180
11.3.2-rasm. Differensiallash strategiyasini ishlab chiqish jarayoni
Differensiallashning amalga oshirilishi yo‘nalishlari quyidagilar:
Korxona joylashgan hudud bo’yicha differensiallashuv
mahsulotlarni
ishlab
chiqarilgan yoki korxona tashkil qilingan joyga bog‘liq bo‘lib, mijozlarni jalb
qiluvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Mahsulotning qadrliligiga bog’liq holda differensiallashuv
iste‘molchilar
uchun azaliy odat tusiga kirgan, doimiy iste‘mol qilinadigan yoki tovar iste‘moli
ma‘lum urf-odatlarga bog‘liqligi bilan izohlanadi.
Qo’shimcha xizmat ko’rsatishga bog’liq holda.
Differensiallash
asosida
raqobat
ustunligiga
erishishning
muhim
shartlaridan
biri
mahsulot
assortimentining
kengligi
va
qo‘shimcha xizmatlarning mavjudligidir.
Qo‘shimcha xizmatlar nafaqat iste‘molchilarni jalb qiladi, balki ularning
―qo‘shimcha foyda‖ olishlarini ham ta‘minlaydi. Masalan, xariddan keyingi servis
xizmati iste‘molchilarning mahsulotni ekspluatasiya qilish bilan bog‘liq
qo‘shimcha xarajatlarini tejaydi, assortimentning
kengligi esa mahsulotdan
individual darajada foydalanishga imkon beradi.
Tovar dizayni yoki mavqyeiga bog’liq holda.
Korxonaning ijobiy imiji
ko‘pchilik hollarda iste‘molchilar tanlovini belgilab beradi. Ijobiy imij shuningdek
korxonaning strategik maqsadlarni amalga oshirishi uchun ham samarali vositadir.
Korxona imiji reklama, tovar belgisi, brend, PR,
bettakror servis, xodimlarning
xulq-atvori orqali shakllanadi.
Xodimlarga bog’liq holda
differensiallashuv
malakali mutaxassislarning
mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lib, o‘z kasbining mohir ustalari,
noyob qobiliyatli
xodimlar, ayrim turdagi xodimlar mehnatining ustunligi (masalan, faqat ayollar
(erkaklar), qo‘l mehnati, mashhur kishilar tomonidan yaratilishi) bilan izohlanadi.
Sifati bo’yicha differensiallashuv
mahsulotlarning yuqori sifati yoki sifat
menejmenti tizimi talablari asosida ishlab chiqilganligi
bilan izohlanadi
.
Mahsulotlarning iste‘molchi nuqtai nazaridan sifatli deb topilishi raqobat
ustunligini belgilovchi omillardan biridir.
Differensiallashuv strategiyasidan unumli foydalanish korxonaning foydasi
va sotish hajmining oshishiga olib keladi. Differensiallash strategiyasini qo‘llash
imkoniyat-
larni
aniqlash
maqsad-
larni
belgilash
g'oyani
ishlab
chiqish
yangi
iste'mol
xususiyati-
ni ishlab
chiqish
marketing
rejasini
ishlab
chiqish
sinovdan
o'tkazish
natijani
tahlil qilish
181
boshqa korxonalarning raqobatlashuv salohiyatini pasaytiradi,
mahsulot va
xizmatlarning iste‘molchilar tomonidan o‘zaro taqqoslanishiga imkon bermaydi
hamda korxonaning o‘z segmentida barcha xarajatlarni qoplash imkonini beruvchi
monopollashuvga olib keladi. Monopollashuv o‘z navbatida korxonaning uzoq
muddat davomida rentabellikni ta‘minlash va xarajatlarning pasayishiga olib
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: