Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet70/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

Balans

Balans



Uy xо‘jaliklari byudjetlari xarajatlari hisobidan tovarlarni sotib olish va xizmatlarni tо‘lash (iste’mol xarajatlari) о‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- uy-joy va kommunal xizmatlarni, maishiy xizmatlarni, maorif tizimi xizmatlarini tо‘lash;
- dam olish uylari, sanatoriylar, turistik yо‘llanmalar xarajatlari va tibiy xizmatlarni tо‘lash;
- kino, teatr va boshqa tamoshalar xarajatlari;
- passajir transportining barcha turlarini tо‘lash xarajatlari;
- aloqa xizmatlarini tо‘lash;
- qolgan boshqa xizmatlarni tо‘lash.
Majburiy tо‘lovlar va ixtiyoriy badallar uy xо‘jaliklari byudjetlari xarajatlarining muhim elementi hisoblanadi. Bu xarajatlar, hozirgi sharoitda, о‘sish tendensiyasiga ega bо‘lib, ular quyidagi omillar bilan bog‘langan:
- birinchidan, aholi tadbirkorlik tashabbusining kengayishi yakka tartibdagi tadbirkorlarning xо‘jalik va savdo faoliyatidan olinadigan (undiriladigan) soliq, boshqa majburiy tо‘lovlar va yig‘imlarning ham kengashi (kо‘payishi) bilan kuzatilmoqda;
- ikkinchidan, sug‘urta tizimining rivojlanishi, notijoriy sektorning о‘sishi (masalan, turli jamoatchilik tashkilotlari, birlashmalari va ittifoqlari), bir tomondan, sug‘urta bо‘yicha badallarni oshirsa, ikkinchi tomondan, notijoriy tashkilotlarga ajratmalarni kо‘paytiradi;
- uchinchidan, iste’mol va ipoteka kreditining rivojlanishi uy xо‘jaliklari byudjetlarining xarajatlarida “ssudalarni qaytarish” va “tovar krediti bо‘yicha foizlar” moddalarining oshirilishiga olib keladi.
Sug‘urta bozorining intensiv rivojlanishi, bank xizmatlari amaliyotida iste’mol krediti va u bilan bog‘liq bо‘lgan operatsiyalarning kengayishi natijasida kelajakda uy xо‘jaliklari byudjetlari xarajatlarining bu yо‘nalishlari faqat о‘sish tendensiyasiga ega bо‘lishi mumkin. SHuningdek, moliyaviy bozorning rivojlanishi va pensiya tizimining isloh qilinishi uy xо‘jaliklari byudjetlarida “pensiya fondiga sug‘urta badallari” xarajatlar moddasining ham о‘sishiga olib keladi.
Uy xо‘jaliklari byudjetlari xarajatlar qismining majburiy tо‘lovlarida soliqlar va yig‘imlar kattagina hissani tashkil etadi. Uy xо‘jaliklari daromadlarining soliqqa tortilishi ular real daromadlarini qisqartiradi.
Shunday bо‘lishiga qaramasdan, davlat moliyasining taqsimlash funksiyasi doirasida jismoniy shaxslarning daromadlari va mulkidan olinadigan soliqlar muhim vazifalarni echishga xizmat qiladi.
Birinchidan, bu soliqlar mamlakat byudjet tizimining turli byudjetlari darajalarida daromadlarning etarli tushishini ta’minlaydi.
Ikkinchidan, jismoniy shaxslarning daromad-laridan olinadigan soliqlar olingan daromadlardan ratsional foydalanishni rag‘batlantirish va ularni shakllantirish yо‘llari bilan uy xо‘jaliklari byudjetlarining tarkibiy tuzilmasiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.
Uchinchidan, soliqlar vositasida daromadlarning bir qismi jamiyat va uy xо‘jaliklarining ijtimoiy muammolarini echish uchun qayta taqsimlanadi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq mamlakat fuqarolari daromadlaridan, mol-mulkidan (shu jumladan, er solig‘i va er uchun ijara haqi) soliqlar, boshqa majburiy tо‘lovlar va yig‘imlar (masalan, ma’muriy jarimalar, jismoniy shaxslardan olinadigan xilma-xil mahalliy yig‘imlar) va davlat bojlarini tо‘laydi.
Bir vaqtning о‘zida, uy xо‘jaliklarining real daromadlariga, aholi daromadlari va xarajatlarining balansida majburiy tо‘lovlar sifatida hisobga olinmaydigan egri (bilvosita) soliqlar ham о‘zining ta’sirini kо‘rsatadi. Chunki bu soliqlar (aksizlar, qо‘shilgan qiymat solig‘i, bojxona bojlari va boshqalar) tovar bahosining tarkibida bо‘lib, ular tovar sotib olinayotganda tо‘lanadi.
Tovarlar bahosining darajasini faqat egri (bilvosita) soliqlar oshirib qolmasdan, balki ayrim tо‘g‘ri (bevosita) soliqlar (yagona ijtimoiy soliq, korxonalarning foydasidan olinadigan soliq, tashkilotlarning mol-mulkidan olinadigan soliq va boshqalar) ham oshiradiki, ular ham qisman yoki tо‘liq tovarlar bahosi orqali kompensatsiya qilinadi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish