Samarqand davlat universiteti I. X. Nasimov, I. Patterson, K. M. Ibodov hozirgi zamon raqobat


 Milliy iqtisodiyotning raqobat ustunligini ta’minlash



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/160
Sana04.08.2022
Hajmi3,36 Mb.
#846430
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   160
Bog'liq
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

9.3. Milliy iqtisodiyotning raqobat ustunligini ta’minlash
shartlari 
Mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobat ustunligini ta‘minlash jahon 
iqtisodiyotida yuzaga kelgan tendensiyalardan, shuningdek, mamlaktimizni 
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish strategiyasidan kelib chiqib va kelgusi yillarda 
amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarni aniq-ravshan belgilab olish 
orqali amalga oshirilishi zarur. 
Bugungi kunda mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarning raqobat ustunligini oshirish negizida milliy iqtisodiyotimizning 
jahon xo‘jalik tizimidagi o‘rnini mustahkamlash masalasiga alohida e‘tibor 
qaratilmoqda. 
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozning salbiy ta‘siri jahon iqtisodiyotida 
xomashyo va tayyor mahsulotlarga bo‘lgan talabning pasayishini rag‘batlamoqda. 
Buning natijasida korxonalar, mamlakatlar o‘rtasidagi raqobat kurashi barcha 
mahsulotlar, ayniqsa tayyor mahsulotlar bozorlarida kuchayib borishiga sabab 
bo‘lmoqda. Bunday sharoitda milliy iqtisodiyotning raqobat ustunligi mamlakatni 
barqaror rivojlantirishning muhim omili bo‘lib qoladi. 
Shu maqsadda mamlakat iqtisodiyotini izchil ravishda isloh qilish, tarkibiy 
jihatdan o‘zgartirish va diversifikasiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori 
texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining 
jadal rivojlanishini ta‘minlash, mavjud quvvatlarni modernizasiya qilish va texnik 
yangilash jarayonlarini jadallashtirish orqali milliy iqtisodiyotning raqobat 
ustunligini ta‘minlash mumkinligini ilg‘or davlatlar tajribasi ko‘rsatib bermoqda 
(9.3.1-rasm). 


152 
9.3.1-rasm.Milliy iqtisodiyotning raqobat ustunligini ta’minlash shartlari. 
Mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatdoshligini mustahkamlash borasida 
amalga oshiriladigan chora-tadbirlar eng avvalo
 
to‘siq bo‘layotgan, ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlar sifatining past bo‘lishiga, tannarxining asossiz o‘sib 
ketishiga olib kelayotgan omillarni bartaraf etishga qaratmoqda. Jumladan, 
korxonalarda mavjud jismonan yoki ma‘naviy jihatdan eskirgan asbob-uskunalar 
hamda texnologiyalarning salmog‘ini kamaytirish, ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarning moddiy va energiya sarfini pasaytirish, sifatni boshqarish 
tizimlarini joriy etish, mahsulotlarning xalqaro standartlarga mosligini ta‘minlash 
masalasi barcha korxonalarda to‘liq hal etilishini va ishlab chiqarish quvvatlaridan 
maksimal foydalanish darajasiga erishishga qaratiladi. 
Bunday asbob-uskuna va texnologiyalardan foydalanilgan holda, ishlab 
chiqarish samaradorligini, mehnat unumdorligining oshirish, mahsulot birligiga 
to‘g‘ri keladigan moddiy, mehnat va energiya sarfi miqdorini kamaytirish, ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlarning sifat va narx bo‘yicha raqobat ustunligini 
ta‘minlashga erishish mushkul vazifadir. Ayni paytda mamlakatimizda ishlab 
chiqarilgan 1 birlik YaIMga to‘g‘ri keladigan energiya resurslari va xomashyo 
materiallari miqdori rivojlangan davlatlardagi shunday ko‘rsatkichdan ancha 
yuqoridir. 
Ma‘lumki, mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan yoqilg‘i-
energiya resurslari miqdorini kamaytirish bu mahsulotlar tannarxining pasayishiga, 
ularning ichki va tashqi bozorlardagi raqobat ustunligining ortishiga olib keladi, bu 
resurslarni kelajak avlodlar uchun tejash imkoniyatini yaratadi. 
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimini joriy etish 
borasidagi kamchiliklarni bartaraf etish masalasi ayniqsa iqtsodiyotimizning yengil 
sanoat, farmasevtika va qurilish mollari kabi yetakchi tarmoqlarida hamon 
kuzatilmoqda. Eng avvalo sanoatda mahsulot tannarxini pasaytirish yuzasidan har 
bir sanoat korxonasi bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ko‘zda tutadigan dastur 
ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. 
Bu vazifani amalga oshirish sanoat tarmoqlarida mahsulot tannarxini 
kamaytirish bo‘yicha mavjud rezervlarni aniqlash va ishga solish, ishlab 
chiqarishni material va energiyani tejaydigan zamonaviy uskunalar bilan 
Iqtisodiyotni izchil isloh qilish
Tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va diversifikatsiya 
qilishni chuqurlashtirish 
Faoliyat ko‘rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya 
qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish 
Yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va 
ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini 
ta‘minlash 
Milliy 
iqtisodiyotning 
raqobat ustunligiga 
erishish shartlari


153 
qurollantirish, mavjud quvvatlardan to‘liq foydalanish, xomashyo va materiallar 
hamda yordamchi tarmoqlar xizmatlari narxinin asossiz o‘sishini iqtisodiy yo‘llar 
bilan cheklash, sanoat kooperasiyasini kuchaytirish va xorijdan olib kelinayotgan 
xomashyo, materiallar va butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish 
kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan (9.3.2-rasm).

Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish