Urganch davlat universiteti servis faoliyati asoslari


Bizning iqtisodiyotimizni xizmatlar sektori



Download 0,51 Mb.
bet3/130
Sana13.02.2023
Hajmi0,51 Mb.
#910617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
Bog'liq
SFA Maruzalar matni

3.Bizning iqtisodiyotimizni xizmatlar sektori
Zamonaviy odamni hayot faoliyati tovar va xizmatlarni iste’mol qilinishiga asoslangan. Ularni yaratilishi, ishlab chiqarilishi va taqsimlanishi va iste’mol qilinishi odamlar ehtiyojlarini qondirilishini dinamik rivojlanishini ta’minlaydi. Davlat iqtisodida xizmatlar sohasi va tovar ishlab chiqarish sohasi organik o’zaro bir-birini to’ldiruvchi tarmoqlar hisoblanadi.
Xizmatlar sohasi jamiyat hayotini muhim sohalaridan biri hisoblanadi va bizni faoliyatimizni barcha tomonlariga sezilarli ta’sir qiladi. Shu sababli servis faoliyati odamlarni moddiy hayot ta’minotida ma’lum rol o’ynaydi, bu yerda ularni eng turli tuman ma’naviy faoliyat turlari amalga oshiriladi. Xizmatlar sohasi – bu bir tomondan aholiga ko’rsatiladigan servis xizmatlarini assortimenti bo’lsa, ikkinchi tomondan tashkilotlar va yakka ijrochilar majmuasi bo’lib, ular servis faoliyati doirasida iste’molchilarga moddiy va ijtimoiy-madaniy xizmatlarni ko’rsatishadi.
Xizmat sohasini va servis xizmat ko’rsatishni rivojlantirish masalalariga bo’lgan jiddiy munosabat sobiq sovet vaqtida boshlangan edi. O’sha vaqtda partiya rahbariyati xizmat ko’rsatish sohasini yirik mexanizasiyalashgan xalq xo’jaligi sohasiga aylantirishga qaror qilgan edi. Bunday direktiv vazifa xalqni moddiy farovonligini oshirish dasturini amalga oshirilishida paydo bo’lgan bo’lib, dolzarb iqtisodiy ehtiyojni ifodalar edi.
O’sha vaqtda xizmat ko’rsatish sohasini xalq xo’jaligini mustaqil tarmog’iga aylantirilishi rivojlanayotgan mehnat taqsimoti sababli yuzaga kelgan obyektiv jarayon sifatida qaralar edi. Mehnat taqsimoti xizmatlar ko’rinishidagi ma’lum jamiyat mehnati qismini ajralishi bilan kechdi va uni bevosita maqsadi ehtiyojlarni qondirish, odamni hayotiy vositalar bilan ta’minlash bilan bog’liq ma’lum ijtimoiy munosabatni shakllantirish edi.
Mamlakat iqtisodini rivojlanishi bilan birga xizmatlar sohasini faoliyat maydoni ham kengayib bordi. Shu bilan birgalikda oxirgi 10-15 yilda sobiq SSSR vaqtida ishlab kelayotgan xizmat sohasi korxonalarini ko’pligi yopildi. Ular o’rniga xalqaro standartlarga mos keluvchi xizmatlar ko’rsatayotgan yangi zamonaviy servis tashkilotlari paydo bo’lmoqda. Zamonaviy raqobatbardosh servis tashkilotlarini ish asoslini samarali xizmat ko’rsatish texnologiyalari, zamonaviy jihozlar, sifatli xom-ashyo, yuqori malakali personal tashkil qiladi.
Ijtimoiy-madaniy servis sohasida xizmat ko’rsatishni yanada didli shakllari va turli-tuman xizmatlar turlari paydo bo’ldi. Servis xizmatlari bozorida doimiy ravishda yuqori sifat darajasiga ega bo’lgan yangi xizmat ko’rsatish yo’nalishlari paydo bo’lmoqda.
So’nggi yillarda respublikamizda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish bo’yicha izchil choralar ko’rilmoqda. Xizmatlar bozori tarkibi xizmatlarning yangi istiqbolli turlari - bank, moliya, sug’urta, axborot – kommunikasiya xizmatlari va boshqalarni rivojlanish hisobida takomillashmoqda. Oilalarni murakkab, maishiy texnika, kompyuterlar va shaxsiy avtotransport bilan ta’minlashni oshishi, ularga ko’rsatilayotgan xizmatlarni kengayishiga imkon berdi.
Shu bilan birga, xizmat sohasini rivojlantirishdagi jiddiy kamchilik, bandlikni oshirish va aholi daromadlarini ko’paytirish, mahalliy byudjetlarni to’ldirishni manbai sifatida servis va xizmat ko’rsatish imkoniyatlaridan kam foydalanilishi hisoblanmoqda. Xizmat ko’rsatish sohasi qishloq joylarda sust rivojlanmoqda. Shular sababli, xizmat ko’rsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi bozor mezonlariga mos kelmaydi va uni dunyoni rivojlangan mamlakatlarida bu sohada erishilgan ko’rsatkichlarga taqqoslab bo’lmaydi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish