143
Valla lazzatni
hamma yerda hamma intiladigan, ruh va vujud zavqlanishini
o‘z ichiga olgan ne’mat, deb ataydi. U ‒ hamma intilishlarning maqsadi, yagona
ne’-mat; hech kim qandaydir maqsadlar uchun lazzatlanmaydi, zero, lazzatning
o‘zi ‒maqsad. Avgustindan farqli o‘laroq, Valla, muhabbat lazzatga o‘xshash,
chunki ular ikkisining asosida ham hissiy idrok etish yotadi, deydi. Shuning uchun
u Xudoni faqat Xudo bo‘lgani uchungina sevish kerak, degan fikrga qarshi boradi.
Faylasuf Xudoni insonlarga ilohiylik
beradigan ibtido sifatida, ko‘proq maqsad
emas, vosita tarzida talqin etadi, ya’ni Xudo ne’matlar manbayi bo‘lganligi uchun
muhabbatga loyiqdir.
Ixtiyor erkinligi masalasiga ham Lorenso Valla katta e’tibor beradi. Uning
fik-riga ko‘ra, har bir inson farovonlik uchun intiladi, yovuzlikdan esa, u o‘z
yovuz-ligimi, o‘zganikimi qochishga urinadi. Ba’zan
inson kimgadir zarar
yetkazsa, albat-ta, yovuzligi tufayli emas, balki o‘z farovonligini ko‘zlab shunday
ish qiladi. Demak, inson o‘z farovonligiga intilar ekan, u to‘g‘ri yo‘lni tanlashi
kerak. Ne’matga, faro-vonlikka egalikning eng muhim sharti-baxtsizlik, xavf-xatar,
bezovtalikdan yiroq va hamma tomonidan suyukli bo‘lish. Hammaga suyukli
bo‘lish esa barcha lazzatlarning manbayi hisoblanadi; nafrat qurshovida yashash-
o‘lim bilan teng. Shularga qarab, insonning yaxshi yoki yomonligiga baho beriladi.
Valla zohidona fazilatlarga dunyoviy fazilatlarni ma’lum ma’noda
qarshi
qo‘yadi: “Fazilat nafaqat kambag‘allikka chidashda ‒ deydi u, ‒ balki boylikdan
oqilona foydalanishdadir; nafaqat toq o‘tishda, balki oila qurishdadir; nafaqat bo‘y-
sunishda, balki oqilona boshqarishda hamdir”. U zohidona fazilatlar asosida
muhab-batni emas, qo‘rquvni ko‘radi,
Xudoga ixlos emas, toqat bilan, muhabbat
emas, qo‘rquv bilan ibodat qilishni ma’qul hisoblaydi
188
.
Lorenso Vallaning axloqiy qarashlariga xulosa yasaydigan bo‘lsak, u odam-
lararo bo‘ladigan barcha aloqalar va munosabatlarda manfaatni chetga surib qo‘y-
maydi, hatto Xudoga munosabatni ham ana shu manfaat bilan bog‘laydi. Insonlar-
ning o‘zaro munosabatlarida bir-biridan foydalanish maqsadi yotadi; manfaat,
shax-siy farovonlik barcha insoniy qilmishlarni harakatga keltiruvchi kuchdir.
Bundan, shaxsiyat va ijtimoiylik bir-biri bilan ajralmaydigan darajada bog‘liq,
degan fikr kelib chiqadi.
Uyg‘onish davri axloqshunosligida keyingi davrlar uchun ham xarakterli
bo‘l-gan ikki yo‘nalish ko‘zga tashlanadi. Birinchisi – inson tabiati ibtidodan ezgu,
ikkin-chisi ‒
ibtidodan yovuz, degan g‘oya. Lekin ikkala yo‘nalish ham, real
tajribadagi inson xudbin mavjudot, degan fikrda to‘xtaladi. Farq shundaki, birinchi
yo‘nalish-dagi axloqshunoslar xudbinlikni tarixiy sharoitdan, jamiyatning oqilona
tashkil etil-maganidan, tengsizlikdan kelib chiqqan deb bilsalar, ikkinchi
yo‘nalishdagilar uni inson tabiatining ixtiyori sifatida talqin etadilar. Ana shu
yo‘nalishlardan birinchisi-ga moyillikni Lorenso Valla qarashlarida ko‘rgan
bo‘lsak, ikkinchi yo‘nalishning yirik vakili boshqa
bir italiyalik mutafakkir
Do'stlaringiz bilan baham: