Samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 14,3 Mb.
bet72/262
Sana27.12.2021
Hajmi14,3 Mb.
#123967
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   262
Bog'liq
2 5305518344210744334

Suyuq go‘ngni biologik tozalash - xo‘jaliklarning er maydoni va sug‘orish uchun suv kam bo‘lsa, kanalizatsiya inshoatiga go‘ng suyuqliklarini oqizishga ruxsat etiladi. Bunda tozalash aerotenklarda bajariladi. Aerotenklarni loyihalashda mexanik va pnevmomexanik aeratorlardan foydalanish tavsiya etiladi. Yillik havoning o‘rtacha harorati +0°S dan yuqori bo‘lgan iqlim hududlarida biologik tozalanadigan go‘ng suyuqliklari va oqova suvlar tozalanganga qadar biologik suv havzalarida, hovuzlarda saqlanishi mumkin. Suv havzalarida cho‘kmani yig‘adigan joylar qilinadi. Bunda organik moddalar aerob va anaerob sharoitda parchalanib, suyuqlik tozalanadi. Anaerob sharoitda go‘ng suyuqligi qisman tozalanib, aerob sharoitda esa oxirigacha tozalanadi. Biologik aerob suv havzalari doimo oqova suvlari bilan to‘ldirib boriladi. Bunday sharoitda gelmintlarni tuxumi butunlay nobud bo‘ladi.

Ko‘p bosqichli suv havzalarida suyuqlik ketma-ket biridan ikkinchisiga quyilib boradi. Agar baliq o‘stirish rejalashtirilgan bo‘lsa ketma-ket hovuzlar kamida 4 ta va doimo to‘ldirish uchun toza suv bo‘lishi zarur. Kunning issiq paytlarida suyuq go‘ngni baliqchilik sohasidagi - biologik hovuzlarda ishlatish mumkin.

4 bosqichli suv havzalari eng samarali hisoblanib, bunda yig‘uvchi hovuz, suv o‘tlari o‘sadigan hovuz, qisqichbaqasimon hayvonlar yashaydigan hovuz va baliqlar saqlanadigan hovuzlar bo‘ladi. Ikkinchi va uchinchi hovuzlarning chuqurligi 0,6 - 0,8 m va baliq saqlanadigan hovuz esa 1,2 - 1,5 m bo‘ladi.

Go‘ng suyuqliklarini zararsizlantirishda kasallik qo‘zg‘atuvchilarini yo‘qotish, go‘ngning zararligini kamaytirish va har xil yoqimsiz hidlarni yo‘qotish tuShuniladi.

Suyuq go‘nglarni zararsizlantirishda mexanik, fizik, kimyoviy, biologik va aralash usullardan foydalaniladi. Suyuq go‘nglarni zararsizlantirish va degelmingizatsiya qilishda uzoq vaqt saqlaydigan joylarda tabiiy biologik yo‘l bilan ochiq yoki yopiq holda tutib turiladi. Bu erda qoramollarni suyuq go‘nglari 6- 8 oy, cho‘chqalarniki esa 12 - 14 oy saqlanadi. Bundan keyin suyuq qismi sug‘orish uchun chiqariladi, quyuq cho‘kmasi esa yig‘ilib, keyin o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Shuni esdan chiqarmaslik zarurki, suyuq go‘ngni biologik yo‘l bilan zararsizlantirishda spora hosil qiluvchi mikroblar bo‘lsa va havoning harorati past bo‘ladigan joylarda bo‘lmaydi.

YUqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari va gelmintlarni tuxumi bo‘lgan go‘ng suyuqliklari termik yo‘l bilan zararsizlaptiriladi. Suyuq go‘nglarni kimyoviy zararsizlantirishda formaldegid, paraform, tiazon va boshqalar keng qo‘llaniladi. Masalan, go‘ngda salmonellyoz va kolibakterioz qo‘zgatuvchilari bo‘lib, formaldegid ishlatilsa 0,04 - 0,16% ishqordagi go‘ng suyuqligiga aralashtirilib 24 soat saqlanadi, keyin qolgan go‘ng suyuqligiga qo‘shilib 3 soat davomida vaqt-vaqti bilan aralashtirilib turiladi; oqsil va Aueski qo‘zgatuvchilari bo‘lsa 0,3% hajmidagi go‘ngga aralashtirib 72 soat saqlanadi va 6 soat davomida gomogenizatsiya qilinadi.

Tuproq va suv havzalarini yuqumli va invazion kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari bilan ifloslanmasligi uchun go‘ng suyuqliklarini zararsizlantirishda qator tadbir-choralar utkazish zarur: a) suyuq go‘ngni yopiq sig‘imli idishlarda tashilib, yaylov davri tugagandan so‘ng dalaga chiqariladi yoki yaylov davri boshlanishdan 3 oy oldin chiqariladi; b) go‘ngni dalaga chiqarilishi haqida veterinariya xizmatchilarini ogohlantirish; v) go‘ng bilan o‘g‘itlangan erlardan o‘rilgan o‘tlarni silos qilish maksadga muvofiq; g) suyuq go‘nglarni ma’lum davr davomida saqlash sharoiti bo‘lishi, ya’ni yuqumli kasallik tarqatuvchi mikroblarni inkubatsiya davri o‘tishini ta’minlash; d) epizootiya va enzootiya davrida go‘ngni ishlatishni ma’n etish va uzoq vaqt davomida go‘ng sharbatxonasi, go‘ngxonalarda saqlash kerak.

Go‘ng va uning suyuqliklaridan chiqqan yoqimsiz hidlarni yo‘qotish uchun aerotenk va metantenklardan foydalanish kerak. SHvetsiyada buning uchun 14 kg/m3 hisobida ammoniy sulfat qo‘shiladi, hosil bo‘lgan azot va vodorod sulfatni neytrallaydi. Finlyandiyada esa temir sulfat, kalsiy bisulfat va gidrokaliyli metansulfatlar ishlatiladi.

Chorvachilik fermalarida suyuq go‘nglar gomogenizatsiya, oksidlanish, issiqlik ta’sirida va boshqa usullar yordamida zararsizlantiriladi. Gomogenizatsiya usulida go‘ng suyuqliklari katta sig‘imli joylarga oqib keladi, yaxshilab mexanik yoki gidravlik (suv yordamida) usulda bir xil massaga ega bo‘lguncha aralashtiriladi. Bu massa dalaga chiqariladi yoki navbatdagi dalaga yaqin erlarda qurilgan chuqurga oqiziladi. Bunda zararsizlantirish tuproqda bo‘ladi. Saprofit mikroorganizmlar siquvida patogen mikroblarni rivojlanishi susayadi, gelmintlarning tuxumi harorat va quyosh nurining ta’sirida nobud bo‘ladi. Gomogenizatsiya usulida zararsizlantirishda iloji boricha dezinfeksiya qiladigan moddalarni kamroq ishlatish maqsadga muvofiq.

Go‘ng suyuqliklarini issiq yo‘l bilan qayta ishlash eng ishonchli zararsizlantirish hisoblanadi. Chorvachilik fermalari yaqinida suv havzalarida baliqchilikni rivojlantirish yordamida go‘ng suyuqliklarini zararsizlantirish iqtisodiy tomondan foydalidir. Gomogenizatsiya qilingan yoki suyuq qismi ajratilgan go‘ng suyuqliklari biologik aerob suv havzalariga tushadi va suv o‘tlari (xlorella) ta’sirida mikroorganizmlar va gelmintlar kurtaklari nobud bo‘ladi. Biologik suv havzalarida zoorejaktonlar rivojlanadi, bu esa baliqlar uchun oziqa hisoblanadi.

Keyingi yillarda yirik qoramolchilik va parrandachilik fermalarida suyuq go‘nglar biologik yo‘l bilan (suyuq go‘nglarni uzoq vaqt saqlash yo‘li bilan) zararsizlantirilmoqda.
Nazorat savollari:

1. Oqova suvlarni tozalash usullarini ayting?

2. Mexanik tozalashni tushintiring?

3. Go‘ngni zararsizlantirishni ayting?

4. Oqova suvlarni zararsizlantirishni tushintiring?


Download 14,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish