Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 14,3 Mb.
bet67/262
Sana27.12.2021
Hajmi14,3 Mb.
#123967
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   262
Bog'liq
2 5305518344210744334

Tayanch iboralar.

Dezinfeksiya, nosog’lom hudud, DYuS, DyuP, OKEBM, tranzit, veterinariya guvohnomasi, sertifikat, Yuklash – tushurish maydonlari, tashish.


Temiryo’l, suv, avtomobil va havo transporti orqali qishloq xo’jalik, zoopark hayvonlari, go’sht, sut, baliq, shuningdek chorvachilikga mansub hom ashyolar, nafaqat o’zimizning mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, balki chetdan keltirilayotgan chorva yuklari ham tashiladi.

Bunda veterinariya xizmatini ko’rsatish, vaveterinariya- sanitariya nazoratini amalga oshirish, davolash ishlari veterinariya xizmztlari zimmasida bo’ladi. Shu sababli transportda davlat veterinariya xizmztining tegishli strukturaviy bo’limlari tashkil etilgan, hamda zarur tehnik va sanitariya jihozlari bilan ta’minlangan.

Veterinariya xizmatining vazifasi transport vositalarining va unda tashilayotgan hayvonlar, parrandalar, go’shti va chorvachilikga mansub hom ashyolarning veterinariya – sanitariya jihatidan sog’lomligini ta’minlash hisoblanadi. Veterinariya xizmati hayvonlar ustidan butun yo’l davomida regulyar va doimiy kuzatishni yo’lga qo’yib, hayvonlar o’rtasida kasalik kelib chiqishi va o’lim yuz berishini oldini oladi, aholini odam va hayvonlar uchun umumiy bo’lgan yuqumli kasaliklardan himoya qilishni ta’minlash uchun sharoyit yaratadi.

Transportda tashish uchun faqat sog’lom hayvonlar, kasalliklar bo’yicha sog’lom bo’lgan hududdan yuklanishi va ta’shilishi mumkun. Shu partiyadagi hayvonlarga veterinariya guvohnomasi mahalliy veterinariya vrachi tomonidan to’ldirilib, unda hayvonlar soni, ularning sog’lomligi, hududning yuqumli kasaliklardan holi ekanligi, shuningdek, hayvonlarda o’tkazilgan diagnostik tekshirishlar va ularning natijalari hamda berilgan ishlovlar va ularning o’tkazilgan muddatlari ko’rsatiladi.

Hayvonlarni jo’natish uchun transportga yuklashdan oldin termometriyadan o’tkaziladi. Agarda hayvonlarda kasallik belgilari kuzatilmasa va tana harorati normada bo’lsa hayvonlarni transportga yuklashga ruxsat etiladi. Butun yo’l davomida hayvonlarga qarash qoidalariga qat’iy rioya qilinadi. Begona shaxslar aralashishiga yo’l qo’yilmaydi.

Hayvonlar manzilga yetib kelgach chegara va transportda davlat veterinariya nazorati punktining vakili hujjatlar bilan tanishadi, vagonlar, kema, avtotransportlar maxsus moslashtirilgan tushurish stansiyasi yoki maydoniga olib boriladi va hayvonlarni jarohatlanishlarsiz tushirib olishga e’tibor qaratiladi.

Temir yo’l, samolet, kema va avtotransportlarda hayvonlarni tashilishida har bir transport turning o’ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi. Masalan: Samolyotda hayvonlar tashish uchun maxsus turdagi qafaslar bilan jihozlanadi oziqlantirishi uchun uskuna va to’shama materiallar bilan ta’minlanadi.

Shikastlanishlarni oldini olish maqsadida samoletni poliga maxsus brezent to’shaladi va uning ustiga qipiq yoki boshqa nam o’tkazmaydigan materiallar qalin qilib to’shaladi.

Xo’jalik va veterinariya nuqtai nazaridan yuqumli kasalliklar bilan kasallangan hayvonlarni ham tashishga ruxsat etilishi mumkin. Bunda yo’l marshrutlari hududiy davlat veterinariya xizmati bosh vrachlari tomonidan belgilanadi.

Chorvachilikka mansub texnik xom ashyolar: teri va mo’yna, yuvilgan va yuvilmagan jun, soch, tivit, parranda pati va pari, qil (chetina) suyak, shox, tuyoq, mezdri, teri bo’laklari, go’sht – suyak uni va boshqalarni veterinariya qoiydalariga asosan tashishga ruxsat etiladi.

Xom ashyolarni, uning sog’lomligini (sanitariya jihatidan yaroqli ekanligini) tasdiqlovchi hujjat veterinariya guvohnomasi bo’lgandagina tashishga ruxsat etiladi. Shu bilan birgalikda yo’l qog’ozi (nakladnoy) dublikati va spetsifikatsiya qog’ozlari bo’lishi shart. Bu hujjatlar barchasi butun yo’l davomida veterinariya xizmati xodimi birinchi talab qilgandayoq ko’rsatilishi majburiy.

Teri xom ashyolari aholidan yoki korxona va tashkilotlardan yig’ib olingan bo’lsa transportga yuklatilishidan oldin albatta prisipitatsiya reaksiyasida kuydirgi kasalligiga tekshirishni va faqat manfiy natija olingan tag’dirdagina tashilishga ruxsat etilishi mumkin. Shuningdek bug’u, kiyik, yovvoyi echki va enotsimon itlar terisi ham kuydirgi kasalligiga tekshiriladi.

Texnik xom ashyolarni oziq – ovqat, don va uy buyumlari bilan barcha tashishga yo’l qo’yilmaydi. Jo’natishdan oldin xom ashyolar tegishli taralarga joylanadi. Teri va mo’ynalar arqon bilan bo’g’lanib pachka xolida, jun, qil sochlar maxsus matolarga joylanib tikilgan holda, tuzlangan ichaklar bochkalarga, quruqlari zich qutilarga, shox, tuyoq va suyaklar uyum holida yoki qutilarda tashiladi.

Go’sht va go’sht mahsulotlari xom va qayta ishlangan holda tashilib, jo’natishdan oldin albatta veterinariya – sanitariya nazorati (ko’rigi) dan o’tadi. Katta hayvonlar go’shti -80C da, parranda va quyonlar -60C da muzlatilgan holda yoki 4-120C ga sovutilgan holda tashiladi.

Transport vositalarini veterinariya – sanitariya baholash.

Hayvonlarni va chorvachilik xom ashyosi va go’shtni tushirilgandan so’ng bo’shagan transport vositalari dezinfeksiyalsh uchun jo’natiladi. Ishlov berish turi obiyektning veterinariya – sanitariya holatidan kelib chiqib tanlanadi. Shu belgilariga qarab temir yo’l vagonlari va kemalar 3 kategoriyaga (toifaga) bo’linadi.

1-toifaga sog’lom hududdan olib kelingan sog’lom hayvonlar, go’sht va texnik xom ashyolar tashilgan vagon yoki kemalar kiradi.

2-toifaga keyingsh 3-toifadagi kasalliklardan boshqa kasalliklar bilan kasallangan yoki gumon qilingan hayvonlar tashilgan vagon va kemalar kiradi. Bu toifaga tashilgan hayvonlar orasida o’lim kuzatilgan yoki go’sht va xom ashyolar ko’rsatilgan kasalliklar qo’zg’atuvchilari bilan zararlangani aniqlangan transport vositalari ham kiradi.

3-toifaga kuydirgi, qorason, manqa, qoqshol (qotma) bradzot, epizootic limfangoit, ornitoz qo’zg’atuvchisi bilan zararlangan hayvonlar jasad va chorvachilik xom ashyolari, qushxonada taynorlangan teri xom ashyolari, kuydirgi kasalligiga tekshirilmagan suyak yoki import qilingan chorvachilik xom ashyosi tashilgan vagon va kemalar kiradi.

Temir yo’lda vagonlarni dezinfeksiyalash uchun dezinfeksiya yuvish punkti (DPP) va dezinfeksiya yuvish – stansiyalari (DPS) tashkil etilgan. Ikkalasining bir – biridan farqi DPS –da oqova sublarni tozalash inshoati mavjud. Shu sababli 3-toifa vagonlar shu joyda dezinfeksiya qilinadi.

1-toifa vagonlar ifloslanishlardan tozalanib qaynoq suv bilan yaxshilab yuviladi.

2-toifa vagonlar yaxshilab tozalangach va yuvilgach xlorli ohak, formaldegid yoki qaynoq o’yuvchi natriy eritmalari bilan dezinfeksiya qilinadi.

3-toifa vagonlar avval vagonga kirishdan oldin uning devorining ichki yuzasi dezinfeksiya vositalaridan biri bilan ishlov beriladi. So’ngra vagonlarni maxsus tayyorlangan xodimlar tomonidan mexanik tozalash o’tkaziladi. Shundan so’ng kasallikka qarshi instruksiyaga muvofiq tavsiya etilgan zararsizlantirish vositasi bilan dezinfeksiya o’tkaziladi.

Vagon refrijiratorlarni zararsizlantirish - tez buziladigan mahsulotlarni tashishda mexanik sovutkichli yakkalik vagon refrijiratorlar ishlatiladi. Vagon refrijiratorlarni zararsizlantirishda vagonlar avval tozalanadi, kuchli oqim bilan issiq suv bilan yuviladi va so’ngra dezinfeksiya qilinadi.

Kemalarni zararsizlantirish ularning toifalariga qarab o’tkaziladi. Kemadagi ifloslanishlarni va yuvilgan suvni suv havzalariga to’kish ta’qiqlanadi. Dengiz sharoitida qirg’oqdan 78 km uzoqlikda havzaga to’kish mumkin. Ichki havzalarda har qanday holatda ifloslanishlarni suvga tashlash ma’n qilinadi.

Avtotransportlarni dezinfeksiyalshda mashina balonlari dezinfeksion to’siqda, kuzov esa mexanik tozalangandan so’ng tegishli kasallikning qo’zg’atuvchilarini yo’q qilish xususiyatga ega bo’lgan dezinfeksion eritmalar bilan ishlov beriladi.

Samolyotlar dezinfeksiyasi unda yuqumli kasalliklarga nosog’lom xududdan kasal hayvonlar, hayvonot xom ashyolari olib kelingandan so’ng o’tkaziladi. Shuningdek, samoletlar parazitlar bilan zararlangan hayvon yoki hayvonotga mansub xom ashyolar tashilganda ham dezinfeksiya qilinadi. Har ikki holatda ham ayerosol holidagi metil bromid va formaldegid eritmalari ishlatilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.

Buning uchun samolyot alohida boshqa samolyotlar turgan joydan kamida 100 m masofada ajratilgan maydonga olib kelinib dezinfeksiya o’tkaziladi. Yuklash va tushurish maydonlari har bir operatsiyadan so’ng yaxshilab tozalanadi, agarda yuqumli kasalliklar holatlari qayd etilgan bo’lsa, unda dezinfeksiya o’tkaziladi.



Download 14,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish