Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet87/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

Kassa usulida-daromad soliq, tо‘lovchiga aniq, davr ichida tushgan summaga tо‘g‘ri keladi, harajat deganda esa real tо‘langan summalar hisobga olinadi. Daromad hisoblashning kassa usuli odatda chakana savdoda qо‘llaniladi, chunki u erda sotish vaqti tо‘lash vaqtiga mos keladi.
Hisoblash usulida - ushbu soliq, davrida olish huquqi mavjud bо‘lgan barcha daromadlar, ularning haqiqatda olingan yoki olinmaganligidan qat’i nazar, hisobga olinadi, harajatlar esa joriy davrda mulkiy majburiyatlar summasi paydo bо‘lishi bilan hosil bо‘ladi. Bunda majburiyatlar bо‘yicha tо‘lovlar amalga oshirilganligi ahamiyatga ega bо‘lmaydi.
Soliq davri deganda - Soliq, kodeksiga asosan byudjetga tо‘lanishi lozim bо‘lgan ayrim soliq va boshqa majburiy tо‘lovlarga nisbatan qо‘llaniladigan, tugashi bilan soliq, bazasi belgilanadigan va tо‘lanishi kerak bо‘lgan soliq va majburiy tо‘lovlarning summasi hisoblanadigan davrga aytiladi. Odatda soliq, davri bо‘lib kalendar yili tushuniladi.
“Soliq davri” tushunchasi hisobot davri tushunchasidan farq, qiladi. Ba’zi bir holatlarda ular mos kelishi mumkin, masalan, kichik va qо‘shma korxonalarning hisobotlarida. Ba’zi holatlarda bir soliq, davrining ichida bir necha bor hisobot topshirilishi mumkin, masalan, har xil soliqlar buyicha hisobotlar (QQS, aksiz solig‘i, yagona soliq va boshqalar).
Soliq stavkasi bu - soliq hisoblanadigan soliq bazasining birlik hisobiga tо‘g‘ri keladigan soliq me’yorini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda, soliq stavkasi bu solikqa tortish me’yoridir. Soliq stavkasi qat’iy yoki foiz kо‘rinishida bо‘lishi mumkin. Masalan, qо‘shilgan qiymat solig‘ining soliq stavkasi - soliq solish oboroti va import oborotining - 20 foiz qismni tashkil etadi (bu foiz stavkasi). Qat’iy soliq stavkasiga er solig‘ining stavkasi misol bо‘la oladi. Bunda soliq, solish birligiga (er uchastkasining maydoni) qat’iy soliq summasi tо‘g‘ri keladi.
Soliqqa tortish usuli” tushunchasi ham mavjud bо‘lib, u soliq, bazasining о‘zgarishiga qarab soliq stavkasining о‘zgarish tartibini belgilaydi. Odatda, tajribada soliq stavkasini belgilashda quyidagi tо‘rtta usuldan foydalaniladi:
- teng - hamma soliq tо‘lovchilarga teng soliq summasi belgilanadi (ushbu soliq, turi odatda yig‘imga tegishli);
- proporsional - hamma soliq tо‘lovchilar uchun teng soliq stavkasi qо‘llaniladi (QQS, aksiz, daromad (foyda) solig‘i);
- progressiv - soliq bazasining ortishi bilan soliq stavkasi ham ortadi (jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig‘i);
- regressiv - soliq bazasining ortishi bilan soliq stavkasi kamayadi (eksporterlarning daromadlaridan undiriladigai soliq eksportning umumiy sotilgan mahsulotga iisbatan ortishi daromad solig‘i stavkasini kamayishiga olib keladi.).
Soliqqa tortishning progressiv va proporsional usullarini о‘zaro munosabatidan soliqning ijtimoiy - siyosiy tabiati kelib chiqadi. Buni shunday tushuntirish mumkin, soliq har doim soliq tо‘lovchini huquqini poymol qilib va xususiy mulkini olish bilan amalga oshirilganligi uchun har qanday soliq, tizimi aholining ma’lum katlamlarining jamiyatda tutgan о‘rinlaridan kelib chiqqan holda ularning manfaatlarini hisobga oladi.
Proporsional soliqka tortish odatda jamiyatning boy qatlamlari tomonidan ilgari surilib, buni ular tenglik va odillik tamoyillariga asoslanish deb tushuntirldilar.
Progressiv soliq, nazariyasini esa jamiyatni ijtimoiy tomonga qayta kurishga yon bosganlar qо‘llab quvvatlaydilar. Ularning fikricha, bunday soliqka tortish eng odil bо‘lib, tengsizlikni kamaytirish bilan birga, u daromadni qayta taqsimlanishiga ta’sir etadi.
Regressiv soliqqa tortish odatda davlatlar tomonidan iqtisodiyotning ustuvor yо‘nalishini rivojlantirish maqsadida qо‘llaniladi. Bunda soliqni tо‘lash tartibiga rioya qilish, ya’ni soliqni byudjetga undirilishida me’yoriy belgilangan usullar va tartiblardan foydalanish katta ahamiyatga ega bо‘ladi.
Soliq tо‘lashning uch xil asosiy usullari mavjud:
- deklaratsiya asosida soliq tо‘lash (daromad olingandan sо‘ng soliq tо‘lash), ya’ni soliq tо‘lovchiga belgilangan muddatlarda soliq organiga о‘zning soliq majburiyatlari buyicha rasmiy ravishda ariza berishi lozim. Bunday holatlarda soliqni tо‘lash majburiyati soliq tо‘lovchining о‘ziga yuklatiladi;
- soliq undirishning daromadni tо‘lov manbaida undirish usuli- (daromad olgunga qadar soliq undirish), ya’ni tо‘lov manbaida soliq avtomatik ravishda ushlanadi va byudjetga о‘tkazib beriladi. Soliqni ushlash va byudjega о‘tkazish bо‘yicha javobgarlik tо‘lov manbaiga yuklatiladi (masalan, dividend va foizlarni tо‘lanayotgan vaqtda).
- soliq undirishning kadastr usuli - soliq summasi mulkdan olinishi mumkin bо‘lgan о‘rtacha daromadni tashqi belgilaridan kelib chikib aniqlanadi. Bunda qat’iy hisoblangan soliq summasi belgilanadi (masalan, mol-mulk solig‘i). Odatda, soliq, majburiyatlarini bajarish (barcha yuqorida keltirilgan harakatlar) soliq tо‘lovchi tomonidan, agarda Soliq, kodeksida boshqa tartib о‘rnatilmagan bо‘lsa, mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Soliqning asosiy elementlari bо‘lmish soliq imtiyozlarga tо‘xtalsak. Soliq imgiyozlardan asosiy maqsad soliq tо‘lovchining soliq buyicha majburiyatlarini qisqartirishdir.
Imtiyoz deganda - soliq tо‘lovchilarning ayrim toifalariga boshqa soliq tо‘lovchilar bilan qiyoslaganda soliqlar tо‘g‘risidagi qonun xujjatlarida nazarda tutilgan afzalliklar berilishi, shu jumladan soliq (yig‘im) tо‘lamaslik yohud kam hajmda tо‘lash imkoniyati tushuniladi. Har xil soliqlar buyicha imtiyozlar avvaldan iqtisodiyotning ustuvor yо‘nalishlarini qо‘llab-quvvatlash maqsadida qо‘llanilgan.
Imtiyozlarni belgilash bilan hukumat davlat rivojlanishi nuqtai- nazaridan lozim bо‘lgan ishlab chiqarish va ustuvor yо‘nalishdagi tarmoqlarni belgilab beradi. Ammo, bir tarmoq, ichida individual korxona yoki tashkilotga imtiyoz berish esa bozor munosabatlari va soliq siyosatiga qarama-qarshidir. Imtiyoz berishning bunday usuli soliq tо‘lashning majburiyligi tushunchasiga teskari bо‘lib, soliq tizimining emirilishiga olib keladi.
Soliq kodeksida, boshqa qonunlarda va О‘zbekiston respublikasi prezidentining qarorlarida, alohida hollarda esa О‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan, boshqa soliq tо‘lovchilarga nisbatan ayrim toifadagi soliq tо‘lovchilarga beriladigan afzalliklar, shu jumladan soliq va (yoki) boshqa majburiy tо‘lov tо‘lamaslik yoxud ularni kamroq miqdorda tо‘lash imkoniyati soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlar bо‘yicha imtiyozlar deb e’tirof etiladi.
Mol-mulk solig‘i, er solig‘i, yagona yer solig‘i bо‘yicha imtiyozlarni berish О‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Soliq tо‘lovchi soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlar bо‘yicha imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar vujudga kelgan paytdan e’tiboran ular amal qiladigan butun davr mobaynida foydalanishga haqli.
Soliq tо‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlar bо‘yicha imtiyozlar bо‘shagan mablag‘larni muayyan maqsadlarga yо‘naltirish sharti bilan berilishi mumkin. Bunday mablag‘lardan belgilanmagan maqsadda foydalanilgan taqdirda, belgilanmagan maqsadda foydalanilgan summa о‘rnatilgan tartibda penya hisoblangan holda byudjetga undirib olinadi.
Soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlar bо‘yicha berilgan imtiyozlar munosabati bilan bо‘shagan hamda ushbu imtiyozlarning amal qilish muddati ichida foydalanilmagan mablag‘larning summasi imtiyozlar berilayotgan chog‘da belgilangan maqsadlarga mazkur imtiyozlarning amal qilish muddati tugaganidan keyin bir yil mobaynida yо‘naltirilishi mumkin. Bunda kо‘rsatilgan muddatda foydalanilmagan mablag‘lar О‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga о‘tkaziladi.
О‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bosh boshqarmalari, shuningdek О‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining muassasalari hamda “Agrosanoat majmuida xizmatlar kо‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi О‘zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining nazorat funksiyalarini amalga oshirish uchun kо‘rsatiladigan xizmatlar uchun Kodeksda nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlarni tо‘lashdan ozod qilinadi, bundan yagona ijtimoiy tо‘lov mustasno.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish