Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 14,3 Mb.
bet69/262
Sana27.12.2021
Hajmi14,3 Mb.
#123967
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   262
Bog'liq
2 5305518344210744334

Tayanch iboralar.

Mexanik, kimyoviy, biologik, fizik, gomogenik, termik va boshqalar.


Sanoat va qishloq xo‘jalik korxonalari, inson va hayvonlarning suyuq ahlati, hammom, kir yuvish korxonasi, Shuningdek tomlardan oqib tushgan, hovlilardan, maydon va ko‘chalardan oqib keladigan iflos suvlarga oqova suvlari deyiladi. Oqova suvlari kelib chiqishiga qarab ularda mineral, kimyoviy va organik moddalar bo‘ladi. Ular oson chirimaydi va sasiydi, natijada sassiq hidli gazlar hosil bo‘lib havoni ifloslantiradi.

Sanitariya-epidemiologik va epizootologik tomondan eng iflosi xo‘jalik axlatlari va go‘ng suyuqliklari hisoblanadi. Uning bir litrida 80 -150 mg va undan ko‘p ammiak, 1000 mg gacha xloridlar, 1 millilitrda bir necha millionlab mikroorganizmlar bo‘ladi. Bunday suvlarda doimo patogen mikroblar va gijjalarning tuxumi bo‘ladi.

Sanoat korxonalaridan chiqadigan oqova suvlarda ko‘pincha zaharli moddalar bo‘ladi. Bu suvlarda fenol, sianid, mishyak, mis, qo‘rg‘oshin, simob, kadmiy, ftor, xrom, nitro birikmalar va boshqa kimyoviy moddalar bo‘lib, ular odam va hayvonlarni zaharlashi mumkin. Go‘sht kombinati, kushxona va so‘yish punkti, teri va junni qayta ishlash korxonalari, chiqindi zavodlari, biokombinat va qator veterinariya davolash punktlari, Chorvachilik binolarining oqova suvlarida, suyuq go‘nglarida yuqumli va invazion kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilar ko‘p bo‘ladi.

Tozalanmagan va zararsizlantirilmagan oqova suvlar erkin holida oqib kelib tabiiy suv havzalarini ifloslantiradi va ulardan foydalanishni murakkablashtiradi. Masalan, xo‘jalikdan chiqqan ahlat aralash suvlar yoki maishiy oqova suvlari tabiiy suvlarning fizik va kimyoviy xossalarini o‘zgartiradi. Loyqalar tagiga cho‘kib, qayta ifloslanishga sharoit tug‘iladi. Organik moddalar va cho‘kmalar chirishi tufayli, ko‘p miqdorda erigan kislorodni talab qiladi. Kislorod asta-sekin kamayishidan suv va suv havzalari sasiydi. Oqova suvlari bilan suv havzalariga ichak mikroorganizm lari, yuqumli kasalliklarni quzg‘atuvchilar va gelmintlarning tuxumi tushadi. Chorvachilik fermalari, veterinariya-sanitariya jihozlari, go‘sht kombinatlari, jun-teri, chiqindi va boshqa zavodlarning oqova suvlarida organik moddalar ko‘p bo‘ladi. Sanoat korxonalaridan chiqqan oqova suvlari suvning neytral muhitini kislotali yoki ishqoriyga o‘tkazadi yoki boshqa rangga kirgizib har xil ta’m va hidga ega qiladi. Suvga yog‘, moy, neft aralashmalari tushsa, suvning yuzida parda hosil qilib havodan kislorodni o‘tishiga halaqit beradi.

Suv havzalariga oqova suvlariing ta’siri uni ifloslanish darajasiga va suv havzalarini xususiyatiga (oqadigan, oqmaydigan, oqish tezligi) bog‘liq bo‘ladi. Suv havzalari oqova suvlarni tozalash inshooati rolini bajaradi. Demak oqova suvlar suv havzalariga qo‘shilgunga qadar ularni tozalash va zararsizlantirish zarur.

Oqova suvlarni tozalash va zararsizlantirish ishlari meditsina hamda veterinariya-sanitariya vrachlari vazifasiga kiradi. Oqova suvlarni tozalash vazifasiga - uning fizik xossalari va kimyoviy tarkibini yaxshilash, zararsizlantirish, ya’ni mavjud patogen mikrorganizmlarni butunlay yo‘qotish kiradi. Suv havzalariga quyiladigai oqova suvlariga qator sanitariya talablarini qo‘yish zarur. Ulardan chirigan va boshqa qo‘shimcha hidlar chiqmasligi, hayvon, o‘simlik yog‘i, zaharli va zararli moddalar bo‘lmasligi kerak.




Download 14,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish