Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

Qadimgi Rumo.
Qadimgi Yunon axloqshunoslari ilmiy an’analarini 
Sitseron, Lukretsiy Kar, Seneka, Epiktet, Mark Avreliy, Plotin, Sekst Empirik 
singari Qadimgi Rumo mutafakkirlari davom ettirdilar. Ularning ba’zilariga 
to‘xtalib o‘tamiz. 
Tit Lukretsiy Kar
(lotincha Titus Lukretsius Karus, miloddan avvalgi 99-
44 yillar) Epikur axloqiy ta’limotining izchil himoyachisi sifatida mashhur. U 
“Narsalarning tabiati haqida” degan dostonida ruh va vujudning ajralmas aloqasini 
ta’kidlaydi, ruhning o‘lishi to‘g‘risida fikr yuritadi, insonning o‘lim qo‘rquvidan 
xalos bo‘lishida axloqiy ma’no borligini aytib o‘tadi. Aynan o‘limdan qo‘rqish, 
faylasufning fikriga ko‘ra, xilma-xil jinoyatlarni tug‘diradi: qaroqchilik, qotillik
qarindoshlarga nafrat, o‘zidan oqilroq va badavlatroq odamlarga hasad kabi illatlar 
zamirida o‘limdan qo‘rquv hissi yotadi. Aslida o‘lim tabiiy holat, insonga qo‘rquv 
solish kerak emas. Gap shundaki, qo‘rquv o‘rnini aql egallasa, iztiroblarga o‘rin 
qolmaydi, o‘lim dahshati ham yo‘qoladi. Har bir odam insonga xos ulug‘vorlik 
bilan yashashi, lazzatdan o‘zini olib qochmasligi, tabiatga norozilik bildirmasdan 
hayot kechirishi kerak. O‘lim qo‘rquvidan va ma’budlar oldidagi qo‘rquvdan xalos 
bo‘lgan kishi baxtli yashashi mumkin, aql-idrok va his-tuyg‘ular sharofati bilan 
narsalar haqida u haqiqiy tasavvurga erishadi. 
Lutsiy Anney Seneka
(lotincha Lutsius Anneus Seneka, miloddan avvalgi 
5-milodiy 65-yillar) ham yozuvchi, ham axloqshunos-faylasuf. Uning “G‘azab 
haqida”, “Shafqat haqida”, “Baxtli hayot haqida” singari axloqshunoslikka doir 
risolalari ko‘pchilikka ma’lum. Ayniqsa, “Lutsilliyga axloqiy maktublar” asari 
mashhur.
Senekaning fikriga ko‘ra, dunyo moddiy, biroq unda qandaydir jonli ibtido 
hukmron: uni aql-idrok deymizmi, tabiat, bashorat yoki taqdir deymizmi-ahamiyati 
yo‘q, muhimi shuki, uning yozig‘i, albatta, amalga oshadi. Faylasuf fazilatlarning 
175
 Эпикур. Письмо к Менекею // Лукреций. О природе вещей. М., ИХЛ, 1983. С. 516. 


135 
ma’nosini taqdirdan rozilikda, uning zarbalariga insoniy qadr-qimmatni 
yo‘qotmay, mardona va chidam bilan dosh berishda ko‘radi. U o‘limni sovuq, 
tund, lekin ozodlikning kafolati sifatida talqin etadi. Ozodlikni o‘z-o‘zini 
o‘ldirishda ko‘rish, shubhasiz, u yashagan davrning g‘oyatda fojialiligi bilan 
bog‘liq. 
Yana bir Qadimgi Rumo axloqshunosi ozod qilingan qul 
Epiktet
dir 
(Epiktetos ‒ yunoncha sotib olingan degan ma’noni anglatadi, 50–138-yillar 
atrofida). Uning axloqiy qoidalari quyidagicha: taqdir muqarrar; aql-idrok 
axloqning yagona va ishonchli mezoni; tashqi dunyo ma’budlar irodasiga qat’iyan 
bog‘liq, ichki dunyo insonning hukmi ostida; haqiqiy donishmandning erki 
shundaki, u o‘ziga bog‘liq bo‘lgan narsalarni o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan narsalar 
bilan chalkashtirib yubormaydi; hayotning maqsadi va ma’nosi shaxsiy ichki 
erkinlikni anglash va uni qo‘lga kiritishda; unga eltadigan yo‘l bitta ‒ ma’budlar 
irodasiga so‘zsiz itoatkorlik, ehtiyojda mo‘tadillik, beparvolik, sovuqqon aql bilan 
ish ko‘rish. 
Epiktet ozod inson, haqiqiy erkin odamzod deganda o‘z vijdoni da’vatiga 
monand yashaydigan, bu yo‘lda har qanday hujum-u azoblardan, hatto o‘limdan 
ham qo‘rqmaydigan kishini tushunadi. “Erkin inson faqat o‘zi to‘sqinliksiz 
hukmronlik qila oladigan narsalar ustidangina hukmron bo‘ladi. Hech qanday 
to‘sqinliksiz esa yolg‘iz o‘z ustidan hukmronlik qilishi mumkin. Shu sababli 
o‘zining emas, boshqalarning ustidan hukmron bo‘lishni xohlagan kishi, bilginki, 
erkin emas: u o‘zining odamlar ustidan hukm yurgizish istagiga quldir”, ‒ deydi 
Epiktet.
176
Yangi aflotunchilik falsafasining asoschisi 
Plotin
(yunoncha Plotinos, 2004 / 
205-270) ta’limotida axloqshunoslik masalalari muhim o‘rin egallaydi. Uning 
keyinchalik “Enne adalar” (to‘qqizliklar) deb nomlangan 54 risolani o‘z ichiga 
olgan falsafiy merosida hamma narsa Yagonadandir, degan g‘oya ilgari suriladi. 
Yagona quyoshga o‘xshaydi, boshqa barcha narsalar uning 
tajallisidir
. Yagona 
ongdan ham, hayotdan ham borliqdan ham narigi tarafda, uni tushunchalar 
yordamida aniqlab-bilib bo‘lmaydi. Yagona bilan ezgulik – bir xil. Yagonaning 
aksi ‒ moddiyat, u – yovuzlik. Inson olamdagi o‘z holatiga ko‘ra ikki 
yoqlamalikka ega: ezgulikka ham, yovuzlikka ham taalluqli zot. U Yagona kabi 
mutlaq ezgu va moddiyat kabi mutlaq yovuz bo‘lolmaydi. Insonning ezgulik 
darajasi ezgu a’mollarining salmog‘i bilan o‘lchanadi, uning yovuzlik darajasi esa 
yovuz a’mollarining ko‘p yo o‘ligiga bog‘liq. Odam bolasi ezgulikka erishish 
uchun asta-sekinlik bilan, forig‘lanish yordamida yuksak ma’naviy pog‘onaga 
ko‘tarilishi lozim: bu maqomda uning butun xayoli Yagonaga o‘xshash bo‘lishga 
qaratiladi. Qalbni forig‘lantirib borish vujudning ham forig‘lanishiga olib keladi. 
Plotinning axloq falsafasida yovuzlik, ezgulikning ziddigina emas, uning 
o‘zi alohida javhar (substansiya). Chunki uni bilish uchun alohida bilim kerak 
emas: “ezgulikni bilish, ayni paytda yovuzlikni bilishdir”
177
. Yovuzlik aslida 
176
 Эпиктет. В чем наше благо. Марк Аврелий. Наедине с собой. М., АСТ, 2002. С. 75.
177
 Плотин. Эллеады. О природе и источнике зла. // Историко-философский ежегодник. М., Наука, 1989. С. 
161. 


136 
ezgulikning yetishmasligidir. Chunki qalb Yagonaga qarab ko‘tarilib borish 
o‘rniga madaniyat tomonga tushib borsa, zaiflashadi, yovuzlashadi. Demak, aynan 
moddiy dunyo qalbda yovuzlik paydo bo‘lishining asosiy sababchisidir.
Shunday qilib, Qadimgi Rumo axloqshunoslari ham inson xatti-harakatlari 
muammosini o‘rtaga tashlaydilar va insonning olamdagi o‘rni hamda hayotining 
maqsadini belgilashga intiladilar. Bunday intilish, ayni paytda, butun qadimgi 
dunyo mumtoz axloqshunoslariga xosdir.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish