Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

Qadimgi Misr.
Axloqshunoslik nuqtayi nazaridan Qadimgi Misr “Mayyitlar 
kitobi” katta ahamiyatga ega. Misrliklar nazdida har bir inson o‘lgandan so‘ng, 
oxiratda hisob beradi. Avval bosh ma’bud Osiris oldida u o‘zining gunohsizligini 
isbotlashga urinadi; gunohlarni sanab, gunoh qilmaganligini aytadi. Gunohlarning 
ko‘pchiligi esa axloqqa borib taqaladi: odam o‘ldirish, yovuzlik qilish, tarozidan 
urib qolish, yolg‘on gapirish v.h. Mayyit: “Men pokizaman, men pokizaman, men 
pokizaman!” degan takror bilan o‘z “hisoboti”ni tugatadi. Keyin u o‘zining 
“ikkinchi oqlovchi nutqi”da kichik ma’budlar ‒ muayyan e’tiqodiy-axloqiy 
sohalarni boshqaruvchi qirq ikki iloh oldida o‘z gunohsizligini ta’kidlaydi. 
Bu “hisobot”dagi gunohlar esa, yuqorida aytganimizdek, bitta-ikkitasidan 
tashqari, deyarli barchasi axloqiy talablardan iborat. Ularga diqqat qilsangiz, 
milodgacha bo‘lgan XV asrdagi axloqiy qonun-qoidalar, fazilat va illatlar bugungi 
kunda ham asosan o‘sha-o‘sha ekanini ko‘rasiz: faqat hozir ular ikkala ‒ axloqiy 
va huquqiy me’yorlarga bo‘lingan. 
 
Shunday qilib, “Mayyitlar kitobi” bizga qadimgi misrliklarning qanday 
axloqiy darajaga yetganliklaridan, ular ishlab chiqqan axloqiy tamoyillar va 
me’yor-larning e’tiqodiy-diniy maqom kasb etgandan dalolat beradi. Bir so‘z bilan 
ayt-ganda, bu yodgorlikda axloq bilan diniy e’tiqodning uyg‘unlashib ketgan 
in’ikosini ko‘rish mumkin. Mayyitlar kitobi an’anasi Sharqda keyin ham davom 
etdi: O‘rta asrlarda (VIII asr) “Tibet mayyitlar kitobi” – “Bardo Tyodol” yuzaga 
keldi.
 
Qadimgi Turon va Eronning e’tiqodiy-axloqiy yodgorliklari 
“Avesto”.
Qadimgi Turonzamin va Eronzamindagi axloqiy tafakkur 
taraqqiyoti zardushtiylik dinining vujudga kelishi bilan bog‘liq. Taxminan bundan 
40-30 asr muqaddam yoyila boshlagan bu dinning Qadimgi Xorazmda yaratilgan 
“Avesto” deb atalgan muqaddas kitobida asosiy axloqiy fazilatlar va illatlar sanab 
o‘tiladi, talqin etiladi. Unda zardushtiylik ilohi Ahura-Mazda – ezgulik, Ahriman 
esa yovuzlik timsoli sifatida namoyon bo‘ladi; ezgulik va yovuzlik, yorug‘lik va 
zulmat, hayot va mamot o‘rtasidagi abadiy kurashning ibtidosi aks etadi. “Abadiy 
ezgulik”, “Ezgu niyat”, “Ezgu tartib”, “Ilohiy tobelik” kabi ezgu tushunchalar real 
ma’no kasb qilib, insoniylashgan qiyofadagi ma’budlar siymosida namoyon 


126 
bo‘ladi, ular Ahura-Mazda atrofida yaxshilik urug‘ini sepib yuradi. Bunday 
tushuncha-larning aksi esa Ahriman atrofidagi yovuz kuchlarda reallashadi. Yovuz 
fikr tajassumi Apa Mana, so‘lish va o‘lim timsoli Tuarvi hamda Zarik ismli devlar 
shular jumlasidandir. 
Zardushtiylik dinini ma’lum ma’noda axloqiy e’tiqod, uning muqaddas 
kitobi “Avesto”ni qadimgi ajdodlarimiz amal qilgan axloqiy tamoyillar va 
ko‘rsatmalar majmuyi deyish mumkin.
“Avesto” dagi talqinlar insonning real hayoti bilan bog‘liq ekanligi diqqatga 
sazovor. Undagi ezgulik ruhi-yaratuvchilik, ijodkorlik quvvati, yovuzlik esa buzish 
va buzg‘unchilik kuchi tarzida namoyon bo‘ladi. 
Ahura-Mazda qiyofasidagi bu ezgulik – hayot ramzi, yerni inson, hayvonot 
va nabotot bilan boyitadi, inson ularni sog‘lik, kuch-qudrat, baxt, shodlik, umid, 
ishonch, go‘zallik, farovonlik yordamida munavvar qiladi. Ahriman qiyofasidagi 
yovuzlik esa qurg‘oqchilik, ocharchilik, kasallik, mollar qirg‘inini, jisman va ruhan 
halokat singari ofatlarni keltirib chiqaradi. 
“Avesto”da umri davomida ezgulik, yaxshilik, poklik va tozalik tamoyillari 
bilan ish ko‘rgan odam o‘lganidan so‘ng uning ruhi rohat-farog‘atda bo‘lishi, 
gunoh-kor, fosiq kishiniki esa, aksincha, azob-uqubat hamda xunuklik komiga 
mahkum etilishi aytiladi.
Xullas, “Avesto” yuqorida aytganimizdek, ajdodlarimizning axloqiy-estetik 
qomusi, qadimiy urf-odatlarimizning o‘ziga xos, abadiyatga daxldor majmuyi 
sifatida qimmatlidir. 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish