Biologik ijtimoiy va ijtimoiy xarakterdagi FVga: I. Biologik-ijtimoiy xarakterdagi:
Odamlarni yuqumli kassalanishi: ekzogen va o’ta xavfli yuqumlikasallanish holatlari; xavfli yuqumli kasallanishni ommaviy holatalri; xavfli yuqumli kasallanishni epidemik avj olishi; epidemiya; pandemiya; epiologiyasi noaniq yuqumli kasallanishlar.
Qishloq xo’jalik hayvonlarini yuqumli kasallanishi: ekzomik va o’ta xavfli yuqumli kasallanishlar holatlari; ekzoomiyalar; epizoomiyalar; panzoomiyalar; hayvonlarni epiologiyasi noaniq yuqumli kasallanishlari.
Qishoq xo’jalik o’simliklarini kasalliklar va zarakunandalar bilan zararlanishi: avj oluvchi epifitomomiya; panfitomiya; epitologiyasi aniqlanmagan o’simliklar kasallanishi; o’simliklar zararkunandalarini ommaviy tarqalishi.
II Ijtimoiy xarakterdagi FVga:
Aholini o’sishini pasayishi.
Aholi o’rtasidagi ommaviy tartibsizliklar.
Turli ko’rinishdagi terrorizm.
Ekologik xarakterdagi FVga:
Atmosfera tarkibi va xususiyatlarini o’zgarishi Bilan bog’liq favqulodda vaziyatlar: antropogen faoliyat natijasida ob-havo va klimatni to’satdan o’zgarishi; atmosferada zararli aralashmalarni chegaraviy yo’l qo’yiladigan konsentrasiyasini olib ketishi; shaharlar ustidagi harorat inversiyasi; shaharlardagi “kislorod” tanqisligi; shahardagi shovqinning yo’l qo’yiladigan chegaraviy darajalarini oshishi; “kislotali” bulutlarni paydo bo’lishi; atmosferani ozon qatlamini yemirilishi; atmosfera tiniqligini o’zgarishi.
Quruqlikni holatini o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan favqulodda vaziyatlar: qazilmalar natijasida yer yuzasini cho’kishi, surilishi, qulashi; geopotogen zonalaridagi energiya chiqarilishi, turli nurlanishlar, tuproqda og’ir metallarni va boshqa zararli moddalarni yo’l qo’yiladigan konsentrasiyalaridan yuqori bo’lishi; tuproqni intensiv o’zgarishi, katta hududlarni cho’llanishi; tabiiy qazilmalarni tugab borishi bilan bog’liq krizisli vaziyatlar; atrof-muhitni ifloslanishi bilan bog’liq krizisli vaziyatlar.
Gidrosfera (suv muhiti) holatini o’zgarishi bilan bog’liq favqulodda vaziyatlar: suv zahiralarini kamayib ketishi yoki uni ifloslanishi oqibatida ichimlik suvini yetishmasligi; xo’jalik-maishiy suv ta’minotini tashkil eti shva texnologik jarayonlar uchun zarur bo’lgan suv zahiralarini tugab borishi; ichki dengizlar zonalarini va dunyo okeanlarini zararlarnishi natijasida xo’jalik faoliyatini buzilishi.
Biosfera holatini o’zgarishi bilan bog’liq favqulodda vaziyatlar:
yashash muhitini o’zgarishiga sezgir bo’lgan turlarni (o’simliklar, hayvonlar) yo’qotilishi; katta hududlarda o’simlik dunyosini halok bo’lishi; tiklanadigan resurslarni qayta ishlab chiqarilishga bo’lgan biosfera xususiyatini o’zgarishi; hayvonlarni ommaviy halok bo’lishi.