82
markazida haqiqiy barg halqasi hosil bo‗ladi. Sariqtipdagi kasalliklarda
o‗simliklarning anatomik tuzilishi va funksional faoliyati qattiq bo‗zilishi
kuzatiladi.
O‗simliklar kasallanganda virus zarrachalari uning hujayralari ichida
bo‗ladi. O‗simlik viruslari o‗simliklar shikastlanmasdan turib hujayra
ichiga kira olmaganligi uchun virusli kasalliklarning ko‗pi tabiatda og‗iz
apparati sanchib-suruvchi tipda tuzilgan hasharotlar: shira, chirildoq, qurt,
trips, kalqondorlar vositasida tarqaladi. Viruslar kanalar vositasida ham
tarqalishi aniqlangan (masalan, bug‗doyning yo‗l-yo‗l mozaykasi).
Hasharotlarsiz yuqadigan viruslar ham bor.
Bu yuqishning kontakt usuli
hisoblanadi. Tashuvchi hasharotlari nomalum bo‗lgan viruslar ham
uchraydi. Masalan, tamaki mozaykasi virusi va kartoshkaning X- virusi
shira va boshqa hasharotlar bilan tarqalmaydi, lekin mexanikaviy yo‗l bilan
oson yuqadi. Kartoshkaning X-virusi kasallangan barglar sog‗lomlarga
yaqinlashganda o‗tadi. Shamol vaqtida barglar bir-biriga tegib, asosan
mikroskopik mayda tukchalar sinishi hisobiga kutiqo‗la bir oz
shikastlanishi tufayli viruslar yuqadi. Ana
shu shikastlangan joylardan
virus zarrachalari sog‗lom o‗simliklarga o‗tadi. Keyingi vaqtlarda X-virus
Synchytrium cndobioticum
zamburug‗i (fikomisetlar) orqali ham sog‗lom
o‗simliklarga o‗tishi to‗g‗risida malumotlar paydo bo‗ldi.
Viruslar zararlangan o‗simliklardan olingan urug‗lar orqali ham
yuqishi mumkin. Bodringning yashil va oq mozaykasi, loviyaning oddiy
mozaykasi, pomidor mozaykasi, lyupinning qorayishi va soya mozaykasini
qo‗zg‗atuvchilar ana shunday viruslarga kiradi.
Mozayka kasalliklarini
qo‗zg‗atuvchi viruslarning ko‗pchiligi urug‗ bilan o‗tishi mumkin. Viruslar
tugunaklarda saqlanib, tugunaklar orqali o‗tishi mumkin, masalan,
kartoshka viruslari. Meva va sabzavot ekinlari virusi ko‗chat bilan o‗tishi
mumkin.
Begona o‗tlar ham virus rezyervatori bo‗lib xizmat qilishi mumkin.
Sariq tipdagi virusli ko‗p kasalliklarning begona o‗tlarga bog‗liqligi
aniqlangan.
O‗simliklar virusli kasalliklarining rivojlanishi va tarqalishi ko‗p
jihatdan tashqi sharoitga bog‗liq. Ko‗pincha biror temperatura
virusli kasalliklarning
83
mavsumiy va geografik tarqalishini belgilaydi. Temperatura infeksiya
tarqalishiga, kasallik belgilari (simptomlari) namoyon bo‗lishi harakteriga
tasir ko‗rsatadi. Temperatura sharoiti virus tashuvchilar
soniga tasir etishi
mumkin, bu esa o‗z navbatida, o‗simliklarning zararlanishida o‗z ifodasini
topadi, kasallik belgilari harakteriga va o‗simliklarning zararlanishi
darajasiga ta‘sir etadi.
Tamaki temperatura mo‗tadil (10° dan yuqori) bo‗lganda mozayka
virusi bilan eng ko‗p zararlanadi, temperatura ortishi bilan zararlanish
darajasi pasayadi, 35° da esa kasallik alomatlari (simptomlari)
yashirin
holatda bo‗ladi. Temperaturaga qarab simptomlar turi ham o‗zgarishi
mumkin.
Yorug‗lik tasiri ham simptomlar namoyon bo‗lishida o‗z ifodasini
topishi mumkin. Odatda, sust yorug‗lik tamaki nekrozi virusiga tasir etib,
nekroz avj olib ketishiga sabab bo‗ladi. Natijada tamaki barglari qurib
qoladi. Bazi virusli kasalliklarda kuzatiladigan mavsumiy rivojlanish
ko‗pincha yorug‗lik kuchining har xilligiga bog‗liq.
Virusli kasalliklariga qarshi ko‗rashda oldini olish choralari asosiy
ahamiyatga ega. Bunda sog‗lom ko‗chat va urug‗
etishtirishga va
foydalanishga alohida ahamiyat berish kerak. Viruslar begona o‗tlarda
saqlanganligi uchun bu o‗tlarni albatta yo‗qotish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: