Sana: Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari Sinf



Download 0,66 Mb.
bet9/14
Sana17.10.2019
Hajmi0,66 Mb.
#23708
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
5-sinf vatan tuyg'u


2Tarbiyaviy: Bilimli, sog’lom, barkamol insonni voyaga yetkazish. O’z yurtiga sadoqatli, mard va fidoyi, komil insonlarni tarbiyalsh, yaxshi va yomonning farqiga borishga, hayotda to’g’ri yo’l tanlash, xalqimiz va Vatanimizga halol xizmat qilish, bunyodkor g’oyalarning hayotbaxsh kuchini to’g’ri anglab, vayronkor g’oyalarga vaqtida zarba berishga o’rgatish . Guruh bilan “ bir yoqadan bosh chiqarib” ishlashga, “ hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun”, “ birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar “ maqolining hayotdagi isbotini ko’rsatish bilan o’quvchilarni birlashib, maslahatlashib, bir-birini fikrini hurmatlashga o’rgatish;

3 Rivojlantiruvchi: O’quvchilarga darsni tushuntirish vaqtida o’quvchilarni qiziqtirish uchun ularni guruhlarga bo’lib, guruhlar bilan ishlash , test savollari, boshqotirmalar orqali dars rivojlantiriladi. O`quvchilarning to`g`ri fikrlashini rivojlantirish.

DTS talablari: Bolalarga Vatan tuyg’usi fani haqida ma`lumot berish.O’quvchilar dars davomida o’rganishi kerak bo’lgan bilim, ko’nikma, va malakalar

Bilim: O’quvchilar «vatan» deganda nimani tushunishini, Butun Yer yuzi - vatan, degan fikrga munosabatingiz q anday?Ona Vatanimiz bilan bog'liq holda shakllangan qanday qadriyatlarni bilishini,Insonning vatani uning tashqi ko'rinishi va fe'1-atvoriga ta'sir etadimi?Vatanparvar ajdodlarimizdan kimlarni bilasiz?Xalqimizning Ikkinchi jahon urushi yillarida turli millat vakillarigako'rsatgan insonparvarlik fazilatlari haqida bilishi

Ko’nikma: O’quvchilar Vatan , mahalla , shahar , Vatanni anglashi haqida tushuncha hosil qilish

Malaka: O’quvchilar darslik matni bo’yicha mustaqil ishlashi,, darslik va hujjatlar asosida ayrim hodislarga tavsif berish , ularni baholash va munosabat bildirish

Dars turi: Amaliy, og`zaki

Dars jihozi: 1. 5 sinf “Vatan tuyg’usi ” darsligi

2.Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch

3. Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari

4. Doska , bo’r, daftar , ruchka

Dars jarayonining mazmuni :

1. Vatan tushunchasi

2. Vatanni anglash

3. Vatan tuyg’usi

Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

a) salomlashish.



b) davomatni aniqlash.

II .O’tilgan mavzuni takrorlash

1. Biz milliy davlatchiligimiz tarixini bilishda qanday manbalarga tayanamiz?

2Yurtimiz hududida qadimda qanday davlatlar bo'lgan?

3O'tgan asrlarda milliy davlatchiligimiz asoslari nima uchun susaydl?

4Bugungi mustaqil O'zbekiston qanday davlat?

5Huquqiy demokratik davlatning asosiy xususiyatlari haqida nima
larni bilasiz?

6Demokratiya deganda nimani tushunasiz?

7Fuqarolik jamiyati deganda nimani tushunasiz?

8 O'zbekiston Prezidenti, Yurtboshimiz Islom Karimovning mustaqil
O'zbekiston davlatini barpo etish va rivojlantirish borasidagi buyuk
xizmatlari haqida gapirib bering.

9.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qachon va kimning tashabbusi
bilan qabul qilindi?

10Maktab ta'limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi-chi?

11Mamlakatimizda necha yillik umumiy majburiy ta'lim joriy ctilgau?
III. Yangi mavzuning bayoni

Aziz o'quvchi, agar bizdan «Qani, Vatanning rasmini chizib bering», desalar, awalo nimaning tasvirini qog'ozga tushirgan bo'lar edingiz? Bunday vazifani bajarish uchun dastawal o'zimiz bilgan
narsalarning barchasini bir-bir ko'z o'ngimizdan o'tkazamiz. Lekin ular ichida biz uchun eng aziz manzara o'zimiz tug'ilib-o'sgan uy,qadrdon xonadonimiz bo'lib ko'rinadi. Chunki insondagi Vatan
tuyg'usi oiladan, ona bag'ridan boshlanadi.Esingizdami, awalgi darsimizda insonning tuyg'ulari aniq bir makonda shakllanishi haqida gapirgan edik. Insonni voyaga yetkazadigan, unga eng go'zal tuyg'ularni singdiradigan, undagi barcha zararbilim va ko'nikmalami shakllantiradigan ana shunday makonlardan
bill oiladir.Bularni bilib oling. Oila arabcha so'z bo'lib, nikoh va qarindoshlik asosida birgalikda yashashni bildiradi.Nikoh oilaning huquqiy asosidir.Qarindoshlik — nasl-asab,qonardoshlikjihatidano'zaroyaqinlikni bildiradigan mezon.Prezident Islom Karimov oilaga shunday ta'rif bergan:«Bu yorug' dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila borekan, farzand deb atalmish bebaho ne'mat bor. Farzand borekan, odamzot hamisba ezgu orzu va intilishlar bilan yashay-
di»1.Rivoyat qilishlaricha, yer yuzidagi birinchi oila Odam Ato vaMomo Havo tomonidan barpo etilgan ekan. Dunyodagi odamlar,xalqlar va millatlar mana shu oiladan tarqalibdi. Shuning uchun
insoniyatni bir ota-ona farzandlari deymiz, ularni do'st va birodarbo'lib yashashga chaqiramiz.
Rivoyat

Imom Buxoriyning onasi

Rivoyat qilishlaricha, Ismoil o'g'li Muhammad Buxoriy ko'zi go'daklik paytida bir baxtsiz tasodif tufayli ojiz bo'lib qolgan ekan. Onasi bolamning ko'ziga shifo ber, deya kechasiyu kunduzi Ollohga iltijo etib duo qilar ekan. Kunlardanbirida onaning tushiga payg'ambarirniz Ibrohim alayhissalomkirib chiqibdi va unga: «Qilgan duolaring qabul bo'ldi,o'g'ling endi shifo topadi» debdi. Shundan so'ng yosh Muhammadning ko'zi ochilibdi. U o'z hayotini payg'ambarirnizMuhammad alayhissalom hadislarini to'plashga bag'ishlashga qaror qilibdi va buyuk hadisshunos bo'lib yetishibdi.«



ONA DEGAN NOM

Deydilar, qahrli bahodirlar ham


Janglarda jon berar chog'i mardona,
Behad azoblarga chidab, so'nggi dam,
Bitta so'z demishlar shivirlab: Ona.
Ulug' bir donishmand olamni sharhlab,
Axiyri tanibdi tuqqan elini.
Zabon baxsh etganga ehtirom saqlab,
Ona deb atabdi ilk bor tilini.
Dunyo shoirlari Vatan sha'niga
Sifat axtarmishlar qator va qator,
Nihoyat, kelmishlar bitta ma'niga:
Ona Vatan deya bitmishlar ash'or.
Bisyor bo'lsa agar bol ham beqadr,
Takror aytilganda rangsizdir kalom.
Bu yorug' olamda vatan bittadir,
Bittadir dunyoda ona degan nom

Oilaning yana bir ustuni otadir. Ota — oila boshlig'i, xonadonniboshqarib turadigan, uyda, ro'zg'orda adolat timsoli bo'lib, bar-chaga ibrat va namuna ko'rsatadigan zotdir. Qadimda biror-bir farzand yaxshi yoki yomon xulqi bilan jamoatchilik e'tiborini tortsa,darhol undan «otang kim, kimning bolasisan?» deb so'raganlar.Chunki otaning kimligiga qarab, farzandning fazilatlarini aniqlash
mumkin bo'lgan.

IV darsni mustahkamlash. Savol va topshiriqlar:

1. Odamning ilk his-tuyg'ulari dastlab qayerda uyg'onadi?

2Onangiz qanday alia aytganini eslaysizmi?

3Ona to'g'risidagi taassurotlar bilan vatan to'g'risidagi taassurot-
larda qanday o'xshashlik bor?

4Abdulla Oripovning «Ona degan nom» she'rini qanday tushun- .
dingiz?

5Oilada otaning o'rni qanday?

6«Ota rozi - Xudo rozi» degan hikmatli iboraning ma'nosini qanday
tushunasiz?

7Ota kasbini egallash yigit kishi uchun shartmi?

8Qanday tarixiy sulolalarni bilasiz?

Tarbiya haqida gapirib bering



9Nima uchun oilani jamiyat negizi deymiz?

10«El-yurt tayanchi» haykali qaysi shaharda?

11Mamlakatimizda qaysi yili «Oila уШ» deb e'lon qilindi?
V. Baholash Faol qatnashgan faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish. O`tilgan mavzuni konspektlab, o`qib kelish.

Sana:.

Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari

Sinf: __5 ABV __

Mavzu: Vatanga muhabbat

Darsning maqsadi: O’quvchilarga Vatanga muhabbat tushunchasini, Oddiy cho'pon Shiroqqa shu qadar katta kuch va jasorat bergan

narsa nima ekanligi, Shiroqqa o'xshagan yana qanday qahramonlarni bilishini,Alpomishning qahramonligi haqida ,«Vatanga qasamyod» haykali qayerda joylashganligini,Askar yigit nima uchun qasamyod qabul qilishini, NajmiddinKubrobobomizningjasoratihaqidanimalarnibilishini,Vatanni sevmaslik, uning taqdiri uchun beparvolik qanday oqibat-
larga olib kelishini tushuntirish.

1Ta`limiy: Bolalarga Vatan tuyg’usi fani haqida ma`lumot berish va darsni tushuntirish vaqtida ularga mavzuni ta’limiy ravishda yoritib berish: O’quvchilarga biz nima uchun istiqlolni buyuk ne’mat sifatida qadrlashimizni, Prezidentimiz Islom Karimovning eng ulug’ maqsadimiz, eng ulug’ g’oyamiz haqida aytgan fikrini sharxlashi, Yurt tinchligi , Vatan ravnaqi va Xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlarni amalga oshirish uchun avvalo nima qilish kerakligi, Ulug’ maqsadlarga intilib yashagan odam nima uchun adashmasligi, Tabiatda , jamiyatda bo’shliq bo’lmagani kabi , insonning qalbi va ongida ham bo’shliq bo’lmasligini tushuntirish.

2Tarbiyaviy: Bilimli, sog’lom, barkamol insonni voyaga yetkazish. O’z yurtiga sadoqatli, mard va fidoyi, komil insonlarni tarbiyalsh, yaxshi va yomonning farqiga borishga, hayotda to’g’ri yo’l tanlash, xalqimiz va Vatanimizga halol xizmat qilish, bunyodkor g’oyalarning hayotbaxsh kuchini to’g’ri anglab, vayronkor g’oyalarga vaqtida zarba berishga o’rgatish . Guruh bilan “ bir yoqadan bosh chiqarib” ishlashga, “ hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun”, “ birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar “ maqolining hayotdagi isbotini ko’rsatish bilan o’quvchilarni birlashib, maslahatlashib, bir-birini fikrini hurmatlashga o’rgatish;

3 Rivojlantiruvchi: O’quvchilarga darsni tushuntirish vaqtida o’quvchilarni qiziqtirish uchun ularni guruhlarga bo’lib, guruhlar bilan ishlash , test savollari, boshqotirmalar orqali dars rivojlantiriladi. O`quvchilarning to`g`ri fikrlashini rivojlantirish.

DTS talablari: Bolalarga Vatan tuyg’usi fani haqida ma`lumot berish.O’quvchilar dars davomida o’rganishi kerak bo’lgan bilim, ko’nikma, va malakalar

Bilim: : O’quvchilar Vatanga muhabbat tushunchasini, Oddiy cho'pon Shiroqqa shu qadar katta kuch va jasorat bergan narsa nima ekanligi, Shiroqqa o'xshagan yana qanday qahramonlarni bilishini,Alpomishning qahramonligi haqida ,«Vatanga qasamyod» haykali qayerda joylashganligini,Askar yigit nima uchun qasamyod qabul qilishini, NajmiddinKubrobobomizningjasoratihaqidanimalarnibilishini,Vatanni sevmaslik, uning taqdiri uchun beparvolik qanday oqibat-
larga olib kelishini bilishi

Ko’nikma: O’quvchilar Vatan , mahalla , shahar , Vatanni anglashi haqida tushuncha hosil qilish

Malaka: O’quvchilar darslik matni bo’yicha mustaqil ishlashi,, darslik va hujjatlar asosida ayrim hodislarga tavsif berish , ularni baholash va munosabat bildirish

Dars turi: Amaliy, og`zaki

Dars jihozi: 1. 5 sinf “Vatan tuyg’usi ” darsligi

2.Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch

3. Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari

4. Doska , bo’r, daftar , ruchka

Dars jarayonining mazmuni :

1. Vatan tushunchasi

2. Vatanni anglash

3. Vatan ga muhabbat

Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

a) salomlashish.



b) davomatni aniqlash.

II .O’tilgan mavzuni takrorlash

1. Biz milliy davlatchiligimiz tarixini bilishda qanday manbalarga tayanamiz?

2Yurtimiz hududida qadimda qanday davlatlar bo'lgan?

3O'tgan asrlarda milliy davlatchiligimiz asoslari nima uchun susaydl?

4Bugungi mustaqil O'zbekiston qanday davlat?

5Huquqiy demokratik davlatning asosiy xususiyatlari haqida nima larni bilasiz?

6Demokratiya deganda nimani tushunasiz?

7Fuqarolik jamiyati deganda nimani tushunasiz?

8 O'zbekiston Prezidenti, Yurtboshimiz Islom Karimovning mustaqil
O'zbekiston davlatini barpo etish va rivojlantirish borasidagi buyuk
xizmatlari haqida gapirib bering.

9.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qachon va kimning tashabbusi bilan qabul qilindi?

10Maktab ta'limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi-chi?

11Mamlakatimizda necha yillik umumiy majburiy ta'lim joriy ctilgau?
III. Yangi mavzuning bayoni

Aziz o'quvcbi, bu hayotda har qaysi insonning ezgu orzu-umidlari bo'ladi. Ayniqsa, siz kabi ozod va obod Vatanda o'sib-ulg'ayayotgan,qalbi рок his-tuyg'ular bilan to'lgan yoshlarning orzulari bir olam.
Ana shu orzulaming eng ulug'i - ota-onaga, el-yurtga beminnatxizmat qilish, ulaming oldidagi farzandlik burchini sidqidildan adoetishdir. Bu orzuga erishish uchun inson bolalikdan boshlab o'z oldiga
aniq maqsad qo'yib, zamr bilim, ko'nikma va hunarlarni egallashi,ham jismoniy, ham ma'naviy jihatdan sog'lom va baquwat bo'lishilozim. Chunki buyuk orzular buyuk intilish va harakat, katta kuch-
quwatni talab etadi. Ana shu g'oyat og'ir va murakkab yo'lda Vatangamuhabbat hissi barchamizga madad bo'ladi.Vatanga muhabbat — eng ulug' tuyg'u. Shuning uchun hamPrezidentimiz Islom Karimov bu tuyg'uning inson hayotidagi o'rnihaqida alohida fikr yuritib, «Tarix haqiqati shuni ko'rsatadiki, tomiridamilliy g'urur, Vatan ishqi jo'sh urgan odamgina buyuk ishlarga qodirboiadi»1, deb ta'kidlaydi.

Haqiqatan ham, agarda tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, ona yurtgamehr-muhabbat oddiy insonlarga ham ulkan kuch-qudrat, azm-ushijoafbaxsh etib, ularni tengsiz jasoratlarga undaganiga guvoh bo'la-
miz. Masalan, siz yaxshi biladigan Shiroq haqidagi rivoyatni esga olaylik.Shiroq — oddiy cho'pon. Uning harbiy qurol-yarog'i ham, askari ham yo'q. Faqat qalbida o'z vataniga cheksiz muhabbati bor, xolos. Ana shu
buyuk tuyg'u uni tish-tirnog'igacha qurollanib, mo'ri malaxdek yopirilib kelayotgan sonsiz-sanoqsiz yovga qarshi yakka-yu yolg'iz kurashga chiqishga chorlaydi. Shiroq o'zining dushman qo'lida o'lishini oldindan biladi. Lekin bu, yuqorida aytilganidek, eng ulug' maqsad — Vatan ozodligi, lining himoyasi yo'lidagi sharafli o'lim ekanini u yaxshi anglaydi va aynan shu bois bu yo'lni tanlaydi.Shiroq o'z joni evaziga qancha-qancha yurtdoshlarini o'limdan, yovgaqui bo'lishdan, shahar-qisbJoqlarni esa vayronagarchilik, talon-torojdansaqlab qoladi. Yana bir muhim tomoni — u o'z qahramonligi orqalihech qachon zulm va bosqinchilik bilan butun bir xalqni yengib bo'lmasligini, uning mard farzandlari bunga aslo yo'l qo'ymasligini isbotlaydi.Shiroqqa o'xshagan qo'rqmas va botir o'g'lonlar dunyodagi barchaxalqlarda hamma zamonlarda ham bo'lgan. Chunki har qanday xalqning tinch va osuda hayoti, baxt-u saodati uning mard va bahodir
farzandlariga bog'liq.Shu nuqtayi nazardan qaraganda, dunyoga mashhur «Hollivud»kinokompaniyasi tomonidan suratga olingan «Gladiator» filmidagiiste'dodli aktyor Rassel Krou tomonidan ijro etilgan general Maksimus obrazi ham Vatan ozodligi yo'lida fidoiy bo'lib yashashningyorqin namunasidir. Butun hayotini ona yurti sha'n-u sharafini рокsaqlash uchun baxsh etgan bu o'ktam va jasur inson o'zining mohirsarkardalik qobiliyati, mardlik fazilatlari bilan tashqi dushmanlarnitor-mor etishda tengsiz qahramonlik ko'rsatadi. Ayni vaqtda ichkidushmanlarning fitnasini fosh etish uchun achchiq sinov va mashaqqatlarga, xo'rlik va zo'ravonliklarga chidaydi. Dushmanlar uni uyjoyidan, oilasidan, do'st-u yorlaridan judo etadi. Generalning o'ziesa qullikka tushib qoladi. Lekin shunday ayanchli ahvolda ham
umidsizlikka tushmaydi, o'zi haqida emas, vatani haqida, uni jaholat
va adolatsizlik domidan xalos etish xususida o'ylaydi. Va shu yo'ldamunosib o'lim topadi.Lekinuningo'limixalqningadolatga,uningbaribir tantana qilishiga bo'lgan ishonchini mustahamlab, kelgusiavlodlar uchun haqiqiy qahramonlik timsoliga aylanadi.Jahondagi har bir ota-ona, har bir xalq katta umidlar bilanfarzand o'stirar ekan, ularning awalo mard ba botir, o'z uyi vayurtini himoya etishga qodir insonlar bo'lib voyaga yetishini istaydi.Dunyo xalqlarining ertaklari, qo'shiq va dostonlariga, onalar tomonidan aytiladigan allalariga e'tibor beradigan bo'lsak, ularda mardlikva qahramonlik asosiy mavzu ekaniga ishonch hosil qilamiz. Masalan, hindlarning «Mahobxorat» va «Ramayana» kabi qadimiy dostonlari,yunonlaming Prometey, Antey, Gerakl va Odissey singari afsonaviyqahramonlari, azaldan biz bilan yonma-yon yashab kelgan Sharqxalqlarining barchasi uchun umumiy bo'lgan Rustami doston, Sunrob, Siyovush, Jamshid, Bahrom, Farhod kabi alp pahlavonlartimsolida mardlik va botirlik ulug'langan.Onalarimizning allalarida qadim-qadim zamonlardan boshlab o'g'ilbolalar «arslonim», «palilavonim», «Alpomishim» degan so'zlar bilane'zozlangan. «Uch-og'ayni botirlar», «Semurg' va Bunyod», «ТоЫгva Zuhra» kabi rtaklarimizda, «Alpomish», «Go'ro'g'li», «Kuntug'-mish» singari dostonlarimizda mardlik va ezgulik eng yuksak insoniyfazilat sifatida kuylanadi. Bularning barchasi xalqimiz uchun o'zfarzandlarini hech narsadan qo'rqmaydigan, ota-onasi, oilasi, el-yurtining sha'n-u sharafi, obro'-e'tiborini saqlash yo'lida hammanarsaga qodir insonlar qilib tarbiyalash eng buyuk, eng muqaddasorzu bo'lib kelganidan dalolat beradi. Shu ruhda tarbiya topgan To'maris, Alp Erto'ng'a (Afrosiyob), Spitamen, Jaloliddin Manguberdi,
Amir Temur kabi ko'plab ajdodlarimiz xalqimiz o'z yeri, o'z Vatanini munosib himoya qilishga qodir ekanini tarixda necha bor isbotlabbergani, hech shubhasiz, shunday ulug' zotlarhing, ular boshlab
bergan, asrlardan asrlarga bezavol olib o'tgan shonli an'analarningdavomchilari bo'lgan biz — avlodlar uchun ibrat namunasi bo'libxizmat qiladi.Prezidentimiz Islom Karimov el-yurtimizning boy merosi, jumladan, «Alpomish» dostonining yosh avlod tarbiyasidagi beqiyosahamiyatini ta'kidlab, quyidagi fikrlarni bildirgani bejiz emas, albatta:«Xalqimizning yengilmas bahodiri — Alpomish timsolida biz Vatani-
mizni yomon ko'zlardan, balo-qazolardan asrashga qodir, kerakboisa, bu yoida jonini ham fido qilishga tayyor azamat o'g'lonlarimiz— bugungi alpomishlarning ma'naviy qiyofasini ko'ramiz»1.Bu so'zlarni o'qir ekanmiz, mustaqllikka erishganimizdan so'ngmamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish eng

Rivoyat

Bir parcha yer

Qadim zamonda bir yurtga yov bostirib kirmoqchi bo'lib,bahona izlay boshlabdi. Lekin bu yurtning podshosi juda donishmand, oqil va tinchliksevar ekan. U dushmanning niyatini tu-shunibdi va behuda qon to'kilishiga yo'l qo'ymaslik uchun yovning lashkarboshisiga o'zining uchqur arg'umog'ini, ya'ni zotdor otini beribdi. Ammo dushman bu bilan kifoyalanmabdi. Uyana urush boshlaymiz, deya dag'dag'a qilishdan to'xtamabdi.Shunda podshoning lashkarboshilari yig'ilib, «Shohim, o'zingiz ayting, biz qachongacha bunday xo'rlikka chidab, jim qarab tura-
veramiz, buyuring, bizlar jangga kiraylik, yurtimizni, sha'n-U g'ururimizni himoya qilaylik», debdi. Podsho yana bosiqlik bilan,«Yo'q, bekorga qon to'kilmasin», deb javob beribdi va urushning oldini olish uchun yov lashkarboshisiga o'zining tilla qilichini in'om etibdi. Biroq makkor yov bu bilan ham kifoyalanmabdi.

IV darsni mustahkamlash. Savol va topshiriqlar:

1. Vatanga muhabbat qanday tuyg'u?

• 2. Oddiy cho'pon Shiroqqa shu qadar katta kuch va jasorat bergan

narsa nima?



  1. Shiroqqa o'xshagan yana qanday qahramonlarni bilasiz?

  2. Alpomishning qahramonligi haqida nimalarni bilasiz?

  3. «Vatanga qasamyod» haykali qayerda joylashgan?

  4. Askar yigit nima uchun qasamyod qabul qiladi?

  5. NajmiddinKubrobobomizningjasoratihaqidanimalarnibilasiz?

  6. Vatanni sevmaslik, uning taqdiri uchun beparvolik qanday oqibat-
    larga olib kelishi mumkin?

V. Baholash Faol qatnashgan faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish. O`tilgan mavzuni konspektlab, o`qib kelish. «Mening Vatanim» mavzusida referat yozishga urinib ko'ring.
Sana:.

Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish