Transport, energetika va kommunal tizimlardagi falokatlar va halokatlar oldini olish
chora-tadbirlari
a) Havo transporti avariya va falokatlari, tarnsport tizimidagi
avariya va halokatlar.
Ko’rinishi: yo’lovchi, ekipaj a’zolarini halok bo’lishi, havo transportini portlashi, yer yuzidagi bino va xalq xo’jaligi obyektlarini buzilishi, turli darajadagi qutqaruv va tezkor ishlarni olib borishga olib keladigan holat.
Sabablar: havo transportini nosozligi; ob-havoni noqulayligi; dispetcherlar aybi bilan sodir bo’ladi.
Oldini olish tadbirlari: rejaviy-profilaktik ko’rik va ta’mirlashni vaqtida o’tkazilishi; boshqarish va aloqa tizimlarini ish sifatini yaxshilash.
Muhofazasi: aviasiyadan avariyasiz foydalanish va parvozlar xavfsizligi bo’yicha tadbirlar tashkil etish va amalga oshirish.
b) Temir yo’l avariya va halokatlari.
Ko’rinishi: yong’inlar, portlashlar, vagonlarni yo’nalish izidan chiqishi, aholi va yo’lovchilarni halok bo’lishi, sodir etilgan joylardagi aholi va hudularni zarar ko’rishi.
Sababi: temir yo’llarning nosozligi, harakat tarkibining nosozligi, aloqa vositasini nosozligi, dispetcherni ahamiyatsizligi.
Oldini olish tadbirlari: rejaviy-profilaktika ko’rik va ta’mirlash ishlarini o’tkazish; boshqaruv va aloqa tizimlari ish sifatini oshirish; dispetcherni xizmatini yaxshilash.
v) avtotransport avariya va halokatlari.
Ko’rinishi: transportdagi fuqarolarni halok bo’lishi, portlash va yong’inlarni chiqishi.
Sababi: transport harakat xavsizligiga rioya qilmasligi; tezlikni oshirish; spirtli ichimliklarni ichib boshqarish; texnik nosoz transportni boshqarish; yo’llarni talab darajasiga emasligi.
Oldini olish chora-tadbirlari: rejaviy profilaktik ko’rik va texnik ta’mirlash ishlarini vaqtida o’tkazish, nosoz transportdan foydalanmaslik, yo’l harakat qoidalariga rioya qilish va boshqalar.
Muhofazasi: DAN organiga yo’l transport xavfsizligini ta’minlash xizmatiga rahbarlik vazifasi yuklatiladi.
g) Metropoliten stansiyalarida ehtimol bo’lgan FV ko’rinishi: fuqarolarni nobud bo’lishi, portlash va yong’inlar sodir etilishi mumkin.
Sabablari: o’tish joylaridagi savdo do’konchalarini yuqotish va boshqalar.
Oldini olish chora-tadbirlari: rejaviy-profilaktik ko’rik va texnik ta’mirlash ishlarni vaqtida o’tkazilishi, nosoz transport vositadan foydalanmaslik, yo’l harakati qoidasiga rioya qilish va boshqalar.
Muhofazasi: ushbu obyektlardagi ishlarning olib borish ahvoli va xavfsizligi ustidan davlat nazoratiga rahbarlik qilish.
d) magistral quvur tarmoqlarida neft va gaz burg’ulash
maydonlaridagi bo’lishi mumkin bo’lgan avariyalar.
Ko’rinishi: portlovchi moddalar bilan bog’liq yong’in va portlashlar fuqarolarni halok bo’lishi, hudud, inshoot va binolarni tuzilishi.
Sabablar: quvur tarmoqlarining, ventillarninng eskirganligi, ularni vaqtida ko’rikdan o’tkazmaslik va boshqalar.
Oldini olish chora-tadbirlari: texnik xujjatlarda ko’rastilgan me’yor talablari bo’yicha rejaviy-profilaktik ko’rik va ta’mirlashni vaqtida o’tkazish xavfsizlik choralariga amal qilish.
Muhofazasi: Neft va milliy gaz korporasiyasi avariya va halokatlarni oldini olish va bartaraf etish tadbirlarni tashkil etadi va amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |