- DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
- TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI
- BANK ISHI VA AUDIT GURUHI
- FOZILOV FAXRUZ
- BANK ISHI FANIDAN TAYYORLAGAN SLAYDI
MAVZU: KREDIT FOIZ STAVKASIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR MAVZU: KREDIT FOIZ STAVKASIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR REJA: - KREDIT FOIZ STAVKASI
- KREDIT FOIZ STAVKASIGA INFLATSIYANI TASIRI
- KREDIT FOIZ STAVKASIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
1. Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati 1. Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati Ya’ni bozorda qanday miqdorda qarz puliga talab bor va unga nisbatan qanday miqdorda qarzga berilladigan pul chiqarilgan. Talab oshsa, foiz ortadi, taklif oshsa, u kamayadi. 2. Qarzga olina-digan pulni ishlatishdan kutiladigan naf darajasi Aniqrog‘i shu pulning iste’mol qiymati. Qarz puli tadbirkor uchun ko‘p foyda keltirsa, yoki iste’molchi ehtiyojini to‘laroq qondirsa, foiz yuqori bo‘ladi, aks holda u pasayib ketadi. Bunda pulni hozir ishlatishdan tegadigan naf taqqoslanadi. 3. Qarzni to‘lash muddati va sharti 3. Qarzni to‘lash muddati va sharti Agar qarz uzoq muddatga berilib, uni sekin-asta kichik-kichik qismlarga bo‘lib, bemalol qaytarish mumkin bo‘lsa, qarzdor past foizni ma’qul ko‘radi. Gap shundaki, qarz qanchalik uzoq muddatga berilsa, shunchalik uni ishlatib daromad ko‘rish mumkin va shu hisobdan foiz to‘lash engil bo‘ladi 4. Qarzning qan-day pul bilan berilishi Agar qarz erkin konvertirlangan valutada berilsa, foiz yuqori belgilanadi, agar u oddiy valutada berilsa, foiz nisbatan past o‘rnatiladi. Konvertirlangan pul obro‘-e’tiborli bo‘lganidan uni ishlatish oson, undan tezda yaqin daromad ko‘rish mumkin 5. Inflatsiya darajasi 5. Inflatsiya darajasi Inflatsiya yuz bersa, qarzga beriladigan pul egasiga qaytib kelguncha o‘z qadrini qisman yo‘qotadi. Bunda pul egasi yutqazadi. Shu sababli foiz inflatsiyani hisobga olib o‘rnatiladi. Foiz inflatsiya shiddatiga nisbatan to‘g‘ri mutanosiblikda o‘zgaradi. 6. Pulni qarzga berishdan ko‘ra boshqa yo‘sinda ishlatishdan tushadigan daromad Bunda pul egasining afzal ko‘rish tamoyili amal qiladi. Agar aksiya dividendi yuqori bo‘lsa, foiz pasayadi va aksincha. Agar aksiyaga 15 % dividend berilsa, foiz undan yuqori bo‘lishi shart. Aks holda pul egasi uni qarzga bermay, aksiya sotib olishni afzal ko‘radi. 7. Qarz berishning risk darajasi Agar qarzning qaytib kelishi kafolatlansa, foiz past, agar bu xatarli bo‘lib, qarz qaytishi shubhali bo‘lsa, foiz yuqori bo‘ladi. Odatda moliyaviy baquvvat va nufuzli firmalar uchun foiz tayinlanadi. Yuqori va past foiz o‘rtasidagi farq pul egalari uchun ma’lum darajada qarz riskini kamaytiradi, chunki bir yerda foizning kamligi, boshqa yerda uning ortiq bo‘lishi bilan qoplanadi. Xalqaro kredit aloqalarida foiz stavkasi milliy kredit tizimidagi foiz darajasiga bog‘liq holda belgilanadi. Ssuda foiziga ta’sir etuvchi omillarning xalqaro-valuta va moliya-kredit munosabatlari bilan bog‘liqligi tufayli foiz stavkasining darajasi milliy stavkalardan birmuncha farq qiladi.Jahon bozoridagi raqobatchilik natijasida foiz stavkalarining tez-tez o‘zgarishi milliy va mintaqaviy iqtisodiyotda beqarorlik, inflatsiyaning kuchayishi, valuta kursining tebranishi kabilar bilan izohlanadi. - Xalqaro kredit aloqalarida foiz stavkasi milliy kredit tizimidagi foiz darajasiga bog‘liq holda belgilanadi. Ssuda foiziga ta’sir etuvchi omillarning xalqaro-valuta va moliya-kredit munosabatlari bilan bog‘liqligi tufayli foiz stavkasining darajasi milliy stavkalardan birmuncha farq qiladi.Jahon bozoridagi raqobatchilik natijasida foiz stavkalarining tez-tez o‘zgarishi milliy va mintaqaviy iqtisodiyotda beqarorlik, inflatsiyaning kuchayishi, valuta kursining tebranishi kabilar bilan izohlanadi.
Xalqaro kredit aloqalarida foiz stavkasiga quyidagi omillar ta’sir qiladi: Xalqaro kredit aloqalarida foiz stavkasiga quyidagi omillar ta’sir qiladi: - 1. qarz oluvchining mamlakatdagi valuta, moliya-kredit, iqtisodiy va siyosiy ahvol;
- kredit manbalari;
- kredit qiymatini tartibga solish bo‘yicha xalqaro kelishuvlar;
- foiz stavkasi turlari (suzib yuruvchi, qat’iy va aralash);
- raqobatdagi takliflarning mavjudligi;
- kredit muddati;
- inflatsiya sur’ati;
- kreditning tijorat operatsiyalariga bog‘liqligi;
- jahon va milliy bozorda ssuda kapitalining holati;
qarz oluvchi va kreditorning maqomi, nufuzi va moliyaviy holati; - qarz oluvchi va kreditorning maqomi, nufuzi va moliyaviy holati;
- kreditning ta’minot sifati;
- kredit bo‘yicha sug‘urta qoplamasinining mavjudligi;
- qarz oluvchining olingan kreditdan kelishilgan muddatda foydalanish majburiyatining mavjudligi;
- tijorat bitimlariga nisbatan kredit kelishuvi tuzilgan vaqt;
- bitim summasi;
- kredit va to‘lov valutasi;
- valuta kursi dinamikasi va boshqalar.
FOZIOLV FAXRUZ
Do'stlaringiz bilan baham: |