164
1.
Narx
bo’yicha
ustunliga
ko’ra.
Mazkur
strategiyadan
foydalanadigan imitatorlarning raqobatli hatti-harakati
innovasion mahsulot
nusxasini past narxlarda yoki mahsulotning soddalashtirilgan nusxasini yetakchi
korxonaga nisbatan pastroq narxda taklif qilishni ko‘zlaydi
85
. Ikkala vaziyatda
ham imtitator yetakchi korxona tomonidan taklif qilinayotgan innovasion
mahsulotning yuqori narxda xarid qilishni istamaydigan iste‘molchilarga asosiy
diqqatni qaratadi.
Birinchi vaziyatda imitatorning ustunligi tadqiqotlarga kam xarajat
sarflagan holda iste‘molchilarga innovasion tovarning nusxasini taklif etishi bilan
izohlanadi. Bu holda ular innovatorga nisbatan 35-40% kam xarajat sarflaydi
86
.
Taqlid tufayli imitatorlar
mahsulotni siljitish, sifatini yaxshilash, distribyusiya,
servis xizmati bilan bog‘liq xarajatlardan holos bo‘ladi. Chunki innovator
korxonalar buning uchun yetarli darajada marketing tadbirlarini ishlab chiqqan
bo‘ladi.
Ikkinchi vaziyatda mahsulotning ayrim funksiyalari iste‘molchilar uchun
―ortiqcha‖ bo‘lib, ularsiz mahsulotni arzon narxlarda sotish ham mumkin.
Muammoning yechimi mahsulotning ayrim xususiyati yoki elementidan voz
kechishdir.
Buning yaqqol dalili germaniya, Fransiyada ishlab chiqarilayotgan
avtomobillar bo‘lib, eng yangi rusumdagi avtomobillar ham ―xalq avtomobili‖
sifatida ommaviy sotilgan.
2.
Mahsulotning ustunligi bo’yicha.
Aksariyat hollarda radikal
innovasiyalar
orqali
yaratilgan
mahsulotlar,
ko‘chirib
olingan
va
takomillashtirilgan hisoblanadi. Innovatorlar texnologik va bozor rivojlanishi
tendensiyalarining
jadal
o‘zgarishi sharoitida mahsulotning kelgusidagi
muvaffaqiyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘lmaydi. Imitatorlar esa innovator
tomonidan o‘zlashtirilgan bozor nishasiga yaxshilangan yoki takomillashtirilgan
mahsulot nusxasini kiritish orqali o‘z mavqyeini uzoq davr saqlab qoladi. Bu
o‘ziga xos differensiasiya hamdir.
3.
Bozor pozisiyasidagi ustunligi bo’yicha.
Imitasiya
strategiyasi
bozor pozisiyasini mustahkamlashda ham qo‘llaniladi. bunda asosiy e‘tibor tovar
nusxasining afzallik jihatlariga emas, balki imitator korxonaning raqobat
ustunligiga qaratiladi. Bozordagi pozisiyani mustahkamlashda imitator korxonalar
quyidagi jihatlari bilan innovator korxonalardan ustunlik qiladilar:
1)
Imitator korxonalar innovasion mahsulot nusxasini ommaviy ishlab
chiqarish bo‘yicha yetarli darajada ishlab chiqarish kuchlariga ega;
2)
Imitator korxonalar mahsulot nusxasini siljitish bo‘yicha qo‘dratli
marketing salohiyatiga va mijozlar bazasiga ega;
3)
Imitator korxonalarning boshqa mahsulotlar bo‘yicha shakllantirilgan
yetarli darajada taraqqiy etgan distribyusiya kanallari mavjud bo‘lib, mahsulot
nusxasini samarali siljitish mumkin;
85
S c h na a r s S . Managing Imitating strategies: How late entrants seize markets from pioneers. New York: Free
Press, 1994. Р. 211.
86
S he nk a r O . Copycats: combining imitation and innovation to outsmart your competitors. Maidenhead:
McGraw- Hill Education, 2010. Р. 9.
165
4)
Imitator korxonalar o‘z biznesini raqbatlantirish
uchun yetarli darajada
moliyaviy resurslarga ega.
4.
Raqobat xatarining pasayishi bo’yicha.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan
imitasiya strategiyalari bozor nishasini o‘zlashtirishga qaratilgan ―hujumkor‖
xususiyatga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida himoya maqsadlarida ham qo‘llaniladi.
Imitasiya strategiyasi innovator tomonidan tarmoqqa kirishdagi to‘siqlar orqali
himoyalanish xususiyatiga ega
87
.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 26 dekabrdagi ―2017-2019
yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab
chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom
ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi qarori mahalliylashtirish ko‘lamini yanada
kengaytirishga xizmat qilmoqda. Qaror bilan tasdiqlangan dasturga muvofiq,
kelgusi ikki yilda mamlakatimizda 3 milliard 400 million dollarlik qariyb 1 ming
150 loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Bugungi kunda jahon bo‘yicha yangiliklar kiritish
orqali modernizasiya
qilingan ishlab chiqarish 88% ni tashkil qiladi va imitasiya xususiyatiga ega.
Boshqacha qilib aytganda narxga bog’liq bo’lmagan raqobat
imitiasiya raqobati hamdir.
Muvaffaqiyatli imitasiya odatda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar uchun
xos. Bunda korxonalar transport xarajatlarini asosiy narx ustamasi hisoblanadi.
shuningdek, import mahsulotlar tashqi bozorlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib,
mahalliy sharoitlarga yetarli darajada moslashtirilmagan bo‘ladi. Shuning uchun
ularni tezda o‘zlashtirish va mahalliylashtirish dasturi asosida ishlab chiqarishni
yo‘lga qo‘yish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: