Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Xizmatlar ko’rsatish, servis va uni tashkil etish» kafedrasi


Texnogen favqulodda vaziyatlarni sabablari, turlari va falokatli oqibatlari



Download 2,79 Mb.
bet21/50
Sana01.12.2022
Hajmi2,79 Mb.
#876687
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50
Bog'liq
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Texnogen favqulodda vaziyatlarni sabablari, turlari va falokatli oqibatlari
Texnogen xarakterli FVga:

  1. Radioaktiv chiqindilarni chiqarib yuborish (yoki chiqarish xavfi bilan) bo’ladigan avariyalar: atom stansiyalardagi, atom-energetik ishlab chiqarish va ilmiy izlanish qurilmalaridagi avariyalar; yadro-issiqlik sikli bor korxonalardagi avriyalar; yadroviy qurilmasi bor bo’lgan transport vositalari va kosmik apparatlardagi avariyalar; yadroviy portlash bilan bo’ladigan ishlab chiqarishda va sinovlardagi avariyalar; radioaktiv manb’alarning yo’qolishi va topilishi.

  2. Kimyoviy xavfli moddalarning chiqishi (chiqish xavfi) bilan bo’ladigan avariyalar: qayta ishlovi va saqlash, ishlab chiqarishdagi avariya; transportdagi avariya (zaharli kimyoviy moddalarning chiqib ketishi bilan); avariya natijasida zaharli kimyoviy moddalarning reaksiyaga kirishi; kimyoviy o’q-dorilardagi avariyalar; kimyoviy zaharli moddalarning yo’qolishi va topilishi.

  3. Biologik xavfli moddalar chiqishi bilan bo’ladigan avariyalar:

ishlab chiqarish va ilmiy tekshirish joylaridagi avariyalar; transportdagi avariya; biologik (bakteriologik) o’q-dorilar bilan bo’ladigan avariyalar; biologik xavfli moddalarning yo’qolishi yoki topilishi bilan bo’ladigan avariyalar.

  1. Transportli avariyalar (katastrofalar): tovar poyezdlarning avariyasi, izdan chiqib ketishi; passajir poyezdlari va metropolitendagi avariyalar; yuk kemalar avariyasi; passajir kemalar avariyasi; havo yo’llaridagi avariyalar; aeroportdagi va aholi punktlaridagi ovlasion katastrofalar; avtomobil yo’llaridagi avariyalar; ko’prik, tunellar va temir yo’l poyezdlaridagi avariyalar; magistral trubaprovodlardagi avariyalar.

  2. Atrof-muhitni elektromagnitli texnogenli manba’lar bilan ifloslash:

  3. Yong’inlar va portlashlar: kommunikasiyalar va sanoat obyektlarining texnologik jihozlaridagi yong’inlar (portlashlar); oson alangalanadigan yonuvchan va portlovchi moddalarni qazib oladigan, qayta ishlaydigan va saqlaydigan obyektlardagi yong’inlar (portlashlar); transportlardagi yong’inlar (portlashlar); tura rjoy, ijtimoiy va madaniyat bino va inshoatlardagi yong’inlar (portlashlar); shaxtalar, yer osti va tog’ qazilmalari, metropolitdagi yong’inlar (portlashlar); aholi yashaydigan hududlarda portlamagan o’q-dorilarni topilishi; portlovchi moddalarni (o’q-dorilarni) yo’qotilishi.

  4. Binolarni to’stadan qulab tushishi: transport kommunikasiyalari elementlarini qulab tushishi; ishlab chiqarish va inshoatlarni qulashi; tura rjoy ijtimoiy va madaniy bino va inshoatlarni qulashi.

  5. Elektroenergetika tarmoqlaridagi avariyalar: barcha iste’molchilarni elektrta’minotini uzoq vaqt uzilishiga olib keluvchi avtonom elektrostansiyalardagi avariyalar; asosiy iste’molchilarni yoki katta hududlarni elektrta’minoti uzoq vaqt uzilishiga olib keluvchi elektroenergetika tizimi (tarmoqlari)dagi avariyalar; jo’natuvchi elektrik kontakt tarmoqlarini ishdan chiqishi.

  6. Hayot ta’minotini kommunal tizimlaridagi avariyalar: ifloslantiruvchi moddalarni ommaviy chiqarilishiga olib keluvchi kanalizasiya tizimlaridagi avariyalar; aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimlaridagi avariyalar; yilni sovuq paytida issiqlik tarmoqlari (issiq suv bilan ta’minlash tizimi)dagi avariyalar; kommunal gaz quvurlaridagi avariyalar.

  7. Tozalash inshoatlaridagi avariyalar: ifloslantiruvchi moddalarni ommaviy chiqarilishiga olib keluvchi sanoat korxonalarini oqava suvlarni tozalash inshoatlaridagi avariyalar; ifloslantiruvchi moddalarni ommaviy chiqarilishiga olib keluvchi sanoat gazlarini tozalash inshoatlaridagi avariyalar.

  8. Gidrodinamik avariyalar: urib ketish to’lqini va katta suv bosishiga olib keluvchi to’g’onlarni buzilishi; urib ketuvchi suv toshqinini hosil bo’lishiga olib keluvchi to’g’onlarni buzilishi; katta hududlardagi hosildor tuproqni yuvib ketilishiga olib keluvchi to’g’onlarni buzilishi.

Aholini va hududlarni favqulodda vaztiyatlardan muhofaza qilish hamda xalq xo’jaligi obyektlarini barqaror faoliyat ko’rsatishi mamlakat xavfsizligini ta’minlashdagi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shu sababli obyektlarni texnogen turdagi favqulodda vaziyatlardan muhofazalash favqulodda vaziyatlar davlat tizimini asosiy vazifasidir.
Xalq xo’jaligi tarmoqlaridagi kimyo, gidrotexnik, energetika, transport va komunnal tizimlarda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan texnogen tusdagi favqulodda vazitlarni sabablari, turlari va halokatini oqibatlari haqida to’la tasavvurga ega bo’lish muhim hisoblanadi.
Gidrotexnik inshootdagi FV gidrotexnika inshootning tuzilishi (avariyasi) natijasida vujudga keladi. Bunda suv bosishi, odamlarni qurbon bo’lishi, sanoat va qishloq xo’jaligi obyektlarini ishdan chiqishi, suv bosgan zonadagi aholini hayotiy faoliyatini buzilishi ro’y beradi.
Respublikamizda gidrotexnik xavfli obyektlar (GXO) juda ko’p bo’lib, ular aholi va hudud xavf-xatar manbai hisoblanadi.
GXO - bu suv oqimi bo’ylab o’zidan oldingi va o’zidan keyingi suv sathlarida farq paydo qiluvchi inshoot yoki tabiiy hodisa yuqoridagi

byef to’g’on; pastki byef

Rasm-3.1. GXOning asosiy elementlari.
To’g’onlar: sun’iy (GESlar, suv tortgichlar, irrigasion tizimlar va boshqa tizimlar to’g’onlari), va tabiiy (tabiiy hodisalar: ko’chkilar, sellar, o’pirilishlar, zilzilalar natijasida paydo bo’ladi) bo’lishi mumkin.
GTI turlari:
1. Foydalanish xarakteri va maqsadiga ko’ra:

  • suv-energetika inshootlari;

  • suv ta’minoti inshootlari;

  • sug’orish inshootlari;

  • oqava chiqindi suvlar chiqarish inshootlari;

  • baliq xo’jaligi inshootlari; - sport inshootlari.

2. Funksional vazifasiga ko’ra:

  • GES va boshqa GTIning suv bug’ish inshootlari (to’g’onlar, ko’tarmalar);

  • suv oqish (suv o’tkazish) inshootlari: kanallar, tunnellar;

  • taribvaar, suv tashlamalar, osma quvurlar, shlyuzlar va hokazo;

  • tashlandiq suv inshootlari (ortiqcha suvni chiqarish uchun): o’zan inshootlari, qirg’oq inshootlar, yuza inshootlar, chuqur inshootlar va hokazo;

  • tartiblash (to’g’irlash) inshootlari-suv oqib ketishi sharoitini hamda daryolar o’zani va qirg’oqlarini muhofza qilish sharoitini yaxshilash uchun: ko’tarmalar, navlar, qirg’oq mahkamlagichlar va h.k.

  • baliq xo’jaligi inshootlari – baliq o’tkazish va baliq boqish uchun..

Markaziy Osiyoda qo’yidagi GTI lar mavjud: Qayroqum, Chordara, Toxtagul, Andijon, Tolimarjon, Nurek, Ragun, Karkidon.
O’zbekiston Respublikasida hozirgi paytda 18,9 mlrd 700 mln m3 suv sig’dira oladigan 53 suv omborlari, 150 tadan ortiq suv to’g’onlari, 28122 km uzunlikdagi magistarl kanallar mavjud.
GTI qo’yidagilar natijasida buzilishi mumkin:

  1. Havfli tabiat hodisalari-tabiiy ofatlar (zilzila ko’chki, yuvib ketish, jala va boshqalar);

  2. Uskunalarni tabiiy yeyilishi va eskirishi;

  3. Loyihalash va qurishdagi xatolar;

  4. Ishlatish qoidalarini buzilishi;

  5. Portlashlar (jangovar harakatlar, terroristik ishlar va boshqalar).

GTI dagi xarakterli falokatlar:

  1. To’g’on buzilgandagi toshqin - suvning bir qismini to’g’ondan o’tib ketishi;

  2. Suv bosishi - hududni asta-sekin suv ostida qolishi;

  3. Halokatli suv bosishi - to’g’on bug’ilib uni urib ketgan suv hududni shiddat bilan tez qoplab ketishi va toshqin sodir bo’lishi.

GTI dagi falokat oqibatlari:

  1. GTIni shikastlanish natijasida ozroq yoki uzoq vaqt o’z vazifasini bajarmasligi;

  2. Urib ketgan to’lqin odamlarga shikast yetkazishi va turli obyektlarni buzib yuborishi;

  3. Hududni suv bosib, mol-mulkka, yer, hosil, ekin, inshoot va boshqa infrastrukturalarga moddiy zarar yetkazish.

Transport energetika va kommunal tizimlaridagi falokatlar va halokatlar, ham O’zbekiston hududida bir necha minglab sodir etilmoqda. Tarnsport tizimidagi avariya va halokatlar natijasida portlash, yong’inlar sodir bo’lishi, aholi va yo’lovchilarni halok bo’lishi, sodir etilgan joylardagi aholi va hududlarni zarar ko’rishi kuzatiladi. Energetika tizimidagi avariyalar mas’uliyatli iste’molchilarni energiya ta’minotini izdan chiqaradi. Maishiy xizmat tarmoqlaridagi avariyalar insonlarni hayot faoliyatiga, sog’lig’iga zarar yetkazadi, atmosferani, yer ustini, suvlarni zaharlaydi.
Kimyoviy va radiasion xavfli obyektlardagi halokatlar deganda kuchli ta’sir etuvchi moddalarni atrof-muhitga tarqalishi, radioaktiv moddalardan foydalanish va saqlash tartiblariga rioya qilmaslik tufayli FV ro’y berishi tushuniladi. FV natijasida zaharli moddalar ta’sirida odamlar, hayvonlar, o’simliklar shikastlanadi.
Kimyoviy xavfli inshoot – xalq xo’jaligi korxonasi bo’lib, unda faoliyat ko’rsatish davrida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan halokat tufayli odamlarni zaharlanishi, atrof muhitga zaharli moddalarni tarqalishi kuzatiladi. Bu obyektlardagi halokatlarda : 1-portlash tufayli halokatda texnologik jarayon muhandislik qurilmalari ishdan chiqadi, natijada qisman yoki batamom mahsulot ishlab chiqarish to’xtab qoladi. Katta miqdorda moliyaviy yordam tiklashga talab qilinadi; 2-halokat natijasida asosiy yoki yordamchi uskunalar ishdan chiqadi va ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun ma’lum miqdorda yordam kerak bo’ladi.
Radiasiyaviy xavfli inshoot - bu muassasa bo’lib, unda sodir bo’lgan halokat tufayli ommaviy radiasion zararlanish vujudga keladi. Bu halokatlar 3 turga bo’linadi: bir joyda (bunda radioaktiv moddalar inshootdagi uskunalar chegarasida bo’ladi); mahalliy (bunda radioaktiv moddalar sanitar-himoya hududga tarqaladi va zarari yuqori bo’ladi); umumiy (halokat katta hududga tarqaladi va odamlarga nurlanishga olib keladi).
Kimyoviy xavfli moddalar – xlor qo’llansa hidli sarg’ish – yashil gaz, 2,5 marotiba havodan og’ir, 0,03 mg/m3 – mumkin bo’lgan konsentrasiya, 2500 mg/m3 – esa o’limga olib keladi; ammiak – o’tkir hidli rangsiz gaz. Mumkin bo’lgan miqdor 0,04 mg/m3, 2500-2700 mg/m3 konsentrasiya o’limga olib keladi.
O’zFA Yadro fizikasi instituti va yadro chiqindilari saqlanadigan joylar radioaktiv xavfli inshootlar hisoblanadi.
Kimyoviy xavfli inshootlardagi halokat sabablari: uskuna-jihozlarni eskirishi, nosozligi, moddalar bilan ishlash, saqlash xavfsizlik qoidalarini buzilishi, mahsulot ishlab chiqarish va saqlashdagi xatoliklar, portlash, yong’in sodir bo’lishi, halokatlar tufayli, korxonada mehnat intizomi past, yetarli emasligi.
Texnogen favqulodda vaziyatlar qo’yidagi obyektlarda ro’y berishi mumkin:

  1. gidrotexnik obyektlarda (GES va GTI ni suv bo’g’ish inshootlari: to’g’on, ko’tarma); kanallar, tunellar, suv tashlamalar; osma quvurlar, shlyuzlar va boshqalar; tashlandiq suv inshootlari, o’zan, qirg’oq inshootlari;

  2. Yong’in chiqishi xavfi bo’lgan obyektlar: davlat tashkilotlari, fuqarolarning yashash joylari;

  3. Transport, havo, temiryo’l, avtotransport, energetika (GES, TES), va kommunal (gaz tarmoqlari, suv saqlagichlar, suv tarmoqlari, kanalizasiyalar va gaz tozalash, biologik tozalash va boshqalar) tizimlar.

Kommunal xo’jalik vazirligi inshootlari (suvni tozalash) va boshqalar);

  1. kimyoviy va radiasion xavfli obyektlar («o’zbekkimyosanoat» uyushmasiga qarashli korxonalar, Toshkent lak-buyoq, to’qimachilik korxonasi va boshqalar).

Bundan tashqari, harbiy harakatlardagi FVlar bo’lishi mumkin.

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish