1-jadval
Tovar modifikatsiyasining asosiy variantlari
Kommunikatsiya
|
Tovar
|
Tovar o‘zgarmaydi
|
Tovar o‘zgaradi
|
Standart kommunikatsiya
|
To‘liq standartizatsiya (kommunikatsiya va tovar)
|
Tovar modifikatsiyasi
|
Kommunikatsiya o‘zgaradi
|
Kommunikatsiya aloqalari modifikatsiyasi
|
Kommunikatsiya aloqalari va tovar modifikatsiyasi
|
To‘liq standartlash strategiyasi ikki holda qo‘llanadi. Birinchi hol bu epizodik eksport, ya’ni ishlab chiqaruvchini mahsulotni aynan shu ishlab chiqaruvchidan sotib olishni istovchi chet ellik haridor (vositachi) mahsulotni eksport qilishga «majburlaydi». Ikkinchi variant birlamchi zarur mahsulotlarni (asosan oziq-ovqat mahsulotlarini) ommaviy ishlab chiqaruvchi yirik transmiliiy korporatsiyalarga taalluqli.
Kommunikatsiya aloqalarini modifikatsiyalash strategiyasini tanlashni bitta tovarning o‘zi turli funksiyalarga ega bo‘lishi va turli bozordagi ehtiyojlarni qondirishi mumkin bo‘lishi bilan asoslash mumkin. Masalan, velosiped ko‘p mamlakatlarda (masalan, Xitoyda) kattalar uchun asosiy transport vositasi hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda u sport anjomi hisoblanadi. Shu munosabat bilan ikkala holda reklama murojaati turlicha bo‘lishi lozim. Kommunikatsiya aloqalarining moslashish zarurati asosan bozorning milliy-madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari bilan bog‘liq.
Tovar modifikatsiyasi strategiyasi tovar barcha bozorlarda bitta maqsad uchun mo‘ljallangan, biroq undan foydalanish sharoitlari turlicha bo‘lgan hollarda qo‘llanadi.
Kommunikatsiya aloqalari va tovar modifikatsiyasi strategiyasi katta harajatlarni talab qiladi. Shu sababli uni amalga oshirishga faqat moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘lgan yoki yirik mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi yirik va baquvvat kompaniyalargina qodir.
Moslashish va standartlash strategiyalari o‘rtasida tanlashda ularning samaradorligi iqtisodiy hisob-kitob qilish, masalan, ishlab chiqaruvchi firmaning tovar modifikatsiyasi strategiyalaridan foydalanish harajatlarini muayyan modifikatsiyadan foydalanish natijasida olinuvchi foyda bilan taqqoslash zarur.
«Teskari» ixtiro yoki yangi ixtirolar strategiyasi firmani rivojlanayotgan mamlakatlarga yo‘naltirish, milliy bozorga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga nisbatan oddiyroq (masalan, qo‘l kassa apparatlari, elektr tokidan foydalanilmaydigan tikuv mashinalari) mahsulot ishlab chiqarishni tavsiya qiladi.
Yangi tovarlarni ishlab chiqish ko‘p mablag‘ talab qiladi, shuning uchun bu bilan asosan yirik transmilliy korporatsiyalar shug‘ullanadi. Bu korporatsiyalar yangi tovarlarni asta-sekinlik bilan avval rivojlangan mamlakatlar bozoriga, so‘ngra rivojlanayotgan mamlakatlar bozoriga kiritadi.
Tovar ishlab chiqarishni to‘xtatish strategiyasi. Agar eksportchi firma standart strategiyalardan foydalanadigan bo‘lsa, u tovar ishlab chiqarish va eksport qilishni barcha bozorlarda bir vaqtning o‘zida to‘xtatadi. Masalan, Germaniyaning katalog bo‘yicha mebel savdosi bilan shug‘ullanuvchi MVT mebel kompaniyasi o‘z assortimentini har yarim yilda yangilab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |