Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

Konfutsiychilik.
Daochilikning asosiy raqibi hisoblanmish konfutsiychilik 
qora xalqdan nodonligi uchun jirkanadi, uni axloqiy hayotga nomunosib deb biladi. 
Zero, konfutsiychilikning axloqiy ideali ‒ zyun-zi, himmatli jo‘mard. Uning 
yuksak fazilatlari ‒ fidoyilik, sofdillik, sadoqat, adolat. U muomala bobida 
muloyim, yuksak martabalilarga hurmat bilan murojaat qiladi, xalqqa nisbatan esa 
himmatli, adolatli munosabatda bo‘ladi. 
Konfutsiy ta’limotida asosiy axloqiy qonun, asosiy axloqiy tushuncha ‒ jen 
(insoniylik). “Lun yuy” (“Hikmatlar”) kitobida shunday deyiladi: “Kimki chin 
171
 Дао. М. – Харьков, Эксмо–Пресс – Фолио, 2000. С. 10. 


130 
dildan insonni sevishga intilsa, u yovuzlik qilmaydi”. “O‘zingga ep ko‘rmagan 
narsani o‘zgaga munosib ko‘rma, shunda davlatda ham, oilada ham o‘zingga 
nisbatan yovlik his qilmaysan”
172
. Demak, jen ‒ ham jamiyat, ham oila a’zolari 
orasidagi munosabatlarni belgilaydigan axloqiy tamoyil. U bilan “syao” ‒ ota-
onani, kattalarni hurmat qilish, “li” ‒ urf-odat, marosimlarni e’zozlash 
tushunchalari mustahkam bog‘liq. Ayni paytda “li” tushunchasining ma’nosi ancha 
keng, u davlatga bo‘lgan munosabatni ham o‘z ichiga oladi. Xoqon (imperator) ‒ 
Osmon o‘g‘li, u Osmon ostidagilarning barchasiga ota. Osmon ostidagi tartib-
qoida esa quyidagicha: “Podsho-podsho, ota-ota, mulozim-mulozim, o‘g‘il-o‘g‘il 
bo‘lishi kerak”.
173
Fazilat egasi bo‘lishning konfutsiychilikda ikki xil yo‘li aniq ko‘zga tash-
lanadi: xalq uchun urf-odatlarga so‘zsiz, o‘ylab o‘tirmasdan bo‘ysunish; himmatli 
jo‘mard uchun esa o‘zini axloqiy jihatdan takomillashtira borish va axloqiy 
burchni ongli ravishda bajarish. 
Konfutsiychilikning himmatli jo‘mard tarbiyasi tizimidagi hikmatlari hozir 
ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas: “Ustoz debdi: “Yu, sen olti illatning olti 
bosqichini bilasanmi?” Zin-lu: “Yo‘q” deb javob beribdi. Ustoz debdi: “Unday 
bo‘lsa, o‘tir, aytib beraman. Insonparvarlikni sevish-u, ilm olishni sevmaslik, illat 
shundaki, bu befarosatlikka olib keladi, donishmandlikni sevish-u, ilm olishni 
sevmaslik, illat shundaki, bunda inson o‘z umrini mayda ishlarga sarflaydi, 
haqiqatgo‘ylikni sevish-u, ilm olishni sevmaslik, illat shundaki, bu ‒ o‘ziga zarar 
yetkazishga olib keladi, to‘g‘rilikni sevish-u, ilm olishni sevmaslik, illat shundaki, 
bu ‒ qo‘pollikka olib keladi, mardlikni sevish-u, ilm olishni sevmaslik, bu ‒
isyonkorlikka olib keladi, qat’iylikni sevish-u, ilm olishni sevmaslik, bu ‒
boshboshdoqlikka olib keladi”
174

Konfutsiy qarashlarini uning izdoshlari Men-zi, Syun-zilar davom ettirdilar. 
Bu ta’limot Xan davridan (miloddan avvalgi II asrdan milodning II asri) boshlab, 
to XX asrning boshlarigacha Xitoy davlati mafkurasiga asos bo‘lib xizmat qilib 
keldi. Bundan tashqari, konfutsiychilikka qarshi turgan Mo-zi, Xan Fey-zi, Van 
Chun singari axloqshunoslarning qarashlari ham Xitoy axloqiy tafakkuri tarixida 
o‘z o‘rniga ega. 
Qadimgi Sharq axloqshunosligi erishgan yutuqlar shunchaki tarix bo‘lib 
qolmadi. Ularni o‘zlashtirish natijasida Sharq bilan yaqin aloqa qilish uchun 
jug‘rofiy qulayliklarga ega bo‘lgan Qadimgi Yunonistonning polislarida (shahar-
davlatlarida) axloqshunoslik yangi bosqichga ko‘tarildi. Keyinchalik Qadimgi 
Sharqda ilgari surilgan g‘oyalar, qo‘llangan tushunchalar, nazariy-amaliy tajriba 
bilvosita butun Ovro‘pa uchun ham ahamiyat kasb etdi. Chunonchi, mashhur 
afsonaviy donishmand Pifagor misrlik va eronlik allomalardan ta’lim oldi. U 
zardushtiylik dini haqida fikr yuritar ekan, Ahura-Mazdani qalbi haqiqatdan, 
vujudi nurdan iborat, deb ta’riflaydi. Shuningdek, Suqrot, Aflotun, Arastu singari 
172
 Конфуций. Панд-Ўгитлар. С.Аҳмад таржимаси. «Соғлом авлод учун» журнали, 1997, 5–6–сонлар. 
173
 Ўша манба. 
174
 Ўша манба. 


131 
qadimgi yunon allomalari ham Qadimgi Sharqdagi falsafiy-axloqiy ta’limotlardan 
keng foydalanganlar. 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish