Reja: 1. Go’sht kombinatlari, qushxona va so’yish maydonchalaring veterinariya sanitariyasi. 2. Parranda go’shtini qayta ishlash korxonalarida dezinfeksiya o’tkazish. 3. Muzlatkichlarda mog’or zamburug’lariga qarshi kurash. Mavzu:Go’sht kombinatlari qushxona va so’yish maydonchalarining veterenariya sanitaryasi Go’shtni va parranda go’shtini qayta ishlash korxonalarida veterinariya – sanitariya talablariga amal qilinishi yuqori sanitariya sifatiga ega bo’lgan go’sht va boshqa qayta ishlash mahsulotlari olishga qaratilgan eng muhim chora – tadbirlardan biridir. Bunga go’shtni qayta ishlash korxonasini qurilishi uchun tegishli hududni tanlanishi, sanitariya normalariga jabob beradigan bino va inshoatlarni loyihalashtirish, ularni uchastka hududida ratsional joylashuvi, ishlab chiqarish uchun etarlicha sifatli suv miqdori, go’shtni so’yish va qayta ishlash jarayonlarida progressiv texnologiya va mexanizmlar bilan jihozlanishi orqali ta’minlanadi. - Go’shtni va parranda go’shtini qayta ishlash korxonalarida veterinariya – sanitariya talablariga amal qilinishi yuqori sanitariya sifatiga ega bo’lgan go’sht va boshqa qayta ishlash mahsulotlari olishga qaratilgan eng muhim chora – tadbirlardan biridir. Bunga go’shtni qayta ishlash korxonasini qurilishi uchun tegishli hududni tanlanishi, sanitariya normalariga jabob beradigan bino va inshoatlarni loyihalashtirish, ularni uchastka hududida ratsional joylashuvi, ishlab chiqarish uchun etarlicha sifatli suv miqdori, go’shtni so’yish va qayta ishlash jarayonlarida progressiv texnologiya va mexanizmlar bilan jihozlanishi orqali ta’minlanadi.
Go’shtni qayta ishlash korxonalariga go’sht kombinatlari va kushxonalar (so’yish maydonchalari) kiradi. - Go’sht kombinati – bu sanoat korxonalari kompleksi bo’lib, uning vazifalariga: molni so’yish, undan go’sht, oziq – ovqat va texnik maqsadlar uchun xom ashyo, hayvonlar uchun ozuqa, tibbyot preparatlari, boshqa ishlab chiqarish mahsulotlarini qayta ishlash kiradi.
- Go’sht kombinatining inshoatlari kompleksiga: so’yishdan oldin hayvonlarni saqlash joyi, birlamchi qayta ishlash (so’yish va nimtalash), sovutkich, kolbasa ishlab chiqish sexi, sub mahsulotlar, yog’larni ajratish, ichak, terini, oshlash, texnik fabrikatlarni saqlash joyi va boshqa ishlab chiqarish xonalari kiradi va ularning har birida alohida veterinariya – sanitariya tadbirlari o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |