Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet66/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

Baholar darajasiga nisbatan о‘zgartirilgan (korrektirovka qilingan) ega bо‘lingan daromad uy xо‘jaliklarining real ega bо‘lingan daromadi deyiladi. Bu kо‘rsatkich nominal daromadlarning real sotib olish qobiliyatini о‘zida aks ettiradi. Uning dinamikasi (о‘zgarishi) esa, ma’lum davrdagi ega bо‘lingan daromadlar va iste’mol baholari indeksi (yoki baholar indeksiga teskari bо‘lgan pulning sotib olish qobiliyati indeksi) о‘sish sur’atlarining nisbatiga bog‘liq bо‘ladi. Agar baholarning о‘sish sur’ati nominal ega bо‘lingan daromadlarning о‘sish tezligidan past bо‘lsa, uy xо‘jaliklarining real ega bо‘lingan daromadlari о‘sadi.
Baholarning yuqori sur’atlarda о‘sishi sharoitida real daromadlar qisqaradi. Bu narsa, о‘z navbatida, aholi iste’mol talabi va sotib olish qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Bu jarayon iqtisodiyotning barcha sektorlaridagi ishbilarmonlik faolligiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi.
Uy xо‘jaliklarining pul daromadlari turli manbalar hisobidan shakllanadi va ularning byudjetlariga kelib tushadi. Ularning eng asosiylari qatoriga quyidagilarni kо‘rsatish mumkin:
-mehnat haqi;
-ijtimoiy tо‘lanmalar;
-tadbirkorlik faoliyatidan keluvchi daromadlar;
-mol-mulkdan keluvchi daromadlar.
Mehnat (ish) haqining tarkibiga quyidagilar kiradi:
-bajarilgan ishlar bahosi, tarif stavkalari va mansab okladlari bо‘yicha ish haqining hisoblangan summalari;
-rag‘batlantiruvchi ustama va qо‘shimchalar;
-ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bо‘lgan kompensatsion tо‘lanmalar;
-mukofotlar va bir martalik rag‘batlantiruvchi tо‘lanmalar;
-har yillik va qо‘shimcha mehnat ta’tillarini tо‘lashlar;
-safar xarajatlari;
-berilgan maxsus kiyim-bosh va maxsus ovqatlanishning qiymati;
-va boshqalar.
Uy xо‘jaliklari daromadlarining tarkibiy tuzilmasida mehnat haqi asosiy о‘rinni egallaydi. SHunday bо‘lishiga qaramasdan, bozor munosabatlariga о‘tilishi bilan uy xо‘jaliklari daromadlarining tarkibida uning salmog‘i biroz pasaydi. Bu mehnat munosabatlari va moliyaviy munosabatlar tizimida sodir bо‘lgan sifat о‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Bir tomondan, qisman ish haqining о‘rnini bosuvchi va undan hayot kechirishning yagona manbai sifatidagi yuklamani olib tashlovchi yangi imkoniyatlar (masalan, moliya sohasida) va daromadlarning yangi manbalari (masalan, tadbirkorlik faoliyatining kengayishi) paydo bо‘ldi.
Boshqa bir tomondan esa, ishsizlik, ish haqining past darajasi, uni tartibga solishning etarli darajada samarali bо‘lmagan davlat siyosati, pinhona (xufyona) aylanmaning (iqtisodiyotning) о‘sishi mehnatga haq tо‘lashning yashirin, rasmiy ravishda inobatga (hisobga) olinmagan shakllarining paydo bо‘lishiga olib keldi.
Iqtisodiyot tarmoqlari (masalan, neftь - gaz sanoatida ish haqining darajasi maorif va qishloq xо‘jaligidagi uning darajasidan bir necha barobar yuqori) va turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar (xususan, boshqa mulkchilik sohalari korxonalaridagi ish haqiga nisbatan byudjet sohasining korxonalarida ish haqi ancha past) bо‘yicha ish haqining tabaqalanishi о‘tkir muammoga aylangan.
Mehnatga haq tо‘lashning quyi chegarasi davlat tomonidan о‘rnatiladi (aniqlanadi) va uni davlat mehnatga haq tо‘lashning minimal miqdori (MHTMM) deb qayd etadi. MHTMMning tarkibiga ustamalar, mukofotlar va boshqa rag‘batlantiruvchi tо‘lanmalar kiritilmaydi. Byudjet manbalari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun MHTMM tegishli byudjetlar hisobidan, boshqa sub’ektlar uchun esa ularning о‘z manbalari hisobidan ta’minlanadi.
Byudjet sohasi xodimlarining mehnatiga haq tо‘lash hozirgi paytda isloh qilinmoqda. Bu narsa ushbu sohada yig‘ilib qolgan muammolar bilan (mehnatga haq tо‘lashning xodimlar malakasi va ular ishlarining haqiqiy natijalari bilan kuchsiz bog‘langanligi, markazdan turib byudjet sohasi xodimlari mehnatiga haq tо‘lash jarayoni ustidan tо‘liq nazoratni amalga oshirishning iloji yо‘qligi va boshqalar) bog‘liqdir.
Ijtimoiy tо‘lanmalar (ijtimoiy transfertlar) о‘zining ahamiyatiga kо‘ra uy xо‘jaliklari pul daromadlarining tarkibiy tuzilmasida ikkinchi о‘rinni egallaydi. Ularni turli belgilar va asoslar bо‘yicha klassifikatsiya qilish (tasniflarga ajratish, tasniflash) mumkin.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish