O’z o’zini nazorat va muhokama uchun savollar
1.
Raqobatning innovasiyalarni tatbiq etish strategiyasining umumiy tavsifi
2.
Innovasion strategiya nima?
3.
―Hujumkor‖ strategiyaning mohiyati nimada?
4.
Mudofaa strategiyasining mohiyati nimada?
5.
Oraliq innovasion strategiyaning mohiyati nimada?
6.
―Yutib yuborish‖ strategiyasining mohiyati nimada?
7.
Imitasiya strategiyasining mohiyati nimada?
8.
X.Frizevinkel tomonidan taklif qilingan raqobatli hatti-harakatning biologik
yondashuvning mohiyati nimada?
9.
Imitasiya strategiyasini yoriti bering?
10.
Imitasiya strategiyasining asosiy turlarini tushuntirib bering.
87
L ie be r ma n M. B , A sa ba S . Why do firms imitate each other? Academy of management review. № 31 (2).
2006. Р. 366-385.
166
11-BOB. RAQOBATNING DIFFERENSIALLASH STRATEGIYASI
11.1. Differensiallashning iqtisodiy mazmuni va xususiyatlari
11.2. Mahsulot va xizmatlar differensiasiyasi
11.3. Differensiallash strategiyasi asosida raqobat ustunligiga erishish
11.1. Differensiasiyalashning iqtisodiy mazmuni va xususiyatlari
Differensiasiallashuv (differentiation) makroiqtisodiy kategoriya sifatida
firmalarning raqobatlashuv usuli, raqobatning shaklini ifodalaydi. Differensiasiya
korxona raqobatbardoshligini oshirish yo‘nalishi ham bo‘lib, iste‘molchilar uchun
zarur bo‘lgan tovar va xizmatlarning alohida xususiyatlari bo‘yicha korxonalar
tomonidan kelishilgan holda taqsimlab olinishidir. ―differensiasiya‖ atamasi
birinchi bo‘lib, 1933 yilda amerikalik iqtisodchi E.Chemberlin monopolistik
raqobat nazariyasida qo‘llanilgan.
Iqtisodiy
adabiyotlarda
differensiasiyaning
quyidagi
turlari
ajratib
ko‘rsatiladi.
1.
Tuzilmaviy differensiasiya (Structural differentiation) — tizimda u yoki
bu funksiyani amalga oshiruvchi mayda tizimchalar ajralib chiqadi (masalan,
aynan bir reklamaning axborot qismi, reklama roligi, qisqa metrajli filmiga ega
bo‘lishi).
2.
Tuzilmaviy-funksional
differensiasiya
(Structural-functional
differentiation)
tizimda yoki unga tegishli bo‘lgan kichik tizimchalarning
bajaradigan funksiyasiga qarab tarkibiy elementlarga ajratilishi (masalan, gazeta
va jurnallarga kiritiladigan haftalik ilovalar).
3.
Funksional differensiasiya (Functional differentiation)
tizim elementlari
funksiyalari ta‘sir doirasining muntazam kengayib borishi (masalan, reklama
nashri, axborot nashri, reklam-axborot nashri)
88
.
Differensiallashuvning bugungi kundagi ahamiyati shundaki, ko‘pgina
mamlakatlarda bozorning oligopollashuvi keng tarqalgan. Oligopoliya
bozorning
bir nechta ishlab chiqaruvchilar tomonidan ma‘lum tovar ishlab chiqarish bo‘yicha
o‘zaro taqsimlanishidir. Bu shuni anlatadiki, oligopoliya sharoitida ishlab
chiqaruvchilar soni mopopol bozorga nisbatan bir necha marotaba ko‘p, erkin
raqobat sharoitiga nisbatan esa sezilarli darajada kam. Odatda oligopol korxonalar
soni 3-7 nafarni tashkil etadi.
Monopolistik raqobat bozorda ko‘p sonli xaridorlar va sotuvchilarning
mavjudligi, bozorga kirish yoki chiqishda to‘siqlarning mavjud emasligi va
tovarlarning differensiallashuvi bilan izohlanadi. Bunday sharoitda korxonalar bir-
birining yoki bozordagi narx siyosatiga sezilarli ta‘sir ko‘rsata olmaydi.
88
М. Ю. Носова. Дифференциация товара как экономическая категория\\ Вестник Челябинского
государственного университета. 2010. № 6 (187).Экономика. Вып. 26. С. 43–47.
167
Differensiallash monopolistik raqobat sharoiti uchun xos bo‘lib, har bir
korxona bir turdagi tovarni sezilarli darajada farq qiluvchi xususiyatlariga ko‘ra
ishlab chiqaradi va sotadi.
Shunday qilib, differensiallash quyidagi jihatlarga ega:
korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar boshqa korxonalar
tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlarning takomillashmagan o‘rinbosar tovari
hisoblanadi (masalan, ―Bekajon‖ va ―So‘g‘diyona‖ gazetalari);
bozorda ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)lar soni sezilarli darajada ko‘p bo‘lib
ular bozor talabining juda kam, ammo shu turdagi mahsulot bo‘yicha sezilarli
ulushini qondirishga xizmat qiladi;
bozor ishtirokchilari raqiblarning hatti-harakatiga e‘tibor qaratmaydilar va
tovarlarga narxni o‘zlari belgilaydi. Ayrim hollarda demping qo‘llash ham
mumkin;
bozorga kirish va chiqishda to‘siqlar mavjud emas
89
.
Differensiallashuv har bir korxonaning ma‘lum darajada o‘z tovari bo‘yicha
monopol mavqyega ega bo‘lishini ham ko‘zda tutadi. Biroq differensiallashgan
tovar bo‘yicha monopollashuv bozorga kirish yoki chiqishda to‘siqlar
bo‘lmaganligi bois muayyan vaqt uchun o‘rinlidir. Shuning uchun monopolistik
raqobat sharoitida korxonaning talab egri chizig‘i umumiy tovar talabiga nisbatan
kamayuvchi va tez o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shunday qilib differensiallashuv
tarmoqdagi korxonalarning aynan bir tovar deb hisoblash uchun yetarli darajada
o‘xshash, ammo har bir ishlab chiqaruvchi alohida narx va o‘ziga xos iste‘mol
qiymati yaratganligi sababli yetarli darajada boshqa tovar ishlab chiqarishni ko‘zda
tutadi.
Differensiallashuv odatda korxonaning iste‘molchilar talabini turlicha his
etishi, turli tomonlama qondirishga harakat qilishi bilan ham vujudga keladi.
Bunda iste‘molchi turli korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan turli
mahsulotlarni o‘z ehtiyojini to‘laroq qondirish nuqtai nazaridan xarid qiladi.
Masalan, gazetalar ko‘p axborotga ega bo‘lishiga qaramasdan jurnallarga nisbatan
rang-barang, chiroyli dizaynga ega emas.
Differensiallashuv natijasida talab egri chizig‘ining elastiklik darajasi erkin
raqobat sharoitiga nisbatan kamayadi, ammo monopoliya sharoitiga nisbatan
ortadi.
Elastiklik
raqobatchilar
soni,
shuningdek
tovar(xizmat)larning
differensiallashuv darajasiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Shunday qilib, differensiallashuv natijasida bir turdagi tovar narxning
tabaqalashuvi (tovarga u yoki bu iste‘mol qiymati yoki xususiyatning qo‘shilishi
narxda aks etadi) kuzatiladi. Mazkur tovarni xarid qilishga odatlangan
iste‘molchilar narxning oshishi bilan uni xarid qilishni tezda rad etmaydilar, buni
faqatgina samarli marketing va merchendayzing asosida hal etish mumkin.
89
Salimov B.T., Muxitdinova U.S., Mustafakulov Sh.I., Salimov B.B. Mikroiqtisodiyot: Darslik -T.: TDIU, 2006. -
230 b.
168
P
AS
P
m
N M
P
er
D
m
D
m
q
er
q
Q
Do'stlaringiz bilan baham: |