o‘quv – uslubiy majmua
MUNDARIJASI
1.
|
O’quv materiallar
|
6
|
1.1.
|
Nazariy materiallar (ma’ruza mashg’ulotlar)
|
6
|
1.2.
|
Amaliy mashg’ulot materiallari
|
176
|
2.
|
Mustaqil mashg’ulotlar va ishlar
|
222
|
3.
|
Glossariy
|
226
|
4.
|
Ilovalar
|
240
|
4.1.
|
Fanning o’quv dasturi
|
|
4.2.
|
Fanning ishchi dasturi
|
|
KIRISH
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasida “ ...yuqori texnologiyalarga asoslangan qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, shuningdek mahalliy mahsulotlarning, birinchi navbatda, tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini va tarmoqlarning eksport salohiyatini oshirish...”1 ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Qolaversa, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 martdagi “2020-2021-yillarda ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Qarorida “mahalliy sanoatni yanada rivojlantirish, ishlab chiqarishda qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish, ichki tarmoq va tarmoqlararo kooperatsiyani kengaytirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish va turlarini ko‘paytirish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish…” kabi vazifalar belgilab berilgan.
Ushbu vazifalarni izchil amalga oshirishda “Global marketing” fanida o‘rganiladigan mavzular va nazariy-amaliy masalalar muhim ahamiyat kasb etadi. “Global marketing” fani globallashuv va erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida mahalliy korxonalarning xorijiy bozorlarda faoliyat yuritishini ta’minlash, xorijiy bozorlarni o‘rganish, xalqaro miqyosda marketing tadqiqotlarini tashkil etish, marketing qarorlarini qabul qilish, milliy kompaniya va korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyatini samarali olib borishlari uchun ularning xalqaro bozorga yo‘naltirilgan marketing strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, xalqaro bozorda tovar, narx, sotish va kommunikatsiya bo‘yicha strategik qarorlar qabul qilish yo‘llarining nazariy va amaliy tomonlarini o‘rgatadi.
“Global marketing” fani mahalliy korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyatida marketingning nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganish bilan birga, xalqaro bozorga chiqish amaliyotida vujudga keladigan muammolarni tahlil qilishda va ularning yechimini topishda, shuningdek, sababiy bog‘liqlikda xulosalar yasashda muhim ahamiyat kasb etadi. Xorijiy mijozlarni jalb qilish va ehtiyojlarini yuqori darajada qondirishga erishish, tovar va xizmatlarni samarali siljitishda “Global marketing” fanida o‘rganiladigan mavzularda ko‘riladigan nazariy va amaliy masalalar muhim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |