Bozor infratuzilmasini o’rganish



Download 79,5 Kb.
bet1/3
Sana09.06.2022
Hajmi79,5 Kb.
#646334
  1   2   3
Bog'liq
Bozor infratuzilmasini o’rganish




Bozor infratuzilmasini o’rganish.

Reja:



1.Tovar va resurslar xamda daromad va harajatlarning doiraviy aylanishi
2.Bozor infratuzilmasining tarkibi.
3.Iqtisodiy faoliyat turlari.
4. Bozor infratuzilmasini davlat tomonidan qo`llab quvvatlash tizimi
Tovar va resurslar xamda daromad va harajatlarning doiraviy aylanishi
Iqtisodiy tizimni harakatlantiruvchi, ishlatuvchi, kerakli joylardan okishni ta`minlovchi – puldir. Pul harakatsiz turishi kerak emas, u shu doiraviy aylanish «trubalaridan» to`xtovsiz okishi kerak.
Pul harakati tezligini kursatuvchi, iqtisodiy oqimlar dinamikasi kursatuvchi – daromadlar va harajatlardir. Pulni kupayishi daromadlar oqimining tezligini oshirmaydi, agar ular banklarda, kishilar chuntaklarida qolib ketsa. Ikkinchi tomondan, pulni kupaytirmay xam oqimni tezlatish mumkin.
Iqtisodiy sistemada pulning statik mikdori bilan daromadlar oqimi o`rtasidagi uzaro aloka makroiqtisodiyotning muxim narsalaridan biri.
Milliy daromad - bu mamlakat miqyosida ish haqi, renta, foiz va foydaning umumiy yig`indisidir.
Milliy mahsulot – iqtisodiy tizimda ishlab chiqarilgan hamma tovar va xizmatlar qiymatining majmuasidir.
Milliy mahsulotga qilinadigan umumiy harajatlar – bozorlardan utuvchi pulli tulovlar oqimidir.
Biz kurayetgan bu sodda iqtisodiy sistemada milliy daromad va milliy mahsulot bir-biriga tengdir.
Endi modelni sal murakkablantiramiz unga jamg`arma, investitsiya va moliya bozorini kushamiz.
Jamg`arma – bu oila harajatlarining daromadlaridan kam bulishi natijasida tuplangan puldir. U bankka quyiladi yoki aksiya, obligatsiyaga ketadi.
Investitsiya - bu umumiy kapital hajmini usishga yerdamlashuvchi hamma harajatlardir.
Investitsiya 2 xil buladi:
a) asosiy kapitalga investitsiya;
b) tovar - moddiy zaxiralarga investitsiya.
Iqtisodiy ma`noda oldin ishlatilgan moddiy boylik, kuchmas mulk sotib olinsa investitsiya hisoblanmaydi, yangisini sotib olishgina investitsiyadir.
Moliya bozorlari - bu oila ho`jaliklaridan jamg`arish orqali firmalarga pul oqimlarini o`tkazish bilan shugullanuvchi iqtisodiy institutdir. Ularga banklar va moliyaviy oraga kiruvchilar (sug`urta kompaniya, pensiya fondi…) kiradi. Bular pul jamg`armalarining yarmini uzidan o`tkazadi, ikkinchi yarmi oila ho`jaliklari aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatbaho qog`ozlar sotib olish orqali utadi.
Jami taklif – iqtisodiy tizimda ishlab chiqarilgan butun tovar va xizmatlar qiymatining yig`indisi.
Jami talab – haridorlar tomonidan muljallangan yangidan ishlab chiqarilgan butun haridlar yig`indisi. Bu ikkalasi bir-biriga teng buladi, agar kamroq sotilsa, shunga mos tovar zapaslari usadi va barobarlik tiklanadi.
Agar bozorlarda tovarlar sotilmay kolsa, firmalar yo ishlab chiqarishni kamaytiradi yoki tovarlar narxini tushiradi. Teskarisi sodir bulib, tovarlar keragidan ortikcha sotilsa, tovar zapaslari yeyiladi, natijada esa narx ko`tariladi yeki ishlab chiqarish kupaytiriladi. Shunday kilib:
Shunday kilib, uy ho`jaliklari firmalarni ishlab chiqarish omillari bilan ta`minlab turadilar, ular esa bu omillardan foydalanib tovar va xizmatlar ishlab chiqaradilar. Bunga ayirbosh sifatida korxonalar uy ho`jaliklarini daromadlar bilan ta`minlab boradilar, bunga esa uy ho`jaliklari firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni sotib oladilar.
Agar uy ho`jaliklari sotib olishga kamroq sarf kilsalar, firmalar ishlab chiqarishni kiskartirishga, ishlovchilarni kuchaga xaydashga majbur buladilar. Buning okibatida uy ho`jaliklarining daromadi yanada kamayib ketadi, ularning sotib olish imkoniyatlari pasayadi. Demak, makroiqtisodiyot mana shu harajatlarni ozgina kamayishi mamlakatda katta muammolarni keltirib chiqarishga yul kuymaslik choralarini kidiradi.
Biz xozirgacha, doiraviy aylanishning davlatsiz taxlil kildik. Endi bu doiraviy aylanishga davlat blokining kushib kurib chikamiz. Xozirgi zamon iqtisodiyotida davlatning roli juda katta va u doiraviy aylanishga juda kuchli ta`sir kiladigan elementdir. Davlat sektorini rolini inobatga olib, doiraviy model kuyidagicha buladi:
Bu modeldagi yangi bloklarning va oqimlarni kurib chikamiz:
a) hukumat (yeki davlat) iqtisodiyotning eng kuchli ta`sir etuvchi elementlaridan bulib, rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tizimning boshqa elementlari bilan asosan 3 yul bilan boglangan:

Qoloq iqtisodiyotda davlatning doiraviy aylanishda axamiyati, mavkei juda katta bulib, unga ancha narsa boglik buladi. U orqali utadigan oqimlar nisbatan juda katta buladi. Hukumat uy ho`jaliklari bilan soliq xamda transfert tulovlari orqali boglangan. Aholi uz daromadlarining bir kismini davlatga ajratadi, bu soliq hisoblanadi. Hukumat uz navbatida davlat budjetidan aholiga xilma-xil ijtimoiy yerdamlar kursatadi (nafaka, stipendiya, posobiya). Bularni transfert tulovlari deyiladi. Sof soliqlar deganda, butun soliqlardan davlatning aholiga kaytariladigan transfert tulovlarini ayirib, kolgan koldikka aytiladi.
Hukumat moliya bozorlari bilan davlat qarzi orqali boglangan. Agar budjet defitsitli bo`lsa, hukumat aholidan, firmalardan moliya bozori orqali qarz oladi. Agar budjet ijobiy saldoga ega bo`lsa, hukumat aholiga, korxonalarga, moliya bozori orqali uz qarzlarini kaytaradi. Shuning uchun oqim ikki tomonlama xarakturga ega. Hayotda ikkala tomondan xam okib turadi.
Hukumat mahsulot bozorlari bilan davlat haridlari orqali boglangan. Hukumat uz oldiga quyilgan vazifalarni bajarish uchun unga moddiy resurslar kerak. Bularni u budjet hisobidan mahsulot bozoridan harid kiladi. Hukumat firmalar bilan dotatsiya yeki subsidiya orqali boglangan buladi. Qoloq iqtisodiyotda hukumat bilan firmalar o`rtasidagi oqim kattaligi bilan fark kiladi.
Hukumat davlat sektoriga ega bulganligi uchun, u resurslar bozori bilan xam aloka kilib turadi.
Aholining iste`mol bozorida pulini ishlatmaydigan kismi - bu,
a) sof soliqlar, ular davlat ihtiyoriga kelib tushadi va b) moliya bozoriga ishlatiladigan jamg`armalardir. Bular mahsulot va daromadlar doiraviy oborotidan «okib ketuvchi» (utechka) deyiladi. «Utechka» va iste`molga ketadigan harajatlar milliy daromadga barobar buladi.
Bundan tashkari, oila harajatlari bulmagan 2 tur tovar va xizmatlarga qilinadigan harajatlar bor. Bular investitsiya va davlat haridlaridir. Bu oqimlar doiraviy oborotga qilinadigan «inyeksiya» lar deyiladi. Iste`molga qilinadigan butun harajatlar va «inyeksiya» doim milliy daromadga teng.



Download 79,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish