Samarqand davlat universiteti I. X. Nasimov, I. Patterson, K. M. Ibodov hozirgi zamon raqobat



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/160
Sana04.08.2022
Hajmi3,36 Mb.
#846430
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   160
Bog'liq
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

―Hujumkor‖ strategiya 

 
bozorda liderlik mavqyeini egallashni ta‘minlovchi 
strategiya bo‘lib, yangiliklarni joriy etish uchun ko‘p miqdorda xarajatlarni talab 
etadi. ―Hujumkor‖ strategiya tarmoqdagi yirik korxonalar va yetakchilar uchun xos 
bo‘lib, ayrim hollarda kichik innovasion korxonalar tomonidan ham qo‘llaniladi. 
Mudofaa strategiyasi 

 
xatar darajasining pastligi va ilmiy-texnik ishlanmalar 
texnik darajasining yuqoriligi hamda aniq
 
bozor ulushini egallash bilan izohlanadi. 
Mazkur strategiyada korxona ishlab chiqarishning yuqori texnologik darajasi, 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati, kam xarajatliligi, samarali marketing 
usullari, ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari bilan shug‘ullanuvchi 
maxsus bo‘limlarga ega bo‘lgan hamda bozorda mustahkam mavqyeiga ega 
ekanligi bilan farq qiladi. 
Oraliq innovasion strategiya 

 
raqobatchilarning zaif tomonlari va 
korxonaning kuchli tomonlaridan samarali foydalangan holda amalga oshiriladigan 
strategiyadir. Ushbu strategiyaga muvofiq korxonalar o‘zi yetakchi bo‘lgan biznes 
tarmog‘idagi bo‘sh turgan nishalarni boshqa korxonalar orqali to‘ldiradi. 
Bozorning bo‘sh turgan nishalarining mavjudligi korxonaning ayrim zaif 
tomonlarining mavjudligi hamda mazkur nishaning zarur foyda bilan ta‘minlay 
olmasligi bilan izohlanadi. Oraliq strategiyalar odatda bazaviy tovarning 
modifikasiyasini kiritish orqali amalga oshiriladi. Masalan, shaxsiy kompyuterlar 
va ularning amaliy dasturlarini birja, buxgalteriya xizmatlari, ilmiy-tadqiqot 
ishlari, qurilish logistika, mudofaa yoki sog‘liqni saqlash uchun moslashtirish, 
ushbu bo‘sh turgan bozor nishalarini qo‘shimcha to‘ldirish imkonini beradi. 
Oraliq 
innovasion strategiya
o‘ziga xos o‘zlashtirish bo‘lib, yangi maxsulot va xizmat 
turlarini yaratishda arzon ishchi kuchining mavjudligi va ulardan samarali 
foydalanish maqsadida industrial davlatlarda ilgari ishlab chiqarilgan maxsulot va 
xizmat turlarini ishlab chiqarish uchun ham qo‘llaniladi. Bu korxonalarning ilmiy 
texnik va ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi. (Xitoy, 
Janubiy-Sharqiy Osiyo). 
―Yutib yuborish‖ strategiyasi 

innovasion loyihalardan boshqa korxonalar 
foydalanishiga imkon berish yoki boshqa korxonalarning innovasiyalaridan 
cheklanmagan darajada foydalanishdir. Innovasiyalar murakkabligi, yangilik 


158 
darajasi, qo‘llanilishi va sohasi bo‘yicha juda xilma-xil bo‘lib, hattoki qudratli 
ITTKI bo‘limlariga ega korporasiyalar ham innovasiyalarni samarali amalga oshira 
olmaydilar. Shuning uchun ular nafaqat o‘zlari yaratgan innovasiyalardan, balki 
boshqalar yaratgan innovasiyalardan ham foydalanishga majburdirlar. Bu shuni 
anglatadiki, korxonalar ―yutib yuborish‖ innovasion strategiyasi bilan bir qatorda 
―hujumkor‖ strategiyadan ham foydalanadi. 
Imitasiya strategiyasi 

innovasiyani joriy etishda vaqtni va moliyaviy 
resurslarni tejash maqsadida va innovasion jarayonda fundamental tadqiqotlar va 
innovasiyani ishlab chiqish va joriy etishgacha bo‘lgan davr mobaynida ishlab 
chiqarish imkoniyatlarini mustaxkamlab olish uchun qo‘llaniladi. Ushbu 
strategiyani qo‘llaydigan korxonalar tashkiliy texnologik jihatdan zamonaviy
bozor talabini yaxshi o‘rgangan bo‘lib, bu ularning bozorda mustahkam mavqyega 
ega bo‘lishini ta‘minlab beradi. Imitasiya strategiyasining mohiyati shundan 
iboratki, bunda yangi maxsulot va xizmat turlarini yaratish maqsadida xorijdan 
yuqori samarali ilmiy ishlanmalar va ishlab chiqarishning texnologik yutuqlari, 
lisenziyalari sotib olinadi.
Innovasion strategiyalar yangi bozor segmentlariga mutlaqo yangi 
mahsulotlarni taklif qilish, raqib korxonalarning yetakchi mutaxassislarini 
hamkorlikka jalb qilish, yuqori innovasion, ilmiy-tadqiqotlar olib boruvchi 
korxonalarni qo‘shib olish, konsolidasiya, yutib yuborish maqsadida ham 
qo‘llanilishi mumkin. 
Innovasion strategiyani korxonalarning bozordagi raqobat kurashida 
ustunlikka 
erishish 
bilan 
bog‘liq hatti-harakati shveysariyalik ekspert 
X.Frizevinkel tomonidan taklif qilingan biologik yondashuv asosida ham ko‘rib 
chiqish mumkin. 
X.Frizevinkel korxonalarning bozordagi raqobatli hatti-harakatini ramziy 
holda turli hayvonlar (―sherlar‖, ―fillar‖, ―begemotlar‖, ―tulki‖, ―qaldirg‘och‖, 
―sichqon‖) ga o‘xshatadi
78

Rossiyalik 
olim 
L.G.Ramenskiy 
tomonidan 
taklif 
qilingan 
tasnif 
X.Frizevinkel tasnifiga mos keladi. Ushbu tasnifga ko‘ra innovasion strategiyalarni 
quyidagi to‘rt turga ajratish mumkin: 
1. Violent korxonalar, ommaviy bozorlarga o‘z mahsuloti yoki boshqa 
korxonalar mahsuloti bilan kirib boruvchi, raqiblarga nisbatan ishlab chiqarishning 
seriyaliligi va miqyos samarasi bilan ustunlikka ega bo‘lgan yirik korxonalar 
uchun xosdir.
Violent korxonalar mashinasozlik, elektronika, farmasevtika, xizmat 
ko‘rsatish sohalarida ayniqsa ko‘p uchraydi. Violent korxonalar uchun xos bo‘lgan 
―sher‖lar – eng yuqori suratlar bilan o‘sib borayotgan va bozorni o‘zlashtirayotgan 
korxonalar, ―fil‖ 

tarmoqda yetakchilikni diversifikasiyalash orqali saqlab turgan 
va nisbatan yuqori surat bilan rivojlanayotgan korxonalar hamda ―begemot‖ 

rivojlanish suratiga ega bo‘lmagan va diversifikasiyalashuv darajasi juda katta 
bo‘lgan korxonalar tushuniladi. Violentlarning o‘ziga xos jihati ITTKI, marketing 
va mahsulotni siljitish uchun ulkan xarajatlar sarflanishidir. 

Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish