128
“Bxagavadgita” va “Artxashastra” hamda lokoyata oqimlaridan tashkil topgan.
Ulardan ba’zilarini ko‘rib o‘tamiz.
Vedachilik.
Vedachilik axloqshunosligi qadimgi hind jamiyatini to‘rt
tabaqa-varnaga bo‘ladi: brahmanlar (kohinlar), kshatriylar (harbiylar), vayshchilar
(dehqonlar, kosiblar), shudralar (qullar). Mashhur “Manu qonunlari”da
yozilishicha, brahmanning mashg‘uloti – ta’lim berish, Vedani o‘rganish,
qurbonlik qilish, sadaqa
ulashish va tuhfalar olish; kshatriylar fuqarolarni
qo‘riqlaydilar; vayshchilar chorva, tijorat, sudxo‘rlik va dehqonchilik bilan
shug‘ullanadilar; shudralar esa ana shu uch ijtimoiy guruhga xizmat qiladi. Xotin,
o‘g‘il va qul ‒ uchalasi xususiy
mulk egasi hisoblanmaydi, ular kimniki bo‘lsa,
o‘shaning qo‘lga kiritgan mulki. “Manu qonunlari”da niyat masalasiga katta
e’tibor beriladi: “Kimning niyati qanday bo‘lsa, o‘shanday bo‘lib hayotdan
ketadi”
169
. Vedachilik axloqiga ko‘ra, brahmanlar tug‘ma axloqiy yuksak odamlar,
shudralar esa tug‘ma tuban axloq egalari hisoblanadi. Axloqiy ideal esa zohid,
sayyoh, istaklardan xoli, yuksak qanoat egasi bo‘lgan hech vaqosiz mokshalardir.
Lekin
keyingi oqimlarda, yo‘ga, jaynchilik, ayniqsa, buddachilik axloq-
shunosligida, axloqiy fazilatlar egasi bo‘lish insonning zoti, ijtimoiy kelib chiqishi
bilan emas, balki uning shaxsiy kamoloti bilan bog‘liq, degan fikr ilgari suriladi.
Jaynchilik.
Mohiyatan
axloq falsafasi
bo‘lmish
bu oqimga Buddaning
zamondoshi, undan chamasi o‘ttiz yoshlar katta Jin (Jayn)-G‘olib deb sharaflangan
Vardxamana (milodgacha 599-527) asos solgan. Jaynchilik ta’limoti insonning
to‘liq ozodlikka yetishishi bilan bog‘liq. Unga inson o‘z ichki mohiyatini qayta
shakllantirish orqali erishishi mumkin. Bu ozodlik‒nirvana: qalb-ruhning ehtirosi,
nafrat, pushaymon kabi hissiyotlardan forig‘langan, o‘zi mavjud bo‘la turib
vujudni
tark etgan, cheklanmagan oromdagi holati ‒
nirvana
ga uch yo‘l bilan
yetishish mumkin – Jaynga e’tiqod; uning ta’limotini bilish; o‘zni tutishda
nuqsonsizlik.
Kim Jaynga e’tiqod qo‘ysa va uni tanisa, u – fazilat egasidir. Fazilat esa besh
axloqiy tamoyildan iborat:
1. Hayotga zarar yetkazmaslik (aximsa).
2. Muruvvat va rostgo‘ylik.
3. Halol yashash. O‘g‘rilik qilish, birovning
haqini yeyish ham hayotga
ziyon yetkazuvchi illatlardir.
4. So‘zda, fikrda va amalda o‘zni tiyish.
5. Bu dunyodagi barcha manfaatlardan kechish. Mazkur tamoyil kishiga
lazzat beradigan har qanday dunyoviy amallardan tiyinishi talab qiladi.
Zero, haqiqiy erkinlik tashqi narsalarning hammasidan mustaqil, mustasno
yashashni, iztirobga ham loqayd bo‘lishini talab etadi: “O, inson! O‘zingning
do‘sting – o‘zingsan; nima uchun tashqaridan o‘zingga do‘st qidirasan?”
170
. Ya’ni
inson o‘zgalarni emas, balki o‘zining asl tabiatini bilmog‘i kerak. Bu – o‘zlikni
belgilab olish uchun eng muhim yo‘l.
169
Законы Ману. М., 1960. С. 93-94.
170
Радхакришнан С. Индийская философия, Т. 1. СП б., Стикс, 1994. С. 285.
129
Qadimgi Hind axloqshunosligi Qadimgi Xitoyda ham o‘ziga
xos mavqe
egalladi. Ayniqsa, buddachilik keng yoyildi. Lekin u yerda yana ikki
axloqshunoslik yo‘nalishi katta ahamiyatga va qamrovga ega edi. Ulardan biri
daochilik.
Do'stlaringiz bilan baham: