Samarqand davlat universiteti I. X. Nasimov, I. Patterson, K. M. Ibodov hozirgi zamon raqobat


-rasm. Tovar va xizmatlarning differensiallashuvi



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/160
Sana04.08.2022
Hajmi3,36 Mb.
#846430
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   160
Bog'liq
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

 
11.2.1-rasm. Tovar va xizmatlarning differensiallashuvi
Tovar va xizmatlarning differensiallashuvi tovar harakati natijasi bo‘lib har 
doim ham monopolistik raqobatni vujudga keltirmaydi. Shu jihatdan uni 
marketingning predmeti sifatida olib qarash mumkin. Shuningdek iste‘mol 
xususiyati va qiymatga ega bo‘lgan tovar sifatida uni iqtisodiy nazariya predmeti 
doirasida ham ko‘rib chiqish mumkin.
Zamonaviy iqtisodiy adabiyotlarda monopolistik raqobat nazariyasi 
nomukammal raqobat‖ning asosi sifatida ham olib qaraladi. Mazkur nazariya 
asoschilari E.Chemberlin va Dj. Robinsonlar bunga mutlaqo qarshi bo‘lsalarda A. 
Pigu
93
―haqiqatda monopolistik raqobat nomukammal raqobatning barcha 
shakllarini o‘z ichiga oladi‖ degan fikrni ilgari suradi. E. Chemberlin va Dj. 
Robinson, ―monopolistik raqobat ikki yoki undan ortiq sotuvchilardan biri 
bozorning sezilarli qismini tovar bilan ta‘minlagan sharoitda vujudga keladi‖ deb 
tushunishgan, A.Pigu esa monopoliya va oligopoliyani monopolistik raqobat deb 
tushungan. 
Shuni ham alohida ta‘kidlab o‘tish joizki E. Chemberlin va Dj.Robinsonlar 
tomonidan kiritilgan ―monopolistik raqobat‖ atamasi mavhum tushuncha bo‘lib, 
kishilik jamiyatidagi ―monarxiyali demokratiya‖ ga qiyoslashimiz mumkin. 
Monopoliya va raqobat bir-biriga qarama-qarshi vaziyat bo‘lib, bir-birini vujudga 
keltiradi yoki monopoliyaning kuchayishi raqobatni cheklaydi, aksincha 
raqobatning kuchayishi bilan monopollashuv shakllanib boshlaydi
94
.
Nomukammal (monopolistik) raqobat – bozorning eng keng tarqalgan turi 
bo‘lib, sog‘lom raqobatga yaqin bo‘lgan holatdir. Monopolistik raqobat sharoitida 
ishlab chiqaruvchi(sotuvchi)lar soni ko‘p va bozorga kirish, faoliyatni yo‘lga 
93
Artur Sesil Pigu (1877-1959) 

angliyalik iqtisodchi, farovonlik, jumladan deflyasiya natijasida YaIM va bandik 
usishining makroiqtisodiy samarasini kiritgan. 
94
Никитина Н.Н. Диалектика конкуренции и монополии: автореф. дис. канд. экон. наук. Уфа, 2004. С.8, 21. 
Asosiy tovar 
Turli sifatli tovar 
nusxalari 
Aynan bir 
tovarning turlicha 
nusxalari 
Differensiallashgan tovar 
Qo‘shimcha iste‘mol 
xususiyatlar 


174 
qo‘yish bilan bog‘liq to‘siqlar unchalik katta bo‘lmaydi. Bunday tarmoqning aniq 
bir modelini tasvirlash juda murakkab bo‘lib, bu maxsulotning turli xususiyatlari 
va tasnifi, korxonalarning rivojlanish strategiyalari, strategik qarorlarni qabul qilish 
kabi oldindan baholab bo‘lmaydigan omillarga bog‘liq. Shu sababli xizmatlar 
ko‘rsatish tarmoqlarini ham ayrim oligopol va monopol tuzilmalarni hisobga 
olmaganda monopolistik raqobat rivojlangan tarmoqlar kategoriyasiga kiritish 
mumkin. 
Odatda monopolistik raqobat bozorining ayrim xususiyatlari quyidagi 
jihatlari bilan tavsiflanadi: 

bozorda mustaqil ishlab chiqaruvchi(sotuvchi)lar soni ko‘p, ammo 
sog‘lom raqobat sharoitidagi kabi emas; 

tarmoqqa va bozorga kirish, faoliyatni yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq 
to‘siqlar unchalik katta emas. biroq bu monopolistik raqobat sharoitida korxona 
ochish oson ish degani emas. ro‘yxatdan o‘tkazish, patent va lisenziyalar olish bir 
qator mamlakatlarda hanuz murakkab jarayonlardan iborat; 

bozorda faoliyat olib borish uchun korxonalar raqobatchilar maxsulotidan 
farq qiluvchi differensiasiyalangan maxsulotlarni taklif qilishi kerak; 

sotuvchi va xiridorlarni bozor sharoitlari to‘g‘risida to‘liq axborot bilan 
ta‘minlash; 

bozor odatda ommaviy iste‘mol tovarlariga qaratiladi, biroq, ayrim tovar 
va xizmatlar alohida ijtimoiy mavqyega ega va davlat tomonidan ma‘lum darajada 
tartibga solinadi; 

narxsiz raqobat. bozor ishtirokchilari narx darajasiga sezilarli ta‘sir 
ko‘rsata olmaydi. tovar va xizmatlarni reklama qilish va sifat ko‘pchilik hollarda 
hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi; 

xizmatlar sohasida monopolistik raqobatning muhim xususiyati 
korxonalar uchun bankrotlik xatarining yuqoriligi hisoblanadi; 
Bozorning erkinlashuvi milliy xavfsizlik, jumladan oziq-ovqat, milliy tovar 
ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash masalasini dolzarb qilib qo‘yadi.
Ta‘kidlash joizki, bugungi kunda bozorning monopolistik raqobat holati 
xo‘jalik yurituvchi subyektlar rivojlanishini nafaqat tezlashtiradi, balki ularning 
do‘stona aloqalarini birlashish, qo‘shilish, muayyan segmentlarda raqobat 
pozisiyasini saqlab qolish maqsadida yiriklashishi kabi murakkab tashkiliy 
tuzilmalarga aylantiradi. Bu jarayon xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida subyektlarning 
aksariyat qismi kichik korxonalardan iboratligi ko‘pincha uzoq muddat, ayrim 
hollarda achinarli davom etadi. Bu yerda korxonalarning o‘z-o‘zini tashkil qilish 
xususiyatini alohida qayd etish kerakki, ayniqsa xizmat ko‘rsatish tarmoqlari 
uchun bu juda xos. Katta va yirik aholi manzillarida korxonalarning tarmoq 
shaklida birlashishi, qo‘shilishi va yiriklashish imkoniyati katta. Biroq ularning 
shakllanishida asosiy harakatlantiruvchi kuch iste‘molning ommaviyligi, 
mijozlarning muayyan tovar va xizmatlarni qayta xarid qilishi bilan bog‘liq 
bo‘ladi. Shuning uchun bozorning nomoddiy ishlab chiqarish segmenti hanuz 
afzalligini saqlab kelmoqda. 
Mahsulot differensiasiyasi 

korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarning iste‘molchi uchun farqli jihatlarini ko‘rsatish usuli sifatida qarash 


175 
ham mumkin. Ushbu farqli jihatlari bilan tovarlar raqib tovarga nisbatan ustunlikka 
ega bo‘ladi. Mahsulot differeniallashuvini ko‘zda tutuvchi korxonalar barcha sa‘y-
harakatlarni cheklangan talabni qondirish imkoniyati va yuqori naflilikka ega 
mahsulotlarni yaratishga qaratadilar. Differensiaallashuv bozorning turli xil sifat, 
iste‘mol xususiyati, qiymat va naflilikka ega tovarlar bilan to‘ldirilishini 
ta‘minlaydi. Korxonalar turli iste‘molchilar tomonidan afzal deb topilgan 
mahsulotni ishlab chiqargan taqdirdagina mahsulotni differensiallash uchun 
sarflangan xarajatlarni qoplanishiga, sotish hajmi va foydaning ko‘payishiga 
erishishi mumkin bo‘ladi.
Mahsulot differensiasiyasi servis, imidj, va personal differensiallashuvi 
shaklida namoyon bo‘ladi. 

Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish