molchilari hisoblanadi. Bunda bilvosita soliq tovarning narxiga ustama sifatida kuyiladi.
Soliqlarni о‘rnatish va yangilarini kiritish darajasiga qarab va ularni foydalanishiga karab umumdavlat va mahalliy soliqlarga bо‘linadi.
Umumdavlat soliqlari (masalan, daromad solig‘i, KQS va boshqalar) - davlat byudjetiga tushadi, mahalliy soliqlar esa hududiy byudjetlarga (masalan, mol-mulk, er soliqlari va boshqalar) tushadi. Mahalliy soliqlarni kiritishdan asosiy maqsad shahar, tuman va boshqa ma’muriy-hududiy birliklarning mahalliy byudjetlarni daromad qismini mablag‘ bilan ta’minlashdan iborat.
Soliqlarni soliqqa tortish sub’ektiga qarab ham bо‘lish mumkin: jismoniy va yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar.
Kо‘pgina soliqlar (masalan daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i, er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va boshqalar) ikkala sub’ektlar uchun umumiy, ammo ba’zi soliqlar mavjudki, ular (masalan, QQS respublikada ishlab chiqarilgan aksiz tovarlari uchun aksiz solig‘i va boshqalar) faqat yuridik shaxslardan undiriladi.
Buxgalteriya hisobida yuritilishiga qarab soliqlar quyidagicha bо‘linadi:
- xarajatga qо‘shiladiganlar (er solig‘i, mol-mulk solig‘i);
- mahsulotning narxiga qо‘shiladigan (QQS, aksiz);
- foyda hisobidan tо‘lanadigan (foyda solig‘i);
- ishchi va xizmatchilarning daromadlaridan ushlab qolinadigan (daromad solig‘i).
Hamma soliqlar iqtisodiy mohiyatiga qarab uch guruhga bо‘linadi:
1. iste’molga qо‘llaniladigan (bilvosita) soliqlar,
2. daromadga qо‘llaniladigan soliqlar,
3. mulkka qо‘llaniladigan soliqlar.
Birinchi guruh soliqlar - iste’molga qо‘llaniladigan soliqlar (bilvosita) narx va bahoning ustiga qо‘shimcha ravishda qо‘yilib, soliq tо‘lovchining daromadi va mol-mulkiga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bog‘liq emas.
Bunday guruhdagi soliqlar odatda qо‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, import bojxona bojlari, shu bilan birga О‘zbekistonda qо‘llanilmaydigan aylanma soliq va sotuvdan undiriladigan soliqlar kiradi.
Ushbu iste’mol soliqlarini byudjetga tо‘lash majburiyati korxonalarda asosan tovarlarni (ishlar, xizmatlar) sotgandan sо‘ng paydo bо‘ladi. Bunga istisno sifatida import bojxona bojlari bо‘la oladi, chunki ularni byudjetga tо‘lash majburiyati import qilingan mollarni bojxonada rasmiylashtirish vaqtida paydo bо‘ladi.
Bilvosita soliqlarning asosiy ma’nosi shundan iboratki davlat tovar (ishlar, xizmatlar) sotuvchiga ma’lum bir summani tovar (ishlar, xizmatlar) narxi ustiga qо‘shimcha ravishda qо‘yishni va uni iste’molchidan undirib byudjetga tо‘lashni majburlaydi. Natijada soliq tо‘lovchi sifatida huquqiy jihatdan tovar (ishlar, xizmatlar) sotuvchi bо‘lsa hamki, vaholanki soliqni tо‘lovchi bо‘lib tovarni sotib oluvchi, ya’ni iste’molchi hisoblanadi, chunki soliq summasi tovar narxining ustiga qо‘yilgan.
Shunday qilib, narx-navoni belgilash mexanizmi orqali soliq yukini soliq tо‘lovchi bо‘lmish sotuvchidan uni sotib oluvchining elkasiga о‘tkaziladi. SHuning uchun bunday soliqlarni iste’mol solig‘i yoki “xarajatga о‘rnatilgan soliqlar” deb ham, shu vaqtning о‘zida, bevosita soliqlarni esa - sotib olish yoki daromad soliqlari deb atashadi.
Ikkinchi guruh soliqlarining nomlaridan kо‘rinib turibdiki, ular yuridik va jismoniy shaxslarning daromadlaridan undiriladi, ya’ni ular tо‘g‘ridan tо‘g‘ri soliq tо‘lovchining daromadiga va uning tо‘lov qobiliyatiga bog‘liq bо‘ladi. Korxona va fuqarolarning daromadlaridan undiriladigan daromad solig‘i byudjet daromadida bilvosita soliqlardan sо‘ng asosiy о‘rinni egallaydi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish