ZAG‘CHA VA QARG‘ALAR
Bir Zàg‘cha o‘z qavmidagi boshqa zàg‘chalardan bo‘ydorroq, bo‘laliroq edi. Shu bois u o‘z urug‘idan jirkanib,qarg‘alar jamoasi huzuriga bordi va ular bilan birga yashamoqchi bo‘lganini aytdi. Ammo Zàg‘chaning turqi ham,ovozi ham qarg‘alarga yot edi, shuning uchun bu qushga ro‘yxush bermay, cho‘qib-cho‘qib haydab yuborishdi. Quvilgan Zàg‘cha o‘z urug‘lari oldiga qaytib keldi, lekin zàg‘chalar bu takabbur qushdan nafratlanib, uni jamoalariga qo‘shmadilar. O‘zga yurtni afzal ko‘rib, o‘z Vatanini tark etgan kishilar shu Zàg‘chaga o‘xshaydilar: begona yurtda qadr-qimmat topmaydilar, o‘z Vatanlarida esa odamlar ulardan yuz o‘giradilar.
«Ezop masallari»
Do'stlaringiz bilan baham: |