Saatbekova Muhabbat Hayoti va ijodi O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, kompozitor Dilorom Omonullayeva O’zbekiston Bastakorlar uyushmasi safiga 1989 yili estrada qo’shiqlari va boshqa asarlari bilan kirib keldi. Dilorom Omonullayeva Darvinovna Toshkentda 1959 yilning 1 oktyabrida musiqachilar oilasida tug’ildi. Diloromning qalbiga ona allarai bilan musiqiy mo’jizalar kirib keldi. Qobiliyatli qizcha V. Uspenskiy nomidagi maxsus musiqa maktabining fortepiano sinfi bo’yicha o’qiy boshladi. 12 yoshidan esa qo’shimcha professor B.I. Zeydman sinfida kompozitsiyadan ham saboq ola boshladi. Dilorom Omonullayeva 1978 yil maktabni muvaffaqiyatli bitirib, Toshkent davlat konservatoriyasining kompozitorlik fakultetida professor B. I. Zeydman sinfida o’qishni davom ettirdi. B.I. Zeydman vafotidan so’ng O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san'at arbobi, kompozitor R.D.Vildanov sinfida o’qishni davom ettirdi. 1984 yil simfoni № 1 va fortepiano uchun sonata №2 taqdim etib, konservatoriyani imtiyozli diplom bilan bitirdi. Yosh mutaxassis yo’llanma bilan guliston san'at bilim yurtida 1984-86 yillarda musiqa fanlaridan dars bera boshladi. 1985 yilning iyul oyida Moskvada o’tgan XII xalqaro yoshlar festivalida kompozitorlarning fleyta va fortepiano uchun yozgan “Pomir eskizlari” pyesasi ijro etildi. 1986-90 yillarda D. Omonullayeva konservatoriyada professor T.Qurbonov sinfida assistent - stajyor sifatida saboq oldi, 1990-93 yillarni konservatoriyada “Bastakorlik va cholg’ulashtirish kafedrasi”da o’qituvchi bo’lib ishladi. D. Omonullayevaning ijodiy faoliyatida zamonaviy estrada qo’shiqchilik san'ati ustuvor turadi. U zamondosh shoirlardan U.Azimov, Z.Obidov, J.Jabborov, Yo,Mirzo, P.Mo’min, U.O’tamov, M.Omon, B.Rajab, N.Narzullayev, Yu.Suyunov, E.Madraximov, Z.Mo’minova va H.Xudoyberdiyeva va boshqalarning so’zlariga, turli mavzularda 100 dan ortiq qo’shiqlar yaratdi. Ular orasida “Men seni hech kimga bermayman”, Yomg’r yog’di”, “Saraton”, “Siz yoqqansiz menga hamisha”, “Ikki daraxt”, “Sen qaydasan”, “Azizim”, “Baxtiyorim”, “Yashnayver O’zbekiston”, “Qora atlas”, “Armon bo’lmasin”, “Ko’nglim qushi qo’lingda”, “Yig’lama”, “Yolg’on dunyo”, “Otash zamon”, “Bilsang edi” va boshqalar, estrada xonandalari K.Razzoqova, K.Qayumov, M.Oynaqulova, A.Rahimova, R. Bo’ronova, aka-uka Saidoripovlar ijrolarida mashhur bo’ldi. 01 Uning qo’shiqlari teleradio to’lqinlarida doimo yangrab kelmoqda. U 1997 yilda U Azimov she'riga “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali madhiyasiga musiqa bastalagan. O’zbek milliy teatri ochilishiga “Milliy teatr madhiyasi”-U.Azimov she'ri, 2001 yil; Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi madhiyasi (N. Komilov she'ri) 1988 yil; Vatanparvarlik mavzuida 30ga yaqin qo’shiq; jumladan, “Zarralari zar vatan”, “Tug’ilgan kuning muborak bo’lsin”, Bir-biringni asra, O’zbegim!” “Sen mening Vatanim”, “To’ylaring muborak”, “Azizi bo’ston-O’zbekiston”,”Humo qushim”, “O’zbekiston vatanim manim”. Dilorom Darvinovna Omolullayeva 1998 yili “Do’stlik” ordeni bilan taqdirlangan. U O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni, “Ofarin” mukofoti sohibi, “O’zbekiston-Vatanim manim” va boshqa tanlovlar sovrindori. Dilorom Omonullayeva 1978yili maktabni muvaffaqiyatli bitirib, Toshkent davlat konservatoriyasining kompozitorlik fakultetiga professor B.I.Zeytman sinfida o’qishni davom ettirdi. Talabalik davrida yozgan asarlari orasida Hamza xotirasiga bag’ishlangan fortepiano uchun “Sonata №1”(1978 yil); “Samarqand manzaralari” besh qismli syuita (1980 y); Sonata №2 (1983 y); B.Boyqobulovning she’rlariga 1981 yili bir necha romanslar va uch qismli torli kvartet (1982 y), fleyta va fortepiano uchun “pomir eskizlari” polifonik pyessasi bor. Bolalar uchun yozgan qo’shiqlari - 1985–1993 yillarda “Kichkintoylar uchun musiqa” bolalar bog’chalari uchun 20 qo’shiq va 30 raqs kuylari kiritilgan to’plam;
- 1992 yili “Topishmoq aytishuv” 6ta qo’shiqdan iborat turkum, shoir Po’lat Mo’min she’rlariga bog’cha bolalari uchun va xuddi shunday “Topishmoq qo’shiqlar” 10ta qo’shiqdan iborat turkum ; 1994 yili “Alifbo qo’shiqlari” 1-sinf uchun lotin alifbosining har bir harfiga 30 ta qo’shiq to’plami Po’lat Mo’min she’rlariga yozilgan. Zikr qilingan asarlarni O’zbekiston telekompaniyasining “Bulbulcha” xor jamoasi simfonik – estrada orkestri jo’rligida ijro etib keladi. Shu bilan birga ularning klavirlari nashr etilgan.
Zag’izg’on qo’shig’i Diloromning qo’shig’i O’quvchilar bilan ovoz ishlash jarayoni Yozgan madhiyalari - “Sharq taronalari” - xalqaro musiqa festivali Madhiyasi U. Azimov she’ri, 1997 yil.
- “Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi Madhiyasi” H. Komilov she’ri, 1998 yil
- O’zbek milliy teatri ochilishiga “Milliy teatr Madhiyasi” U. Azimov she’ri, 2001 yil.
- “Toshkent Madhiyasi” I.Jiyanov she’ri 2002yil
- “Kurash assosiasiyasi Madhiyasi” I.Jiyanov she’ri 2002yil.
- “Baynalminal madaniyat markazi Madhiyasi” N.Narzullayev she’ri 2004yil.
- “TASANNO” yosh laureatlarning Madhiyasi N.Narzullayev she’ri 2004yil
Sharq taronalari madhiyasi E’tboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |