Bank о‘tkazmasi
1. О‘tkazmani amalga oshirish tо‘g‘risida topshiriq.
2. О‘tkazmaning amalga oshirilishi.
3. Benefitsiarni uning hisobraqamiga mablag‘ ajratilganligi xususida xabardor qilish.
Tashqi savdo shartnomasining “Tо‘lov shartlari” bо‘limida etkazib beriladigan tovar bо‘yicha hisob - kitoblar bank о‘tkazmasi shaklida amalga oshirilishi kо‘rsatilishi lozim. Bundan tashqari, о‘tkazmani qabul qiluvchining rekvizitlari (hisobraqami, eksportyor bankining nomi, manzili) va tо‘lov muddati kо‘rsatilishi kerak.
Tо‘lov topshiriqlarini xorijiy bank-korrespondentga uzatishning eng keng tarqalgan vositalari bо‘lib, telegraf, SVIFT tizimi va xorijiy banklar bilan Micro Cash Register modem aloqalari tizimi hisoblanadi.
SVIFT (SWIFT-Society for Worldwide Interbank Financial Telecommunication)-bu butunjahon bank-moliya telekommunikatsion tarmog‘i bо‘lib, bank-moliya axborot-larini tezlik bilan uzatishga mо‘ljallangan. U ma’lumotlarni uzatish va operatsiyalarni amalga oshirish tizimi bо‘lgani uchun, uni hisob - kitoblarning mustaqil shakli sifatida hisobga olish maqsadga muvofiq emas.
SVIFT xalqaro hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirishning an’anaviy usulllari bilan taqqoslaganda bir qator afzalliklarga ega, jumladan, tezkor (bankdan bankka ma’lumot etkazish vaqti juda qisqa), ishonchli va tejamkor hisoblanadi.
Micro Cash Register tizimi Bank of New York, Bankers Trust Company, Commerzbank, Dresdner Bank kabi yirik banklar tomonidan taklif etiladi.
Hisob-kitoblarning inkasso shaklida bank mijozining topshirig‘iga kо‘ra etkazib berilgan tovar (kо‘rsatilgan xizmat va bajarilgan ishlar) uchun importyordan tо‘lovni qabul qiladi va bu mablag‘larni eksportyor hisobraqamiga о‘tkazadi. Hisob-kitoblarning inkasso shaklini qо‘llash Xalqaro savdo palatasining unifikatsiyalashgan qoidalari asosida tartibga solinadi.
Inkasso bо‘yicha unifikatsiyalashgan qoidalarga muvofiq, bank ushbu operatsiyani eksportyor kо‘rsatmasi asosida amalga oshiradi. Inkasso bо‘yicha operatsiyada talab etiladigan hujjatlarni ikki guruhga ajratish mumkin: moliyaviy hujjatlar (о‘tkazma veksel, oddiy veksel, tо‘lovni qabul qilish uchun foydalaniladigan boshqa hujjatlar) va tijorat hujjatlari (yuk hujjatlari, guvohnomalar va b.).
Ushbu hujjat turlariga binoan, inkasso sof va hujjatlashtirilgan inkassoga bо‘linadi. Sof inkasso faqat moliyaviy hujjatlarni taqozo etgani holda, xujjatlashtirilgan inkassoda tijorat hujjatlari, ba’zan moliyaviy hujjatlar ham talab etiladi.
Inkasso bо‘yicha hisob-kitoblarni quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin (navbatdagi betga qarang).
1. Tovarni yuklab jо‘natish.
2a-2b. Inkasso topshirig‘i (zaruriy hujjatlar va importyordan pulni olish shartlari borasidagi kо‘rsatma bilan birgalikda).
Importyorni inkasso tо‘lovi bо‘yicha xabardor qilish.
Tо‘lovni amalga oshirish bо‘yicha topshiriq.
Tо‘lov hujjatlarini berish (ular asosida importyor tovarlarni qabul qiladi).
6a-6b. О‘tkazmani amalga oshirilishi va tо‘lov summasini eksportyor hisobraqamiga о‘tkazilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |