§ 3. FAVQULODDA VAZIYATLARDA FUQARO MUHOFAZASI
Tabiiy favqulodda vaziyatlarni kelib chiqishi sabablari, tarqalishi va falokatli oqibatlari
Tabiiy xarakterdagi FVga:
Geofizikaviy xavfli hodisalar: zilzila; vulqonlarni otilishi; geopatogen zonalarni ta’siri.
Geologik xavfli hodisalar (ekzogenli xavfli hodisalar): surilmalar; sellar; o’pirilish, qulash; qor ko’chkilari; qiyali yuvilish; o’rmon jinslarini cho’kishi; yer yuzasini cho’kishi; abrazitya, eroziya; chang bo’ronlari.
Meterologik va agrometerologik xavfli hodisalar: bo’ron (9-11 ball); dovul (12-15 ball); tornado (quyun); qasirg’a (qattiq shamol); vertikal quyun; katta do’l; kuchli qor yog’ishi; kuchli sirpanchiq; kuchli ayoz; kuchli izg’irin; kuchli issiqlik; kuchli tuman; qurg’oqchilik; garmsel; ertalabki sovuq.
Dengizdagi gidrologik xavfli hodisalar: tropik siklon; sunami; kuchli to’lqin (5 ball va yuqori); dengiz sathini kuchli o’zgarishi; portlardagi kuchli vaqtli muz qatlami; tuzlarni ko’chishi; qiyin o’tiladigan muzlik.
Gidrologik xavfli hodisalar: suv sathini yuqoriligi; suv sathini pastligi; suv xavzasi va daryoda muz qatlamini hosil bo’lishi; sizot suvlarini yuqori sathi.
Tabiiy yong’inlar: o’rmon yong’inlari; g’alla yong’inlari; torf yong’inlari; yonuvchi quzilmalarni yer osti yong’ini.
Kosmik va Quyosh-kosmik xavfli hodisalar: meteoritlar tushishi; yerni katta kosmik tuzilmalar (asteroid, kometa va boshqalar) bilan to’qnashishi; Quyosh aktivligini o’zgarishi.
Xavfli geologik favqulodda vaziyatlar. Vazirlar Mahkamasining 455 qaroriga ko’ra qo’yidagilardan iborat: zilzila, surilma, tog’ o’pirilishi, yerni sathini cho’kishi. Yer yuzasida sodir bo’ladigan xavfli geologik hodisalar asosan yerning ichki kuchlari va tashqi tabiiy omillar ta’sirida bo’ladi. Bundan tashqari geologik muhitga insonning xo’jalik qurilish hamda harbiy holatlarda olib boriladigan harakatlari ham ta’sir etadi. Natijada ko’lami katta yoki kichik bo’lgan turli xildagi ofatlar vujudga keladi.
Zilzila tabiatga, jamiyatga va ekologik vaziyatga ko’p zarar yetkazuvchi dahshatli tabiiy hodisadir. Har yili yer yuzida turli kuchga ega bo’lgan yuz mingdan ortiq yer silkinishlari qayd etiladi. Mamlakatimiz joylashgan Markaziy Osiyo mintaqasida keyingi 100 yil ichida 30 ga yaqin kuchli yer silkinishlari qayd etilgan bo’lib, unda yuz minglab kishilar qurbon bo’lganligi, katta-katta shaharlar vayronaga aylanganligi ma’lum. 1948 yildagi Ashxabod (8-9 ball, 100 ming odam halok bo’lgan), Spitak zilzilasi (30 ming odam halok bo’ldi, 7 dekabr 1988 yil), 1906 yildagi SanFransiskoda (1906 yil, 700 aholi halok bo’lgan), Yaponiyaning Kobi shahridagi yer qimirlash (1995 yil, 5 ming odam halok bo’lgan) va Neftegorskdagi (1995 yil, 9,2 ball, 1841 fuqaro halok bo’lgan) zilzilalar oxirgi 10 yildagi kuchli zilzilalar hisoblanadi. Eng kuchli zilzila O’zbekistonda 1902 yilda 8-9 balli Andijonda bo’lgan, 1946 Namanganda, Toshkentda 1868 va 1966 yil (7-8 ball), Gazlida 8-10 ball zilzila bo’lib o’tgan.
Jadval-3.1 da yer yuzida yuz beradigan turli zilzilalarning yillik o’rtacha soni berilgan.
Yer yuzida keyingi 150 yil mobaynida bo’lib o’tgan talofatli zilzilalar ro’yxati jadval-3.2 da O’zbekistonda oxirgi 103 yildagisi jadval3.3 da berilgan.
Jadval-3.1
Zilzilalar
|
Magnituda
|
Zilzilalarning yillik o’rtacha soni
|
Dunyo miqyosidagi fojia
|
>8
|
1-2
|
Regional miqyosdagi talofatli
|
7-8
|
15-20
|
Lokal miqyosdagi kuchli
|
6-7
|
100-150
|
O’rtacha kuchdagi
|
5-6
|
750-1000
|
Joylardagi kuchsiz shikastlantiruvchi
|
4-5
|
5000-10000
|
Kuchsiz
|
3-4
|
40000-50000
|
O’ta kuchsiz, odamlar sezmaydigan
|
<3
|
3000000-3500000
|
Jadval-3.2 Yer kurrasida keyingi 150 yil mobaynida bo’lib o’tgan talofatli zilzilalar ro’yxati
t/r
|
Sana
|
Magnituda
|
Qurbonlar
|
Mamlakat
|
3> |
Do'stlaringiz bilan baham: |