O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
SERVIS FAOLIYATI ASOSLARI
fanidan
MA’RUZALAR MATNI
Urganch - 2022
Mundarija
№
|
Mavzular nomi
|
|
Servis faoliyatini tushunchasi va mohiyati. Servis faoliyatini ahamiyati va rivojlanish istiqbollari
|
|
Zamonaviy jamiyatdagi servis faoliyati va xizmatlar. Servis faoliyatini qarama-qarshiliklari
|
|
Xizmat tavsiflari. Xizmatlar qimmati
|
|
Servis ehtiyoj sifatida. Iste’molchi tomonidan qaror qabul qilish modeli
|
|
Xizmatlarni globallashuvi. Xizmat ko‘rsatish servis tizimi sifatida
|
|
Iste’molchilarga aloqa zonasida xizmat ko‘rsatish. Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish shakl va usullari
|
|
Xizmat sifatini axamiyati. Xizmatlarni sifati ko‘rsatkichlari
|
|
Xizmat sifatini modeli. Sifatni boshqarish
|
|
Xizmat sifatini oshirish. Raqobat ustunligini yaratish
|
|
Servis madaniyati. Xizmatlar va servis faoliyatini tasnifi
|
|
Restoranlarda mehmonlarni qabul qilishga bo‘lgan talablar. Restoranlardagi servis xizmatchilari
|
|
Restoranlardagi servis tizimi. Restoranlardagi servis ko‘rinishlari
|
|
Restoranlarda mehmonlar ishonchi. Barlardagi servis
|
|
Servis korxonasini tashkiliy tuzilmasi. Mehnat resurslarini boshqarish mohiyati
|
|
Xizmat sohasidagi xodimlar tiplari. Servis korxonasini ishlab chiqarish menejmenti xususiyatlari
|
|
Xizmatlarni pozitsiyalash va marketingi. Ish unumdorligi va servis korxonasi ishini baholash
|
|
Xizmat ishlab chiqish va yaratish sabablari. Xizmatlarni sifati va qimmatini ishlab chiqish
|
|
Xizmat ishlab chiqish tamoyillari. Ishlab chiqish jarayoni
|
|
Informatsion texnologiyalar. Xizmatlar sohasida texnologiyalarni foydalanish sohalari. Informatsion tizimlar
|
|
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati
|
1-MAVZU. SERVIS FAOLIYATINI TUSHUNCHASI VA MOHIYATI. SERVIS FAOLIYATINI AHAMIYATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Reja:
1.Xizmat nima? “Servis faoliyati”, “xizmat”, “xizmat iste’molchisi”, “xizmat bajaruvchisi”, “xizmat natijasi”, “xizmatlarni taqdim etish” va “xizmat ko‘rsatish” tushunchalarini mohiyati.
2.Fanning maqsadi va vazifalari.
3.Bizning iqtisodiyotimizni xizmatlar sektori.
4.Servis faoliyatini rivojlanish istiqbollari.
5.Servis faoliyatini mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ahamiyati.
1.Xizmat nima? “Servis faoliyati”, “xizmat”, “xizmat iste’molchisi”, “xizmat bajaruvchisi”, “xizmat natijasi”, “xizmatlarni taqdim etish” va “xizmat ko‘rsatish” tushunchalarini mohiyati
Xizmat deganda avvalo mehnat mahsulotini tushunish lozim. Ushbu mahsulotning asosiy belgilanishi bo‘lib, insonlarning aniq talablarini qondirish hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda xizmat-bu insonlarning ehtiyoj va talablarini qondirishga qaratilgan faoliyatdir. Servis faoliyati deganda yakka tartibdagi xizmatlarni ko‘rsatish orqali insonlar talabini qondirishga yo‘naltirilgan faoliyat turini tushunish lozim. Ushbu turdagi faoliyat bilan turli xildagi tashkilotlar shug‘ullanadi. Ular jumlasiga yakka tartibdagi tadbirkorlar va turli mulk shakliga ega bo‘lgan servis korxonalari kiradi. Ular mehnatining natijasi bo‘lib xizmat hisoblanadi.
Xizmat iste’molchisi-bu shaxsiy ehtiyoj uchun xizmatni oluvchi, buyurtma beruvchi yoki uni olish va buyurtma berish niyatida bo‘lgan fuqorodir. Xizmatni bajaruvchi-iste’molchiga xizmat ko‘rsatuvchi korxona, tashkilot yoki tadbirkor. Xizmatning natijasi bo‘lib, tovarning iste’mol xususiyatlarini qayta tiklash (o‘zgartirish, saqlash), buyurtmaga binoan yangi mahsulot yaratish, iste’mol sharoitlarini yaratish, sog‘liqni, shaxsning ma’naviy va jismoniy rivojlanishini ta’minlash va boshqa bir qator muhim vazifalar hisoblanadi.
Servis” tushunchasi (ingliz tilida service – xizmat, xizmat qilish), ingliz tilidagi ma’noni, ya’ni “xizmat ko’rsatish, turli xizmatlarni taqdim etish”ni anglatadi. Shu bilan birgalikda “servis” so’zini ma’nosi bizni oxirgi o’n yilliklardagi iqtisodiy amaliyotimizda aniq mohiyatga ega bo’ldi. 70-80 yillarda bizni mamlakatimizda servis zamonaviy talablarga javob beruvchi, mashhur firmalarni texnik yangiliklari va qimmatbaho tovarlari hayotini uzaytirish bo’yicha xizmatlar ko’rsatuvchi korxonalarda ishlovchi malakali ishchilar tomonidan bajarilgan xizmatlar kompleksi bilan bog’lanar edi.
“Servis” tushunchasi bilan bir qatorda “xizmat” tushunchasi ham keng foydalanildiki, u boshqa kishiga foyda ne’mat yordam keltiruvchi harakatni anglatadi. Shunday qilib, servis faoliyati mohiyatini tushunish foyda, xizmat tushunchalari bilan bog’langan ekan. Umuman olganda, “xizmat” va “servis” tushunchalari bir xil ma’noga ega bo’lmoqda. Shu bilan birga ular zamonaviy xizmat ko’rsatish turini aks ettiruvchi “servis xizmati” so’z birikmasini ham hosil qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |