Harbiy xarakterdagi FVga:
Tuman (region) infrastrukturasini buzilishi.
Iqtisod obyektlarini (sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish) buzilishi.
Odamlarni ommaviy halok bo’lishi.
Favqulodda vaziyatlar oqibatini bartaraf etishdagi kechiktirib bo’lmaydigan ishlar Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun FMni umumiy vazifalarini bajaruvchi, va xizmat tuzilmalari safarbar qilinadi. Ba’zi holatlarda yuqoridagi tuzilmalar bilan birga qurolli kuchlarni harbiy qismlari ham jalb etiladi. Ularning asosiy vazifasi - odamlarni va material boyliklarni qutqarishdir.
Ushbu tuzilmalarni harakatini muvaffaqiyati ko’p jihatdan o’z vaqtida tashkil etilgan va o’tkazilgan kuzatuv va holatni aniq shartlarini hisobga olishga bog’liq. Kuzatuvni kuzatuv guruhlari va zvenolari olib boradi.
Qutqaruv va shoshilinch avariya-tiklash ishlari (QShATI):
zilzilada: birinchi navbatda bosishlar tagidan, yarim buzilgan va yonayotgan binolardan odamlar olib chiqiladi, tibbiy yordam ko’rsatiladi (rasm-3.2); o’tish joylaridagi bosishlar yuqotiladi; injener tuzilmalaridagi avariyalar to’xtatiladi; avariya holatidagi bino va inshootlar konstruksiyasi mustahkalanadi; talofat ko’rganlarni yig’ish punkti va medisina punktlari tuziladi; suv ta’minoti tashkil qilinadi.
Favqulodda vaziyatlarda aholini va hududlarni muhofaza qilish jarayoni rasm-3.3 da keltirilgan.
suv bosishida: qutqaruv ishlari, suv bosgan joylarda odamlarni topish, ularni suzish vositalariga joylatirish va xavfsiz joylarga evakuasiya qilishga qaratilgan.
sel oqimlari va surilishlarda: sel boshlanishi bilan selga qarshi xizmat aholini va tuzilmalarni ogohlantiradi. Tuzilmalar to’planadi va avariya-texnik guruhlar odamlarni qutqaradi va ularni xavfsiz joylarga evakuasiya qiladi yo’llarni ochadi va gidrotexnik inshootlarini tiklaydi. Surilishlarda ham birinchi navbatda halokatga uchragan odamlar axtariladi, bosishlar ostidan olib chiqiladi va birlamchi medisina yordami ko’rsatiladi. Avariya-texnika guruhlari bosishlar orqali yo’l ochadi, yong’inlarni yuqotishadi. Injener xizmati tuzilmalari ko’chki oqibatlarni bartaraf etishadi.
Rasm-3.2. Shikastlanganlarni tashish usullari.
katta avariya va katastrofalarda ishlar qisqa muddatlarda bajrilishi kerak: bino va podval bosishlari ostidagi odamlarni qutqarish, tibbiy yordam ko’rsatish; odamlarni halok bo’lishi va material boyliklarni yo’qotilishi bilan bog’liq boshqa katastrofa oqibatlarini bartaraf etish.
Yong’in paytida qutqaruv ishlarini asosiy vazifasi odamlarni qutqarish. Yong’in tarqalishi mumkin bo’lgan zonalardan odamlar va material boyliklar evakuasiya qilinadi. Yonayotgan hudud, bino va inshootlarda qolgan odamlar axtariladi. Axtarish ishlari ikki kishi tomonidan (bittasi axtaradi, ikkinchisi ip yordamida xavfsiz joyda turib sug’urta qiladi). Kuchli tutun sharoitida ishlar protivogaz yordamida olib boriladi.
Aholi va hud muhofaza qi tadbirlarni ish asoslashni ta
udlarni FVda
lish bo’yicha lab chiqish va shkillashtirish
Aholi va hududlarni FVda muhofaza qilish bo’yicha tadbirlarni bajarishni tashkillashtirish
Bajaruvchilar
1 . Qonunchilik va ijrochi ma’muriy organlar.
FVni muvofiqlashtiruvchiboshqaruv organlari.
Davlat xavfsizligisohasidagi vazirliklari idoralar va tashkilotlar.
ash met
Ijrochi ma’muriyat va barcha darajadagi FV boshљarish
rahbariyati va organlari
Ishl
odlari
Matematik modellashtirish, prognozlash, statistik metodlar
FVda aholi va hududlarni muhofaza etish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish
Rasm-3.3. Aholi va hududlarni FVda muhofaza etishni tashkillashtirish sxemasi.