Xavfli geologik va gidrometerologik hodisalar (surilma, sel, qor ko’chkisi va boshqalar) oldini olish, ularga qarshi ko’riladigan chora-tadbirlar Surilishga qarshi kurashish murakkab vazifalardan hisoblanadi. Uning oldini olish va muhofaza tadbirlarini ko’rish surilishni keltirib chiqaradigan geologik jarayonlarga bog’liq.
Surilishga qarshi ko’riladigan choralar passiv va aktiv bo’ladi Passiv choralar profilaktik ahamiyatiga ega bo’lib surilish yon bag’irligida va zonasida qo’yidagi ishlar bajarilishini man etadi:
yon bag’irlikni qirqish va tekislash;
portlatish ishlari;
imorat va inshootlar qurish;
kon qazish;
og’ir yuk transport vositalarini katta tezlikda harakatlanishi;
daraxtlarni rejasiz kesish;
yerlarni sug’orish;
oqova, buloq suvlarini oqizish va h.k.
Bu choralar surilish hodisasini ma’lum bir davrga to’xtatish uchun bajariladi. Aktiv choralarga yonbag’irlikdagi surilishga moyil bo’lgan tog’ jinslarining harakatini to’xtatish maqsadida inshootlar qurish, tog’ jinslarining mustahkamligini oshirish uchun maxsus chora-tadbirlar ko’rish kiradi.
Aktiv chora-tadbirlar ko’rish 4 gruppaga bo’linadi:
Surilishni keltirib chiqaradigan sabablarni aniqlash va yo’q qilish. Bu guruhga taaluqli chora-tadbirlarga dengiz va daryo suvlari qirg’oqlarining namlanishi va yuvilishining oldini olish kiradi. Buning uchun surilish ehtimoli bor bo’lgan qirg’oqlarga beton plitkalar yotqiziladi, to’lqinlarni qaytaradigan va so’ndiradigan qurilmalar o’rnatiladi. Yer usti suvlarining suriluvchan jinslarga singishining oldini olish uchun har xil qurilmalar yasab, ularni boshqa yo’nalishda yotqizish, yer yuzasidagi filtrasiyani kamaytirish uchun uni nishablash, gilbeton, shlak, bitum, asfalt yotqizish lozim buladi.
Shuningdek suriluvchan massaning og’irligini kamaytirish, yer osti suvlari sathini pasaytirish yoki butunlay yo’qotish maqsadida yopiq yoki ochiq zovurlar qaziladi. Ulardan yer ostki va ustki suvlarini yig’ish hamda ularni relyefning pastki qismlariga oqizishdan foydalanidi.
Surilishga moyil bo’lgan jinslarni ushlab turadigan inshootlar qurish. Bu chora-tadbirlar tirgovich devorlar, ustun qoziqlar va kontrabanketlar qurishni nazarda tutadi. Tirgovich devorlar qurilish tekisligiga nisbatan chuqurroq qilib, ustun qoziqlar (temir-beton, temir va yog’ochdan tayyorlanadi) uchi esa yonbag’irlikni turg’un qismiga tushiriladi va suriladigan massani ushlab turadi. Kontrbanketlar yonbag’irlarning nishabligi kichik bo’lgan taqdirda suriladigan massani ushlab turish uchun ishlatiladi. Buning uchun yonbag’irlikdagi do’ngliklar tekislanib chiqqan gruntlar uning etak qismiga yotqiziladi va suriladigan massani ushlab turadigan devor hosil qilinadi.
Jinslarni surilishga qarshiligini kuchaytirish uchun uning mustahkamligini sun’iy yo’l bilan oshirish. Bu chora tadbirlar suriladigan (tog’) jinslar yopishqoqligini va mustahkamligini silikatlash, sementlash, bitumlash va kimyoviy ishlov berish orqali oshirishga qaratilgan.
Suriluvchan massani yonbag’irlikdan butunlay olib tashlash. Agar suriladigan massaning qalinligi va katta –kichikligi katta bo’lmasa uni yonbag’irning turg’un qoyasi chiqquncha qazib olib tashlash mumkin va bu ishni bajarishda buldozerlardan foydalaniladi.
Sel oqimini oldini olish, ularga qarshi kurashish, sel bo’lishi mumkin bulgan maydonlarni chuqur urganish, atrof muxitni muxofaza kilishning asosini tashkil etishda muxim xalq xo’jalik ahmiyatiga ega. Shuning uchun sel xodisasini bartaraf etish maqsadida olib boriladigan ishlar ilmiy, amaliy xulosalarga, tadbir choralarga asoslangan bo’lishi kerak.
Bo’ronning to’liq taqsimotini biz jadval-3.6 dagi Bofort shkalasidan ko’rishimiz mumkin. Bundan tashqari, stolba shakldagi quyun yoki serdili shamol hamda suv ostidagi zilziladan chiqadigan sunnami bo’lishi mumkin.
Jadval-3.6
Bofort shkalasi bo’yicha bo’ron, to’fon va dovul turlanishi
Shamol rejimi
Ballar
Shamol tezligi
Belgisi
km/soat
m/s
Bo’ron
8
62,8-74,0
18-20
Daraxt shoxlari sinadi
Kuchli bo’ron
9
75,6-86,9
21-25
Tomdan cherepisa va trubalar uziladi
To’liq bo’ron
10
88,5-101,4
26-30
Daraxtlar ildizi bilan qo’poriladi
To’fon
11
103,-120,7
31-35
Yalpi talofat
Dovul
12
120,7 dan yuqori
35 dan yuqori
Katta buzilish
Suv oqimlarini oldini olish maqsadida qo’yidagilar amalga oshiriladi:
Sel bo’lishi mumkin bo’lgan daryo suv yig’ish maydonlarida doimiy kuzatish ishlari olib borish, tog’ jinslarini yig’ilishi oldini olish suv oqimiga to’sqinlik qiluvchi tabiiiy va sun’iy to’siqlarni tozalash;
Sel oqimi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan daryolarning suv yig’ish maydonlarini muhofaza qilish, ya’ni bu maydonlarda o’simlik dunyosini saqlash, daraxtlar va butalarni kesish, maydonlarini olib borishni chegaralash;
O’rmon xo’jaligini rivojlantirish (yon bag’irlarda butalar va daraxtlar ekish, chunki ular tog’ jinslarini qatlamlarini mustahkam ushlab turadi, qor erishini sekinlashtiradi; yer yuzasini yuvilishdan saqlaydi.
Tog’li hududlardagi daryolarni o’zanida suv oqimini boshqaruvchi inshootlar qurish, tabiiy, sun’iy to’g’onlarni tartibga keltirish, temir, avtomobil yo’llari ostida sel o’tkazuvchi katta diametrli quvurlar yotqizish ishlari.
Hozirgi vaqtda tog’li hududlarda suv omborlari, GESlar, yoki bolalar oromgoxlari, dam olish uylari, davolanish maskanlari qurilishi munosabati bildan qor ko’chkilari sodir bo’lishi mumkin bo’lgan hududlar xaritalarga tushirilib o’rganib chiqilgan.Ularning xavfi bor maydonlarda qurish man etiladi. Lekin bunday maydonlarda qor ko’chkilarini oldini oladigan injenerlik choralarini ko’rib imorat va inshootlar qurish mumkin bo’ladi. Bu chora-tadbirlar yonbag’irlarni tekislab terrasalar-supalar tashkil etish, daraxtzor barpo etish, xarakatga kelishi mumkin bo’lgan qor uyumlarini oz-ozdan yo’qotish, maxsus injenerlik qurilmalar-damba, qor ko’chkisini xarakat yo’nalishini o’zgartiradigan ariqlar, devorlar qurish, yonbag’irlardagi yo’llarni tosh va temir betondan yasalgan galereya bilan tutish, qor-ko’chkilarini o’tqazib yuboradigan tunellar qurishdan iborat.
Albatta, bularning hammasi ekologik muhitni o’zgartiradi. Shuning uchun doimo ekologik nazorat bo’lib turishi kerak. Ekologik nazoratni olib borish sistemasi rasm-3.4 da keltirilgan. FV xizmatida doimo ham texnogen ham tabiiy muhitlar doimo nazorati olib boriladi.
Rasm-3.4. Ekologik holatni nazorat etish sistemasi