2. Eksport tovar assortimentini rejalashtirish.
Eksport tovar assortimentini rejalashtirish modernizatsiya qilinayotgan va yangi tovarlarning harakteri hamda ularga mos keluvchi ko‘rsatkichlarni aniqlashdan iborat. Eski va yangi ishlab chiqarilayotgan tovarlar hajmining nisbati, oddiy va ilm talab qiluvchi, an’anaviy va ijtimoiy-iqtisodiy hamda texnik yangiliklarga oid masalalar hal etiladi.
Eksport tovar assortimentini rejalashtirishda eksportchining quyidagilarni bajara olishi ham muhim ahamiyat kasb etadi:
hozirgi paytda raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari past bo‘lgan va istiqbolda rentabelligi past bo‘lishi kutilayotgan mahsulotlar ro‘yxatini aniqlash;
mahsulotlarni eksport tovarlar tarkibidan chiqarish muddati va ro‘yxatini aniqlash;
qaysi tovarlarni modernizatsiyalash kerakligini, shuningdek, muayyan mahsulotlarni qo‘llashning yangi usullarini aniqlash;
xalqaro bozor uchun yangi mahsulot ishlab chiqarish takliflarini ishlab chiqish va ko‘rib chiqishga chuqur o‘ylab ko‘rgan holda yondashish.
3. Eksport siyosatida tovarlarni o‘rash, markalash.
Eksport upakovkasini ishlab chiqish firmaning tashqi bozordagi tovar siyosatining ajralmas qismi hisoblanadi. Barcha mamlakatlarda haridorlar manfaatini himoya qilish maqsadida tovar upakovkasi sohasiga oid qonunchilik mavjud. G‘arbiy Germaniyada upakovkani ratsionallashtirish jamiyati keng iste’mol tovarlari upakovkasi bo‘yicha normalarni ishlab chiqqan bo‘lib, unga ko‘ra:
upakovkadagi rasm va matnlar aniq bo‘lishi hamda tovarning mohiyatini ifodalashi lozim;
upakovka qilingan tovarning vazni va miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rinarli joyda bo‘lishi kerak;
upakovkadagi tovarlar soni imkoni boricha butun bo‘lishi lozim;
upakovkadagi narx aniq va yaxshi ko‘rinadigan bo‘lishi kerak.
Shuningdek, tovar upakovkasida tovar ishlab chiqarilgan payt va uni iste’mol qilish muddati ko‘rsatilishi zarur. Bundan tashqari, sotuvchilar uchun tavsiyalar mavjud – upakovka harajatlarini kamaytirish, qayta ishlanishi oson bo‘lgan upakovka yaratish maslahat beriladi. Bu chora-tadbirlar ekologik muhitning ifloslanishi sababli hamda moddiy va tabiiy resurslarni tejash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro savdoda keng qamrovli tovar massasiga kiruvchi har bir mahsulot haqidagi ma’lumotlar chet ellik mavjud va potensial haridorlarga yetkazilishi lozim. Amalda tovar haqidagi ma’lumotlar vositasi – markirovka shakllantirilgan. Markirovka bu mahsulot va uning upakovkasiga ramziy belgilar, rasm, raqamli va harfli belgilarni aks ettirishdir.
Eksport tovari markirovkasi har doim quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim: ishlab chiqaruvchining nomi, buyurtma nomeri, upakovka birligi nomeri, ishlab chiqarilgan mamlakat nomi, o‘lchami, yuklash va tushirish yo‘riqnomasi, xavfsizlik bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar.
Markirovka quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
1. Yukning tashuvchilar, oluvchilar va xalqaro bozorning ishtirok etuvchi boshqa sub’ektlari tomonidan oson tanib olinishini ta’minlaydi.
2. Yukni to‘g‘ri saqlash va yetkazishni ta’minlash uchun mos keluvchi tartibni ko‘rsatadi.
3. U bilan noto‘g‘ri muomala qilinganda tashilayotgan yoki saqlanayotgan yuk tug‘dirishi mumkin bo‘lgan xavf-xatardan ogohlantiradi.
Xalqaro savdoda markirovkadagi barcha yozuvlar import qiluvchi mamlakat tilida bajariladi. /arbiy Yevropaning ayrim mamlakatlarida to‘rt tilda, ayrimlarida esa olti xil tilda yozish yo‘lga qo‘yilgan. Markirovkaning quyidagicha turlari mavjud:
tovar markirovkasi – tovarning nomi, GOST raqami, tayyorlangan vaqti, zavod markasi, buyurtma va naryad nomeri;
jo‘natish markirovkasi – tovarni jo‘natish va qabul qilish manzili, jo‘natuvchi va qabul qiluvchining nomi, brutto va netto vazni;
transport markirovkasi – transport hujjatiga asosan tashilayotgan partiyadagi o‘rinlar soni, tovarning yuk partiyasidagi o‘rnining tartib raqami;
maxsus markirovka – yukni yuklash, tashish va saqlashda u bilan muomala qilish usullarini belgilovchi ogohlantiruvchi yozuv va belgilar.
Tovar, jo‘natish va maxsus markirovkalar yuk jo‘natuvchi tomonidan, transport markirovkasi esa yuk tashuvchi yoki uning agenti tomonidan bajariladi.
Markirovka tovar markasini ifodalaydi hamda quyidagilarni mujassamlantiradi:
firma belgisi (ramz, rasm, ajratib turuvchi rang, shartli belgilanish);
firma nomi (so‘z yoki so‘z birikmasi, harf yoki harflar guruhi);
tovar obrazi (jonlantirilgan tovar markasi).
Hozirga paytda tovarlar markirovkasi uchun maxsus xalqaro simvollar tizimi ishlab chiqilgan. Tovar upakovkasi va markirovkasi bo‘yicha quyidagi xalqaro kelishuvlar mavjud:
ATR – xavfli tovarlarni tashish bo‘yicha xalqaro kelishuv;
IMDG – xavfli yuklar uchun xalqaro dengiz kodi;
IATA – havo transporti yordamida tashiluvchi xavfli yuklarni markirovka qilish bo‘yicha xalqaro kelishuv.
Do'stlaringiz bilan baham: |