127
larda musulmonchilik kirib kelgandan so‘ng ham o‘z mavqeyini saqlab qoldi.
Pahlaviy tilida yaratilgan “Handarzlar” (o‘gitlar) garchand diniy-e’tiqodiy
asosga
suyansa-da, mohiyatan axloqiy pandnomalar sifatida otashparastlar orasida
mashhur bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligi Qadimgi Eronning ulug‘lari nomidan tartib
berilgan: “Dastlabki ustozlar o‘gitlari”, “Xusrav Anushiravon o‘gitlari”,
“Buzurjmehr o‘gitlari” v.h.
“Buzurjmehr o‘gitlari” handarzida mazkur uchlik ezgulikning asosi sifatida
quyidagicha ta’riflanadi: “Ezgulik nima-yu, yovuzlik nima? Ezgulik bu ‒ ezgu o‘y,
ezgu so‘z, ezgu amal, yovuzlik esa yovuz o‘y, yovuz so‘z va yovuz amal”.
Shundan keyin mazkur uchlik tahlil etilib, uning axloqiy
mohiyati ochib beriladi,
har bir so‘zning axloqiy xususiyati o‘ziga xos, ta’bir joiz bo‘lsa, axloqshunoslik
nuqtayi nazaridagi talqin etiladi: “Ezgu o‘y bu ‒ fikrlashdagi mo‘tadillik, ezgu so‘z
‒ saxiylik, ezgu amal ‒ to‘g‘rilik. Yovuz o‘y, bu – fikrlashdagi isrofgarchilik,
yovuz so‘z – pastkashlik, yovuz amal esa yolg‘onchilik”
167
.
Bundan tashqari mazkur handarzda insonning ma’naviyatiga, ayniqsa aql va
ilmga alohida e’tibor berildi: Ahura-Mazda odamlarni
yovuz devlardan himoya
qilishi uchun bir necha ma’naviy jihatlarni yaratgan. Bular ‒ tug‘ma aql, kasb
etiladigan (o‘ziga yo‘qtiriladigan) aql, fe’l-atvor, umid v.h. Tug‘ma aql vujudni
qo‘rquvdan xolis qiladi, mol-dunyoning o‘tkinchiligini va o‘limning haqligini
eslatib turadi. Ikkinchi turdagi aql esa taqvodorlar yo‘lidan borish,
ulardan
o‘rganish orqali vujudga keladi va nima bo‘lishini oldindan bilish, nima bo‘lib
o‘tganini yodda tutish uchun xizmat qildi. Demak, tug‘ma aql inson mohiyati bilan
bog‘liq bo‘lsa, aqliy tarbiya orqali kasb etilgan aql esa uning mavjudligi, hayotiy
amaliyoti masala-lariga borib taqaladi. Buzurjmehrning quyidagi o‘z-o‘zi bilan
savol-javobi yuqori-dagi ma’naviy xususiyatlarning axloqiy mohiyatini yanada
yaqqolroq ochib beradi:
Handarzlardan biri baxtli kishining fe’li va aqliga bag‘ishlangan. Unda baxt
tushunchasi quvonch bilan bog‘liq tarzda talqin qilanadi. Baxtli kishi haq yo‘lni
tanlagan, nuqsonlardan forig‘ insondir, shu xislatlar tufayli u qalban va fikran quv-
noq yashaydi, odamlarga muloyim munosabatda bo‘ladi, har kim bilan unga mos
keladigan munosabatni tanlaydi, baxtni ma’budlardan, fazilatlarni o‘z do‘stlaridan
olishga
intiladi, dono qarorlar qabul qiladi. “Dono qaror, insonning aql bilan
vujudni uyg‘unlashtirishi, faoliyatli, g‘ayratli, jasoratli bo‘lishi, shuningdek, o‘z
ichidagi dushmanni yengishi bilan belgilanadi. Zero, o‘z
ustingdan hukmronlik
qilish kimningdir ustidan hukum yurgizishga qaraganda yoqimliroqdir”
168
.
Shunday qilib, handarzlar to‘plangan, bitilgan davr o‘rta asrlarga to‘g‘ri keli-
shini hisobga olsak, “Avesto” ta’sirining vaqt va qamrov doirasi naqadar
kengligini ko‘rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: