Samarqand shahar xalq ta`limi tasarrufidagi 77-umumiy o`rta ta`lim maktabining fizika fani o`qituvchisi
Sirojeva Dilshodaning
fizika fanidan 7-“B” sinfi uchun
“Impulsning saqlanish qonuni.”
mavzusida tayyorlagan
DARS ISHLANMASI
Sana: 13.03.2020
Mavzu: Impulsning saqlanish qonuni.
Darsning texnologik xaritasi
Mavzu
| Impulsning saqlanish qonuni |
Maqsad
|
Impulsning saqlanish qonuni haqida o`quvchilarga ma`lumot berish, yopiq sistema hosil qiluvchi jismlarning impulslari haqida tushuncha hosil qilish, turmushda qo`llanilish ahamiyatini tushuntirish.
|
Vazifalar
|
O`quvchilarga impulsning saqlanish qonuni haqida ma`lumot berish, yopiq sistema hosil qiluvchi jismla ning impulslari haqida tushuncha hosil qilish, turmushdagi ahamiyatini tushuntirish orqali fanga bo`lgan qіziqishlarini oshirish.
|
O`quv jarayonining mazmuni
|
Impulsning saqlanish qonuni va uning tabiatda va texnikada keng qo`llanilishini o`rganish
|
O`quv jarayonining amalga oshirish texnologiyasi
|
Metod: Kichik ma’ruza orqali taqdimot, “Savol-javob”, “Klaster”, guruhlar bilan ishlash.
Vosita: 7-sinf fizika darsligi, tarqatma savollar, sharcha, ip, taxta brusok, kom’yuter texnikasi, diopoektor, “Kompyuter Osiyo” ITPtomonidan yaratilgan o`quv filmi, o`quvchilar taqadigan emblemalar kadoskop, slaydlar.
Nazorat: Og`zaki nazorat, guruhlarni baholash.
Baholash. 5 ballik tizim asosida.
|
shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar:
|
Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Xk-1, Xk-3
|
Darsning turi:
|
Impulsning ta`lim texnologiyasi
|
Darsning usuli:
|
Adaptiv, aqliy hujum
|
Kutilayotgan natijalar
|
O`qituvchi.
Impulsning saqlanish qonunini mavzusini hayotiy misollar orqali yoritish natijasida yuqori samaradorlikka erishadi. Interfaol metodlardan foydalanish orqali o`quvchilarning mustaqil fikrlashi, faolligi, darsga, fanga nisbatan qiziqishni orttiradi. O`z oldiga qo`ygan maqsadlariga erishadi.
O`quvchi.
Yangi bilimlarni egallaydi. Jamoada ishlash ko`nikmasi ortadi, nutqi ravonlashadi, o`z-o`zini nazorat qilishga o`rganadi.
|
Kelgusi rejalar
|
O`qituvchi.
o`quvchilarni fizika faniga qiziqtirish yo`llari va pedagogik texnologiyalarni darsda tadbiq etish uchun o`z ustida ishlash, mavzuni kundalik turmush va fan-texnikada qo`llanilishi bilan tajribasini boyitish.
O`quvchi.
Impulsning saqlanish qonuni va uning tabiatda va texnikada keng qo`llanilishini o`rganish, qo`shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlashni o`rganish. O`z fikrini ravon bayon qila olish.
|
Mashg`ulot bosqichlari.
Bosqichlar
|
Mazmuni
|
Metodlar
|
Vaіti
|
1-bosqich Tashkiliy іism
|
Salomlashuv. Mashg`ulotning borishi haqida tushuncha berish.
|
Og`zaki
muloqot
|
3 daqіqa
|
2-bosqich
|
O`qituvchi ishtirokida o`tilgan mavzuni takrorlash va guruhlar bilan ishlash.
|
Guruhlarda
ishlash, “Кластер” усулида guruhlar taqdimoti
|
10 daqiqa
|
3-bosqich
Mavzu bayoni
|
O`qituvchi “Impulsning saqlanish qonuni” mavzusi yuzasidan o`quv filmini namoyish etish hamda mavzuning asosiy mazmuni to`g`risidagi ma’ruzasi (slaydlar hamda savollar asosida) – jamoaviy ish
|
“Savol-javob”, og`zaki bayon, tushuntirish,
slaydlar namoyishi.
|
20
daqіqa
|
4-bosqich Mustahkamlash
|
Mavzu bo`yicha o`quvchilar bilimlarini savol-javob orqali aniqlash
|
“Savol-javob”
elementi,
orqali o`quvchi lar olgan bilimlarini nazorat, qilish
|
8 daqiqa
|
5-bosqich
Mashg`ulot yakuni va mustaqil ish uchun topshiriq
|
Darsda g`olib bo`lgan guruh va faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish, mashg`ulotni yakunlash, mustaqil ish uchun topshiriq berish
|
o`quvchilarni rag`batlantirish
|
3 daqiqa
|
I. Darsning tashkil etilishi (3 daqiqa):
a) salomlashib, davomat aniqlanadi;
b) o`quvchilarning darsga hozirligi ko`rib chiqilib, jonli muhit yaratish;
Darsni guruhlar o`rtasida musobaqa usulida olib borish uchun sinf 3 guruhga bo`linadi.
I guruh — “Impuls”
II guruh — “ Kuch impulsi ”
III guruh — “Jism impulsi”
Darsning borishi
Asosiy atamalar va tushunchalar:
-yopiq sistema
-jism impulsi
-kuch impulsi
II. O‘tilgan mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar. (10 daqiqa).
Guruhlar boshlig`i o`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab qo`yilgan savol va topshiriqlarni tanlab oladilar.
Oqituvchi o`quvchilarga savollarni “Klaster” usulidan foydalanib tushuntirish kerakligini aytadi va bu usul avvalgi darslarda qo`llanilmagan bo`lsa texnologiyasi tushuntiriladi. O`quvchilar o`zlarining olgan bilimlari bo`yicha savolga javobni tushuntiradilar.
“Klaster” metodi o`quvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu) lar xususida erkin, ochiq o`ylash va shaxsiy fikrlarini bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi.
“Klaster”-metodi muayyan mavzuning o`quvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o`zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo`lishini ta`minlashga xizmat qiladi. Ushbu metoddan o`quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg`ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Guruh asosida tashkil etilayotgan mashg`ulotlarda guruh a`zolari tomonidan bildirilayotgan g`oyalarning majmui tarzida namayon bo`ladi. Bu esa guruhning har bir a`zosi tomonidan ilgari surilayotgan g`oyalarni uyg`unlashtirish hamda ular o`rtasidagi aloqalarni topa olish imkonini yaratadi.
Mazkur metoddan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab etiladi:
Nimani o`ylagan bo`lsangiz, shuni qog`ozga yozing. Fikringizning aniqligi to`g`risida o`ylab o`tirmay, ularni shunchaki yozib boring.
Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha yozishdan to`xtamang. Agar ma`lum muddat biror bir g`oyani o`ylay olmasangiz, u holda qog`ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g`oya tug`ilguniga qadar davom ettiring.
Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko`proq yangi g`oyalarni ilgari surish hamda mazkur g`oyalar o`rtasida o`zaro aloqadorlik va bog`liklikni ko`rsatishga harakat qiling. G`oyalar yig`indisining sifati va ular o`rtasidagi aloqalarni ko`rsatishni cheklamang.
“Klaster” metodidan darsda o`tilgan mavzu bo`yicha o`quvchilar egallagan bilim, ko`nikmalarni nazorat qilishda qo`llash yaxshi samara beradi.
1-guruh “Impuls”
1. Impulsning ma`nosi nima?
2. Impuls qanday kattaliklar bilan belgilanadi. U qanday birliklarda o`lchanad?
Javob: “Impuls” lotincha “impulsis” so`zidan olingan bo`lib, “turtki” degan ma`noni anglatadi. Bu atama bilan ikkita kattalik belgilanadi.
Kuch impulsi va jism impulsi. Biz guruhimiz bilan quyidagicha tushuntiramiz.
2-guruh “Kuch impuls”
1. Kuch impulsi deb nimaga aytiladi? U qanday birliklarda o`lchanad?
2. Kuch impulsi jismlarning o`zaro ta`sir natijalari nimalarga bog`liq?
Javob: Kuch impulsi jismga ta`sir etayotgan kuchning shu kuchga ta`sir etgan vaqtga ko`paytmasiga teng. U I=Ft formula bilan ifodalanadi, birligi Ns.
Biz guruhimiz bilan quyidagicha tushuntiramiz.
3-guruh “Jism impulsi”
1. Jism impulsi deb nimaga aytiladi? U qanday birliklarda o`lchanad?
2. Jism impulsi (harakat miqdori) nimalarga bog`liq.
Javob: Jism impulsi jism massasining uning harakatlanish tezligiga ko`paytmasi bilan o`lchanadi. U P=m formula bilan ifodalanadi, birligi kgm/s.
Biz guruhimiz bilan quyidagicha tushuntiramiz.
Guruhlar taqdimoti (10 minut)
Bu metod orqali o`quvchilarda quyidagi xislatlar paydo bo`lishi mumkin.
Bilganlarini tartibga solishni o`rganadi.
Bilmaganini so`rab oladi.
Xotirasini ishga tushirishni.
Faolligini oshirishni.
Qiziqishini kuchaytiradi.
O`z tushunchalarini nazorot qilishni.
Motivni qo`ya bilishni.
Mustaqil fikrini bayon qilishni.
III. Yangi mavzu bayoni:
O`qituvchining kichik ma’ruzasi (20 daqiqa)
Reja:
Yopiq sistema deganda nimani tushunasiz.
Massalari va tezliklari bir xil bo`lganda jismlar impulsi.
Massalari va tezliklari har xil bo`lganda jismlar impulsi.
Impulsning saqlanish qonunini nimadan iborat?
“Impulsning saqlanish qonuni” o`quv filmini ko`rish (4 даqiqa)
O`qituvchi oldindan 7-sinf uchun учун “Kompyuter Osiyo” ITP tomonidan yaratilgan o`quv filmidan foydalangan holda mavzuga mos “Impulsning saqlanish qonuni” o`quv filmini tayyorlab qo`yadi va namoyish etadi.
Yangi mavzuni boshlashdan avval o`quvchilarni yangi mavzuga olib kirish maqsadida o`quvchilar “Savol-javob” metodidan foydalaniladi.
O`quvchilarga o`quv filmda nimalar namoyish etilganligi so`raladi. Impulsning saqlanish qonuni hayotimizda qanday ahamiyatga ega.
O`quvchilarning fikrlari va g`oyalari tinglanadi.
O`quvchilar tomonidan berilgan fikr va g`oyalari umumlashtiriladi.
Shundan so`ng o`quvchilarga “Impulsning saqlanish qonuni“ mavzusi yuzasidan to`liq ma’lumot beriladi. Slayd orqali mavzui o`quvchilarga havola etiladi va tushuntiriladi.
1-slayd
Impulslarning juda qiziqarli va muhim xossasi borki, bu saqlanishdir. Saqlanish xossasi –o`zgarmay qolaverish xossasidir. Harakatlanayotgan ikkita jism to'qnashganda ulaning impulslari o'zgarmaydi. Quyidagi tajriba vositasida bunga to'liq ishonch hosil qilish mumkin.
Massalari teng va ipga osib qo'yilganda bir-biriga tegib turadigan sharchalar ko'rsatilgan. Agar chapdagi sharchani muvozanat vaziyatidan burchakka og'dirib qo'yib yuborilsa, oldingi holati tomon harakatlanadi va ikkinchi sharchaga uriladi. Shunda ikkinchi shar harakatga kelib, o'ng tomonga, ya'ni burchakka og'adi. Bunda birinchi shar joyida qoladi.
|
2-slayd
Yopiq sistema deb nimaga aytiladi?
Yuqoridagi tajribadan ko`rinadiki, birinchi shar impulsi to'qnashishdan so'ng ikkinchisiga o'tadi. Agarda ikkita yoki bir necha jismlar faqat o'zaro ta'sirlashayotgan bo'lsa, bu jismlar yopiq sistemani hosil qiladi.
Yoki
Jismlar boshqa tashqi jismlar bilan o`zaro ta`sirlashmasa yoki sistemaga ta`sir etayotgan kuchlar o`zaro muvozanatlashsa, bunday jismlar sistemasi yopiq sistema deb ataladi.
|
3-slayd
Massalari va tezliklari bir xil bo`lganda jismlar impulsi.
1-tajriba. Gorizontal relsga bir xil massali ikkita bir xil m massali aravachalar qo`yamiz. Ulardan birining chetki tomoniga plastilin sharcha biriktiramiz. Qolganlarining har birini chetki tomoniga prujinali buferlar biriktiramiz. Avvalo buferlari yo`q bo`lgan orqa tomoni bilan ikkala aravachani bir-biriga qaratib moduli bir xil bo`lgan tezlik beramiz. Aravachalar uchrashadi, plastilin ularni yopishtiradi, ular to`xtaydi va impulslarining yig`indisi nolga teng.
2-tajriba. Endi aravachalarning prujinali buferlari bir-biriga qarab tursin. Ikkala avravachaga kattaligi bir xil, lekin yo`nalishi qarama-qarshi bo`lgan tezlik beramiz. Birinchi galdagi kabi bu ham aravachalar to`qnashmasdan avvalgi impulslari yig`indisi nolga teng.
Lekin aravachalar to`qnashgandan keyin har birining impulsi nolga teng bo`lmaydi. Chunki ular to`qnashgandan keyin bir xil tezlik bilan uzoqlasha boradi. Bu hol uchun ular impulsining yig`indisi
m(-)+m=-m+m=0.
Demak, bu holda ham aravachalar to`qnashmasdan oldin ham, to`qnashgandan keyin ham ularning impulslari yig`indisi nolga teng.
|
4-slayd
Massalari va tezliklari har xil bo`lganda jismlar impulsi.
3-tajriba. Aravachalar massalari turlicha m1 va m2, tezliklar ham har xil bo`lgan 1 va 2 bo`lsin. Aravachalar to`qnashgandan so`ng mos ravishda 1 va 2 tezliklari bilan ortga qayta boshlaydi.
Ikkala aravachaning impulslari qanday o`zgarishini hisoblaylik.
Birinchi aravacha impulsining o`zgarishi : Ft=m11 –m11.
Ikkinchi aravacha impulsining o`zgarishi: -Ft= m22 –m22.
Bu tengliklarni hadma-had qo`shamiz.
Ft-Ft=m11 –m11+ m22 –m22. yoki
m11+ m22=m11+ m22
Tenglikning chap tomonida ikkala aravachaning to`qnashishidan oldingi impulslari yig`indisi, o`ng tomonda o`sha aravachalarning o`zaro ta`sirlashgandan keyin impulslari yig`indisi turibdi. Har bir aravachaning impulsi o`zgardi, yig`indisi esa o`zgarmay qoldi.
|
5-slayd
Impulsning saqlanish qonuni nimadan iborat?
Yuqoridagi tajribalardan quyidagi muhim xulosa kelib chiqadi:
Yopiq sistemaga kirgan jismlarning impulslari yig'indisi, ularning o'zaro ta'siri va harakatidan qat'iy nazar, vaqt o'tishi bilan o'zgarmasligicha qoladi.
Bunga impulsning saqlanish qonuni deyiladi
Bu qonunni R. Dekart ochgan.
|
6-slayd
Impulsning saqlanish qonuni tabiatda va texnikada keng qo`llaniladi.
Masalan: qirg'oq yaqinida turgan qayiqdan bola qirg'oqqa sakrasa, qayiq teskari
yo'nalishda impuls olib, orqa tomonga harakatlanadi. Shuningdek, kater matrosi ham uning bir quyrug'idan ikkinchi quyrug'iga qarab yugursa, tinch turgan kater qarama-qarshi yo'nalishda harakatga keladi miltiq va stvoldagi o`q, raketa qobig`i va undagi yoqilg`i, Quyosh va Sayyoralar.
|
IV. Mavzuni mustahkamlash ( 8 minut)
1 Yopiq sistema nima?
2. Quyosh sistemasini yopiq sistema deb olsa bo`ladimi?
3. Massalari va tezliklari bir xil bo`lib, to`g`ri chiziq bo`ylab qarama-qarshi yo`nalishda harakat qilayotgan jismlarning to`qnashishidan oldingi va keyingi impulslari yig`indisi nimaga teng.
4.Impulsning saqlanish qonunini tushuntiring.
V. O`quvchilarni rag`batlantirish va baholash (2 minut)
Dars yakunida guruh o`quvchilari to`plagan ballar sanaladi, g`olib guruh aniqlanadi va rag`batlantiriladi. Guruhlarga darsdagi ishtirokiga qarab ”Eng zukko guruh”, ”Eng faol guruh”, ”Eng chaqqon guruh” nominasiyalari o`z egalariga topshiriladi.
VI. Uyga vazifa (1 minut)
1. Tezligi 2 m/s bo'lgan qayiqdagi odam massasi 5 kg bo'lgan toshni, qayiqning harakat yo'nalishida 8 m/s tezlik bilan otadi. Agar qayiqning massasi odami bilan birgalikda 200 kg bo'lsa, qayiqning keyingi tezligini toping.
2. Impulsning saqlanish qonuni qo 'llanilgan misollarni o’ylab toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |