Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

Benedikt (Baruh) Spinoza 
(1632-1677) axloqshu-
noslik borasida Dekartning ratsional qarashlarini davom ettirdi va yanada yuksak 
bosqichga olib chiqdi. Uning bu jihatdan “Xudo, inson va uning baxti haqida qis-
qacha risola” (1660), “Ilohiyot va siyosat risolasi” (1670) va “Axloqshunoslik” 
(1677) asarlari diqqatga sazovordir. 
190
 Монтень М. Опыты В 3 кн. Кн. 1–2. М., Наука, 1979. С. 332 – 333. 
191
 Декарт Р. Сочинение в двух томах. Т. 1, М., Мысль, 1989. С. 547. 


146 
Spinoza Xudoni tabiat, tabiatni Xudo tarzida talqin etadi. Xudo ‒ yagona 
substansiya (javhar), barcha hodisalar va yakka narsalarning ilk asosi. U abadiylik 
va cheksizlikka ega, yaratilmagan hamda hech qachon yo‘qolmaydi. Unga ikki 
belgi-sifat xos: biri ‒ ko‘lam, ikkinchisi ‒ tafakkur. Ya’ni tabiatda namoyon 
bo‘lgan Xudo, substansiya, azaliy va oliy ong. Substansiya o‘zi uchun o‘zi 
sababdir, deydi mutafakkir. U substansiya va uning sifatlarini talqin etishda modus 
tushunchasini kiritadi. Modus deganda faylasuf substansiyaning olamdagi 
ko‘pdan-ko‘p rang-barang hodisalar va narsalar ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi 
holatini tushunadi. Faylasuf substansiya va uning sifatlarini ‒ yaratuvchi tabiat
moduslarni esa yara-luvchi tabiat deb ataydi. Demak, substansiya olamning yagona 
ibtidosi sifatida o‘zi uchun ham, olamdagi turli xil narsa va hodisalar uchun ham 
sababdir, ya’ni birinchi sababdir. Ana shu birinchi sababsiz olamdagi narsa va 
hodisalarning mavjud bo‘lishi yoki ifoda topishi mumkin emas. Substansiya o‘z-
o‘zining sababchisi sifatida erkin, ayni paytda, oqibat sifatida zaruriyatdir.
Mutafakkirning fikriga ko‘ra, qalb yoki ruh doimo g‘oyalar yig‘indisidan 
iborat bo‘ladi. Har bir g‘oya-intensional, ya’ni ma’lum bir obyektga yo‘naltirilgan. 
Ruhning eng yaqin obyekti esa uning o‘z vujudi. Shu sababli faylasuf ruhni 
vujudning g‘oyasi deb ataydi.
Axloq-odob qonun-qoidalari, Spinoza fikriga ko‘ra, davlat huquqi qonun-
lariga mos kelishi lozim. Davlat qonunlari shunday bo‘lishi kerakki, ularga ko‘ra 
har bir kishi o‘z manfaatiga intilar ekan, boshqa shaxslar va davlat manfaatiga xilof 
ravishda ish ko‘rmasligi kerak. Ana shunda “oqilona o‘zini cheklash” yuz beradi. 
Shu bilan birga, mutafakkir yuqori hokimiyatning insonlar shaxsiy hayotiga 
aralashuviga qarshi chiqadi va vijdon erkinligini, tafakkur erkinligini himoya 
qiladi. Har kimga o‘z fikrini aytish erkinligini berish lozim, deydi faylasuf, faqat 
hukm yurgizishning demokratik shakligina zarur bo‘lgan erkinlikni to‘liq 
ta’minlashi mumkin. 
Ratsional yo‘nalishdagi mutafakkirlardan yana biri ingliz faylasufi 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish