Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet71/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

Nazorat uchun savollar
1.Uy xо‘jaligi deb nimaga aytiladi?
2.Uy xо‘jaligiga tegishli bо‘lgan xarakterli xususiyatlar nimalardan iborat?
3.Uy xо‘jaliklari moliyasi har bir davlat moliya tizimining ajralmas tarkibiy qismi (elementi) hisoblanadimi va uning moliyaviy ahamiyati nima bilan belgilanadi?
4.“Uy xо‘jaliklari moliyasi”ning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati nimadan iborat?
5.“Uy xо‘jaligi”, “xonadon” yoki “oila” atamalari bir-biriga tengmi? Ular о‘rtasidagi о‘xshashlik va farqlar nimalar bilan belgilanadi?
6.“Uy xо‘jaligi moliyasi” iborasining о‘rniga “xonadon moliyasi” va “oila moliyasi” iboralarini ekvivalent yoki sinonim iboralar shaklida ishlatsa bо‘ladimi? Ularning farqli tomonlari nimalardan iborat?
7.Uy xо‘jaligini xо‘jalik yuritishning mustaqil iqtisodiy va moliyaviy birligi sifatida ajratilishi qanday me’zonlar asosida amalga oshirilmog‘i lozim?
8.Uy xо‘jaliklari moliyasi deb nimaga aytiladi?
9.Uy xо‘jaliklarida mavjud bо‘lgan moliyaviy munosabatlar majmuini qanday guruhlarga bо‘lish mumkin?
10.Uy xо‘jaliklarining tashqi moliyaviy munosabatlari nimalar orqali namoyon bо‘ladi?


12-Mavzu:Xalqaro moliya
Reja
1.Xalqaro moliyaning asoslari va rivojlanish tendensiyalari.
2. Xalqaro moliya bilan bog‘liq munosabatlar. Jahon iqtisodiy va moliyaviy muhitining shakllanishiga ta’sir etgan sezilarli о‘zgarishlar.
3. XXI asr bо‘sag‘asida jahon iqtisodiyotidagi asosiy tarkibiy tendentsiyalar. Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi.
4. XTTBning kelishuvlar moddalarining 1-moddasiga muvofiq maqsadlari va vazifalari.
5.Valyuta kursi va valyuta bozorlari. Valyuta kursining inflyatsiyani hisobga olishga kо‘ra almashuv kurslari.


1.Xalqaro moliyaning asoslari va rivojlanish tendensiyalari
Xalqaro moliya xalqaro moliya bozorlari, xalqaro bank faoliyati, xalqaro korporatsiyalarning moliyasi, qimmatli qog‘ozlar portfelini boshqarish va shular bilan bog‘liq munosabatlarni о‘rganadi. Bundan tashqari, xalqaro moliya umumjahon darajasidagi moliyaviy operatsiyalar va ularning о‘zaro aloqadorligi, yirik industrial davlatlar, rivojlanayotgan yoki о‘tish davlatlarida ularning qanday xususiyatlar kasb etishini va ulardagi doimiy о‘zgarishlarni tushuntiradi.
“Xalqaro moliya”ga doir xorijiy adabiyotlarda xalqaro moliya bozorlari va risklarni boshqarish, transmilliy va tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri investitsiyalar, xalqaro qarz inqirozlariga asosiy urg‘u beriladi. Shuningdek, xalqaro moliya doirasida dunyo mamlakatlarining xalqaro moliya tizimidagi о‘rni, holati, tashqi moliyalashtirish mexanizmi, rivojlanayotgan moliya bozorlarining xususiyatlari kо‘rib chiqiladi.
XX asrning sо‘nggi yillarida sobiq Ittifoqning parchalanishi, mamlakatlar о‘rtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalarning sifat jihatdan yangi bosqichga chiqishi, milliy xо‘jalik aloqalarining integratsiyalashuvi bilan, globalizatsiya jarayonlarining jadallashuvi yuz berdi. Globalizatsiya natijasida jahon xо‘jaligining tarkibiy qismiga aylanib borayotgan mamlakatlarning soni ortib bormoqda.
Bu milliy darajadagi huquqiy, iqtisodiy hamda texnologik tо‘siqlar yо‘qolishiga, uning о‘rniga xalqaro iqtisodiy xо‘jalikning umumiy iqtisodiy qonuniyatlari va xalqaro xо‘jalikning funksional aloqalarini tatbiq etilishiga olib kelmoqda.
Mamlakatlar hayotidagi globalizatsiya - iqtisodiy munosabatlardagi tovarlar, xizmatlar, kapital hamda fond bozorlaridagi savdo va siyosatga doir tartiblarning tobora erkinlashuvi orqali namoyon bо‘lmoqda. Tashqi savdo aloqalari erkinlashtirilayotgan mamlakatlar soni yil sayin ortib bormoqda.
Jahon iqtisodiy va moliyaviy muhitining shakllanishiga ta’sir etgan sezilarli о‘zgarishlar sifatida quyidagilarni kо‘rsatish mumkin:

  1. 1957 yili Londonda Britaniya hukumatining funt sterling ustidan nazorat о‘rnatishiga javob tariqasida evrodollar bozorining yuzaga kelishi;

  2. 1958 yilda dastlab, “Umumiy bozor” deb atalgan Evropa Iqtisodiy Hamkorligi (EIH) - hozirgi Evropa Ittifoqining (EI) tashkil topishi;

  3. Amerika korporatsiyalari xorijiy faoliyatlarini kengaytirishga intilishi (1950 yillardan boshlab). Jahon bozorida Evropa va YAponiya korporatsiyalari faoliyatining sezilarli о‘sishi, shuningdek, xalqaro maydonda Amerika korporatsiyalari bilan ushbu mamlakatlar о‘rtasida raqobatning kuchayishi;

  4. О‘tgan asrning 60-yillarida Yaponiya iqtisodiyotini tez sur’atlar bilan о‘sishi, Uzoq Sharq biznes faoliyatida yangi imkoniyatlarning ortishi;

  5. 1971-1973 yillarda Brettonvud tizimini qulashiga olib kelgan jahon moliya inqirozlari, valyutaning belgilangan kursi tizimidan, suzuvchi valyuta kurslariga о‘tish;

  6. 1971-1979 yillardagi birinchi va ikkinchi neftь inqirozlari jahon iqtisodiy tizimiga bosim о‘tkazishi. Ushbu sanalarda neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) neft narxini sezilarli darajada oshirshi;

  7. Rivojlanayotgan mamlakatlarning 1982 yilda tashqi qarzlarga xizmat kо‘rsatishi bilan bog‘liq jahon qarzdorlik inqirozining boshlanishi;

  8. 1980 yillarda Yaponiyaning xalqaro moliyaviy kuch va jahon kapitalining manbasi sifatida etakchi mamlakatga aylanishi;

  9. 1987 yilda ettita mamlakatning (“Katta ettilik”) Parijda Luvr bitimini imzolashi. Ular о‘z valyuta kurslarining dollarga nisbatan tor tebranish doirasida sun’iy ravishda almashtirish orqali, kuchsizlanib borayotgan dollarni qо‘llab - quvvatlashni rejalashtirdilar. SHuningdek, ushbu mamlakatlar kelishilgan iqtisodiy siyosat yuritishni mо‘ljalladilar;

  10. 1987 yilda EIH yagona Evropa aktini qabul qilish orqali 1992 yilda yaxlit Evropa bozorini tashkil qilishni rejalashtirilishi. Bunda, mazkur tashkilotning G‘arbiy Evropa moliyaviy va iqtisodiy holatiga sezilarli ta’sir etishi kutildi;

  11. 1989-1992 yillarda Sharqiy Evropa mamlakatlari о‘z siyosiy yо‘nalishlarini о‘zgartirishi. Ularning kommunistik dunyoqarashdan kо‘p partiyaviylikka, markazdan rejalashtiriladigan iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga о‘tishi, jahondagi siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy holatga chuqur ta’sir etdi;

12) 1992 yildan keyin yaxlit Evropa bozorining yuzaga kelishi, 1993 yil noyabr oyidan erkin savdo bо‘yicha Shimoliy Amerika bitimining kuchga kirishi, 1993 yilda Osiyo-tinch okeani iqtisodiy hamkorligi konferensiyasi va boshqa jarayonlar, о‘tgan asrning 90 - yillarida hududiy rivojlanishni jadallashtirdi.
13) Evropa Ittifoqining yagona valyutasi - Evroning muomalaga kiritilishi, xorijiy valyuta zaxiralarining diversifikatsiya darajasi, valyutaviy bitimlar hajmi va kо‘lamiga sezilarli darajada ta’sir kо‘rsatdi. SHuningdek, evrodagi hosilaviy moliyaviy vositalar hajmi dunyoda etakchi о‘rinni egalladi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish