4. Tо‘lov balansi va uni tartibga solish yо‘llari
Mamlakat tо‘lov balansining holati bugungi kunda nafaqat mamlakatning xalqaro operatsiyalarini aks ettiruvchi oddiy hujjat, balki ushbu mamlakat iqtisodiyotining ochiqlik darajasi, uning iqtisodiy - geografik va investitsion imkoniyatlari, oltin - valyuta zaxiralari va mavjud valyuta munosabatlarining qay darajada ekanligi hamda xalqaro raqobatbardoshligi haqida aniq xulosalar shakllantirish imkonini beruvchi iqtisodiy kategoriya hisoblanadi.
Tо‘lov balansi bu shunday hujjatki, unda mamlakatning xorijiy davlatlar bilan bо‘ladigan aloqalari natijasida yuzaga keladigan valyuta tushumlari va tо‘lovlarining haqiqatdagi summasi aks ettiriladi. Tо‘lov balansi- a’lum vaqt oralig‘ida rezidentlar va norezidentlar о‘rtasidagi barcha о‘tkazmalarning о‘lchovidir.
Tо‘lov balansining standart komponentlari hisobvaraqlarning ikki asosiy guruhi bо‘yicha ajratilishi mumkin:
-joriy operatsiyalar hisobvarag‘i, unda tovarlar, xizmatlar, olingan daromadlar va joriy transfertlarni qamrab oluvchi iqtisodiy bitimlar hisobga olinadi;
-kapitallar va moliyaviy instrumentlar bilan bog‘liq operatsiyalar hisobvarag‘i, unda kapital transfertlari, nomoliyaviy aktivlarni sotib olish, shuningdek, moliyaviy talablar va majburiyatlar bilan bog‘liq operatsiyalar hisobga olinadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda tо‘lov balansi moddalarining uch asosiy analitik guruhlari ajratib kо‘rsatiladi:
1) savdo balansi;
2) joriy operatsiyalar balansi;
3) umumiy tо‘lov balansi yoki rasmiy hisob-kitoblar balansi.
Joriy operatsiyalar hisobvarag‘ining muhim tarkibiy qismi - bu savdo balansi bо‘lib, tovarlar eksporti va importi о‘rtasidagi farqni ifoda etadi. Savdo balansining о‘zgarishi turlicha talqin qilinishi mumkin. Masalan, eksportning importdan oshishi mamlakat tovarlariga jahon bozorlarida talabning oshganligi bilan izohlanadi.
Agar butun dunyo mazkur mamlakatning eksport tovarlarini xarid qilsa, shuningdek, uning rezidentlari mahalliy tovarlarni import tovarlaridan afzal bilsa, demak xulosa qilish mumkinki, mamlakat iqtisodiyotining holati yaxshi hisoblanadi. Aksincha, savdo balansining defitsiti mazkur mamlakat eksport tovarlarining etarli darajada raqobatbardosh emasligi va aholi turmush tarzini himoya qilish uchun zaruriy choralar kо‘rish lozimligidan dalolat berishi mumkin.
Bunday tahlil agar savdo balansidagi о‘zgarish haqiqatda mazkur davlat tovarlariga bо‘lgan talabning ortishi yoki kamayishi hisobiga yuz bersa maqsadga muvofiq sanaladi. Biroq savdo balansiga boshqa omillarning ta’siri ham sezilarli bо‘lishi mumkin.
Jumladan, qulay investitsion muhit mamlakatga xorijiy investitsiyalar oqimini rag‘batlantirish bilan birga xorijdan sotib olinadigan asosiy vositalar miqdorining ham ortishiga sabab bо‘lishi mumkin. Bu holat ham savdo balansi defitsitini yuzaga keltiradi, lekin mamlakat iqtisodiyotiga keskin salbiy ta’sir kо‘rsatmaydi.
Joriy operatsiyalar balansi kengroq axborotni о‘zida jamlab, tovar va xizmatlar harakati bilan bog‘liq aktivlar oqimini aks ettiradi. Joriy operatsiyalar bо‘yicha ijobiy salьdo tovar, xizmat va xadyalar harakati bо‘yicha kredit debetdan yuqoriligini anglatadi. Boshqacha aytganda, ijobiy saldo mamlakat boshqa mamlakatlarga nisbatan netto investor hisoblanadi. Aksincha joriy operatsiyalar bо‘yicha defitsit mamlakatning sof qarzdor ekanligidan dalolat beradi.
Merkantilistlar iqtisodiy maktabining konsepsiyasiga muvofiq, muvozanat joriy operatsiyalar balansi atamasida aniqlangan. Bunda ta’kidlab о‘tilgan salьdo kapitallar harakati, mamlakat oltin-valyuta zaxiralaridagi о‘zgarishlarni hisobga olmagan. SHunday qilib, merkantilist maktabi namoyondalari fikricha, iqtisodiy siyosatning maqsadi joriy operatsiyalar hisobvarag‘i bо‘yicha ijobiy salьdoni maksimallashtirish va shuning asosida, mamlakatda oltinning jamlanishiga erishishdan iborat bо‘ladi.
Joriy operatsiyalar balansi defitsitining uzoq muddatli xorijiy kapital hisobidan moliyalashtirilishi muvozanat mezoni sifatida tо‘lov balansining umumiy salьdosi tushunchasining paydo bо‘lishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |