Bozor infratuzilmasini o’rganish


Iqtisodiy faoliyat turlari



Download 79,5 Kb.
bet3/3
Sana09.06.2022
Hajmi79,5 Kb.
#646334
1   2   3
Bog'liq
Bozor infratuzilmasini o’rganish

Iqtisodiy faoliyat turlari
Ehtiyojlar turli-tuman bo`lganidan ularni qondirish ham turlicha yo`llar bilan amalga oshiriladi, lekin baribir bu ish iqtisodiy faoliyatni talab qiladi.
Iqtisodiy faoliyat deganda inson tirikligini ta`minlash usullari va vositalarn majmui tushuniladi.
Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanadi, yaratilgan mahsulotlarni ayirboshlash orqali isge`mol etish bilan tugallanadi. Uning asosiy bo`g`ini ishlab chiqarish, ya`ni har xil mahsulot va xizmatlarni yaratishdir. Mehnat yaratgan ne`matlar iqtisodiy ne`matlar deyiladi. Ular tabiatdagi tekin ne`matlar (havo, quyosh nuri, suv) dan farq qiladi. Mahsulotlarni ayirboshlash va ularning isge`moli (ishlatilishi) ham iqtisodiy faoliyat tarkibiga kiradi Ishlab chiqarish tijorat (savdo-sotiq) orqali iste`mol bilan bog`lanadi. Iqtisodiy faoliyat turlari xilma-xil, lekin ular bir-birini albatga taqozo etadi.
Ishlab chiqarish bo`lmasa kishilar yashay olmaydi, bu turgan gap. Ammo kishilar yaratgan mahsulotlarini o`zaro ayirboshlash orqali iste`molni qondiradilar, bir-birlariga kerakli mahsulotlarni yegkazib beradilar.
Kishilar o`z ehtiyojini qondirmasa, ish qobiliyatini tiklay olmaydilar. Binobarin, iste`molsiz ishlab chiqarish ham bo`lmaydi. Ishlab chiqarish turlari g`oyat ko`p. Hozir dunyoda 25 million xil mahsulot va ularning butlovchi qismlari va detallari yaratiladi. Aholiga minglab xil xizmatlar ko`rsatiladi.
Ishlab chiqarish birlamchi faoliyat sifatida ikki turga bo`linadi:
1. Moddiy ishlab chiqarish aniq moddiy shaklga ega mahsulotlarni (masalan, iste`mol buyumlari, yonilg`i, xomashyo, material, mashina va uskunalarni) yaratish, shuningdek, moddiy sohaga xizmatlar ko`rsatish. Bunga sanoat, qishloq
xo`jaligi, yuk transporti, qurilish, ombor xo`jaligi, aloqa kiradi.
2. Nomoddiy ishlab chiqarish — moddiy shaklga ega bo`lmagan,qo`l bilan ushlab his etilmaydigan, ammo foydali xizmatlar ko`rsatish. Masalan, shifokor yoki o`qituvchi xizmati moddiy ko`rinishda emas, lekin u hammaga zarur. Nomoddiy ishlab chiqarishga madaniyat, xalq ta`limi, sog`liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport kabi sohalar kiradi.
Ayirboshlash faoliyatida mahsulotlar va xizmatlar yaratilmaydi, balki ular ma`lum miqdoriy nisbatda bir-biriga almashtiriladi. Bu jarayon ikki xil kechadi: biri mahsulot ayirboshlash, ikkinchisi tovar ayirboshlash.
Bir mahsulotning bevosita boshqasiga to`g`ridan-to`g`ri, lekin ma`lum miqdoriy nisbatda ayirboshlanishi barter (mu`ovaza) dsb yuritiladi.
Barter ayirboshlashning qulay bo`lmagan xolis usuli. Bu usul oldi-berdi aloqalari izdan chiqqanda, pul shiddatli qadrsizlanganda qo`llaniladi. Me`yordagi iqtisodiyot sharoitida tovar ayirboshlashga amal qilinadi.
Bir mahsulotning boshqasiga pul vositasida va ma`lum narx asosida, ya`ni oldi - sotdi yo`li bilan ayirboshlanishi tovar ayirboshlash deyiladi.
Tovar ayirboshlash barterdan farqliroq, tovarni oldin pulga, so`ngra pulni kerakli boshqa tovarga ayirboshlashni bildiradi. U hamma bop, ya`ni universal ayirboshlashdir. Bu jarayonda pul ishtirok etadi, pulga xohlangan tovarni xohlagan joydan sotib olish mumkin bo`ladi.
Tovar ayirboshlash, oldi-sotdi ayirboshlashning eng yuksak va qulay shaklidir.
Iste`mol degan narsa mahsulotni amalda, ya`ni ehtiyojni qondirish uchun ishlatish demakdir. Mahsulotlar, birinchidan, tirikchilik uchun kishilarning o`zlari tomonidan iste`mol etiladi, ikkinchidan, ishlab chiqarishni davom ettirish uchun uning o`zida ishlatiladi.
Iste`mol faoliyat sifatida yakka, oilaviy, guruhiy yoki umum-milliy istemol tarzida yuz beradi. Masalan, ko`ylakni har bir kishi yakka tartibda kiyadi, televizor, gilam yoki mebel oilaning birgalikdagi iste`molida bo`ladi. Maktab, kasalxona yoki bolalar bog`chasidagi asbob-anjom va jihozlar ham birgalikda ishlatiladi. Armiya, xavfsizlik xizmati yoki boshqa ma`muriy tashkilotlar xizmatidan ayrim kishilar yoki guruhlar emas balki butun xalq bahramand bo`ladi. Xullas, mahsulotlar va xizmatlar har xil bo`lsada iste`mol etiladi. Ammo bundan qat`i nazar ular iste`mol etilgach, yana qayta yaratilishi lozim. Demak shunday qoida bor:
Cheksiz ehtiyojni qondirish uzluksiz iqtisodiy faoliyatni talab qiladi.
Iqtisodiy faoliyat yoki iqtisodiyot kishilarning ma`lum maqsad yo`lidagi xatti-harakatini bildiradi. Uning ishtirokchilari ayrim kishilar, oila, korxona, xo`jaliklar va davlatdir.
Iqtisodiyot ishtirokchilari iqtisodiy subyektlar deb ataladi, ular o`zaro muntazam iqtisodiy aloqada bo`ladilar. Bu esa ularning iqtisodiy munosabatlaridir. O`zaro aloqasiz na ishlab chiqarish, na ayirboshlash, na iste`mol yuz beradi. Robinzon Kruzo kabi kimsasiz orolda tanho xo`jalik yuritish faqat hikoyalarda bo`ladi. Amaldagi iqtisodiyot yo`lida esa hamma bir biriga bog`liq bo`lishi zarurat hisoblanadi.

Bozor infratuzilmasini davlat tomonidan qo`llab quvvatlash tizimi


Davlat tomonidan tartibga solish vositalarini kuyidagi 4 guruxga ajratadilar:
A) ma`muriy.
B) iqtisodiy.
V) psixologik.
G) xukukiy.
Ma`muriy vositalar davlat kuchiga tayanib ruxsat berish, ta`kiklash, majbur qilish choralaridan iboratdir. Eng rivojlangan davlatlarda ham bu vositalar kullaniladi. Masalan, Fransiyada hukumat Parij aglomeratsiyasida yangi yirik korxonalarni kurishni ta`kiklab kuygan, ya`ni litsenziya umuman bermaydi. Bunday kilinishga Parijning xaddan tashkari o`sib ketganligi sabab bulgan (shaxarda 10 milliondan ortik axoli yashaydi). 70 yillarda Parij Fransiyaning kariyb 1G`3 qism sanoatini berar edi. Shaxar ancha ifloslangan edi. Shuning uchun bu karor kabul kilingan. Ma`muriy choralar ( yirik-yiriklari) ilgor davlatlarda kamdan - kam ( odatda ekstremal) xolatda kullaniladi. Masalan, Yaponiyada II jaxon urushidan keyin katta konsernlarni majburan maydalashtirish chorasi amalga oshirilgan.
Mamlakatda xukukiy normalarini belgilash va bozor subyektlarining faoliyat qilishlari uchun tartib - qoidalarni ishlab chikish hukumatning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu uyin qoidalari takomillashtirib, o`zgartirib, yangi qonunlar kabul kilib davlat iqtisodiyotga kuchli ta`sir etadi.
Xozirgi zamonda iqtisodiyotni tartibga solishda psixologik vositalarning ham roli katta. Televideniye, matbuot, radio va boshka yullar bilan hukumat axolining psixologiyasiga, uning karor kabul qilishiga, uni o`zgartirishga va shu yul bilan iqtisodiyotga ta`sir qilishga xarakat kiladi.
Albatta iqtisodiyotga ta`sir qilishning asosiy vositalari bu iqtisodiy vositalardir. Ularni kuyida kengrok kuramiz.
Davlatning iqtisodiy siyosati iqtisodiyotni tartibga solishga karatilgan bulishi kerak. Davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish xilma - xil siyosat va ta`sir shakllaridan foydalanadi:

  • davlat tadbirkorligi;

  • davlat xaridlari;

  • soliq siyosati;

  • moliya siyosati;

  • pul - kredit siyosati;

  • investitsiya siyosati;

  • struktura siyosati;

  • antimonopol siyosat;

  • ilmiy texnika siyosati;

  • programmalashtirish;

  • baxo belgilash;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish.

Davlat tadbirkorlik bilan shugullanishi uchun davlat uz mulkiga (korxonalariga) ega. Xozirgi iqtisodiyotda davlat mulkining xissasi anchagina. Odatda davlat mulki milliy ahamiyatiga ega bulgan, oldi – sotdi obyekti bulmagan narsalardir ( urmonlar, suvlar, parklar, tarixiy obidalar…).
Davlat kulida mamlakat uchun juda katta ahamiyat kasb etuvchi iqtisodiy obyektlar (aloka, enegetika, transport va xokazo tarmoklarda ) yeki biznesmenlar investitsiya ajratishni, shugullanishni xoxlamaydigan soxalarda ( kanallar kurish, shaxar kanalizatsiyasi kabi) yexud juda kup fan xarajatlarini talab kiladigan soxalarda bulishi mumkin.
Davlat sektorini rivojlantirish davlatning iqtisodiyotni tartibga solish, jumladan, xususiy sektorga ta`sir qilishning muxim vositasidir. Davlat sektori struktura siyosatini olib borishda ham katta rol uynaydi. Davlat mulki davlat budjeti mablag`lari hisobiga yeki natsionalizatsiya hisobiga usadi.
Davlat xarid qilish orkali ham iqtisodiyotga juda kuchli ta`sir kiladi: u xususiy sektor uchun ish frontini kengaytiradi. Davlat xaridlari rivojlangan mamlakatlarda , avvalombor, armiya (xarbiy zakazlar) ni kulab quvvatlash uchun kerak. Bundan tashkari fermerlarni kullash uchun kishlok xujaligi tovarlarini davlat tomonidan xarid qilish ham keng tarkalgan. Ammo davlat mulki va davlat xaridi tizimi rivojlangan mamlakatlarda kiskarib bormokda. Davlatning kuchli bulishi uchun uzida katta mulkni olishi shart emas. Masalan, Shvetsiyada davlat kulida ishlab chiqarish fondlarining 5% mujassamlashgan, ammo u uz kanallari orkali milliy daromadining 80% ini kayta taksimlaydi, shuning uchun teng yarmi ( 40 % ) ijtimoiy maksadlarga sarflanadi.
Pul - kredit siyosatining vositalari keyingi mavzularda kengrok utiladi, bunda fakat 3 tasini sanaymiz:

  • hisob darajalarini tartibga solish;

  • minimal rezerv xajmini urnatish va o`zgartirish;

  • hukumat organlarining kimmatli kogozlar bozorida operatsiyalar qilish.

Budjet - soliq siyosati ham tartibga solishning juda kuchli kuroli, u siyosat daromadlar siyosati , xarajatlar siyosati va struktura siyosatlari bilan chambarchas boglangan.
Tashqi iqtisodiy alokalarni tartibga solish – bu eksporti, importini, kapital okimini, ish kuchi migratsiyasini, texnologiya okimini, valyuta munosabatlarini uz ichiga oladi.
Davlat iqtisodiyotni tartibga solishda soliqning aksincha yunalishdagi (davlatdan korxonaga) xarakati bulgan dotatsiya va subsidiyalar ham iqtisodiyotni tartibga solishning kurollaridir. Ammo buni juda extiyetkorlik bilan ishlatgan ma`kul. Chunki u bokimandalik kayfiyatini rivojlantiradi. Sobik SSSR tajribasi buni yakkol kursatib berdi.Un yilliklar davomida berilgan dotatsiyalar sovet korxonalaring raqobatbardoshligini pasaytirib yubordi, maxsulot sifatini tushirib yubordi, texnika va texnologiyani esa konservatsiya kilib tashladi.
Iqtisodiyotga davlat tomonidan ta`sir etishning kiska muddatli usullaridan tashkari uzok muddatga muljallangan tartibga solish usullari ham ishlatiladi. Bunda struktura, ilmiy - texnikaviy siyosat olib boriladi. Bu siyosatlar ilmiy texnika tarakkiyeti talablariga javob beradigan infrastrukturani yaratish, qoloq regionlarni rivojlantirish, samaradorlikni oshirish, milliy kapitalning raqobatbardoshligi oshirish, ITR talabiga javob beradigan kadrlarni tayyorlash kabi vazifalarga karatiladi. Bu avvalo rejalashtirishdir. Bunda kiskacha tarixga tuxtasak, u uch boskichdan iborat:
A) direktiv rejalashtirish (SSSRda 1928 – 1990 yil, Fransiya 1945 - 1956 yil.). Bunda reja majburiy bulib, asosan ishlab chiqarish xajmiga taalukli bulgan, ya`ni plan - zakaz.
B) indekativ ( rekomendatsiya) plan, bunda reja rekomendatsiya xarakteriga ega bulgan, ya`ni ixtiyeriy bulgan. Shu bilan davlat va xususiy korxonalar uz pozitsiyalarini koordinatsiya kilganlar. ( bu ayrim davlatlarda xozir ham bor, ammo asosan 80 yillargacha bulgan).
V) xozirgi boskich, strategik rejalashtirish yeki programmalashtirishdir. Bunda reja oriyentir xarakterga ega. Rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyotining ochiklik darajasi juda yukori, shuning uchun davlatning manevr qilish imkoniyati chegaralangan.
Programmalashtirish davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning eng oliy shaklidir. Uning vazifasi davlat tomonidan tartibga solishning butun elementlarini global maksadlar uchun kompleks ishlatishdan iborat.
Masalan, Fransiyada 1993 - 1997 yillar uchun ishlab chiqarilgan programmada asosiy maksadlar – maorif, ilmiy tadkikotlar, axolining ijtimoiy himoyalash, mamlakat territoriyasini obodonlashtirish va ma`muriy xizmatlarni yangilash. Hamma narsa birinchi navbatda shunga buysundirilgan.
Programmalashtirish uchun kabul kilinadigan dasturlar vakt nuktai nazaridan kiska mudatli ( 1 yilgacha), urta muddatli ( 5 yilgacha) va uzok muddatali dasturlarga bulinadi. Programmalashtirishning obyekti tarmok ( masalan, kishlok xujaligi, turizm) , regioni (Masalan, Alyaskani rivojlantirish dasturi), ijtimoiy soxa (Masalan, Yaponiyadagi oliy ta`limni rivojlantrish dasturi), ilmiy tadkikot yunalishi ( masalan, yadroenergetika) bulishi mumkin.
Dasturlar odatdagi va favkuloddagi (masalan, Germaniyaga GDR kushilgach, "«Yangi yerlarni strukturaviy kayta kurish va xususiylashtirish dasturi"» ) programmalar buladi.
Davlat tomonidan tartibga solishning chegarasi bormi? Xa, u xususiy mulk egasining mafaatiga mos tushsa, bu faoliyat samara beradi, bulmasa yuk.
Programmalashtirishda 4 sektor ajratiladi:
a) real;
b) budjet;
v) monitar;
g) tulov balansi.

Foydalanilgan adabiyotlar:




1.Anufriyev,A.I.,Fattaxov A.A.«Strategii razvitii optovo`x ro`nkov»T,2002,TGEU.
2.Voloshuk G.A «Infrastuktura torgovli» Kiyev,Vo`sh.shkol.,1989
3.Soliyev A.,Usmonov A. «Marketing»,T, «Ukituvchi»,1997
4.Chjen. V A. Mirzaaxmedov E «Ro`nochno`ye infrastukturo` O`zbekistana»,T,1996
5.Chjen V.A «Xususiylashtirish asoslari» T,1996
6.Rasulov M «Bozor iqtisodiyoti asoslari»,T,O`zbekiston, 1999
7. www.ziyonet.uz
Download 79,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish