Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov



Download 32,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/111
Sana30.01.2023
Hajmi32,89 Kb.
#905485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

 
Ma’sul muharrir: 
Qurvontoev R.-q.x.f.d. professor, TAITDI 
Taqrizchilar: 
b.f.d. professor, A.P.Pazilov, GulDU. 
b .f .d. dosent, D.Qodirova, TashDAU. 
 
Ushbu darslik Samarqand davlat universiteti kengashining 2021yil 30
noyabrdagi 5-sonli qaroriga asosan nashr etishga ruxsat berilgan. 
ISBN 978-9943-6999-5-3 
 

 Samarqand davlat universiteti, 2021.



Kirish 
 
Planetamizdagi hayot asosan 2 ta katta jarayon yani fotosintez 
prosessida hosil bo‗lgan organik modda va uning etapma etap chirishi, 
parchalanishi tufayli ushlab turiladi. Fotasintez jarayonini yuksak 
o‗simliklar amalga oshirsa, organik moddalarning parchalanishini 
mikroorganizmlar ta‘minlaydi. Tuproq biologiyasi fani tuproqda 
yashaydigan barcha tirik organizmlarini va ular moddalarning kichik 
biologik aylanishda tutgan o‗rnini o‗rganadi. 
Tuproq biologiyasi, tuproqshunoslik fanining bir bo‗limi hisoblanib, 
tuproq xaqidagi umumiy bilmlarni to‗ldiradi. Ikkinchi tamondan bu fan 
biogeysenologiya fani bo‗limi bo‗lib, planetada kechadigan murakkab 
tabiiy sistemalarni o‗rganadi. 
Tuproq biologiyasi, biologiya va tuproqshunoslik fanlari tarkibida 
vujudga kelgan yangi fan hisoblanadi. Bu fan mikrobiologiya, biokimyo, 
algologiya, mikologiya, tuproq zoologiyasi va protistologiya fanlarining 
predmetlarini o‗anish bilan bir qatorda, genetik tuproqshunoslik fani 
shug‗ullanadigan: tuproqning kelib chiqishi, tuproq profilining hosil 
bo‗lishi. Tuproq fizikasi va kimyosi o‗ganadigan, suvga chidamli 
agregatlarning hosil bo‗lishida mikroorganizmlarning roli, elementlarning 
tabiatda aylanishi va tuproq profilida akkumilyasiyalanish, agrokimyo va 
dehqonchilik fanlari bilan bog‗liq holda tuproq unumdorligi va 
o‗simliklarning oziqlanishi kabi muammolarni ham o‗rganadi. 
Tuproq biologiyasi tuproqda kechadigan biokimyoviy jarayonlar 
mexanizmini ta‘riflamaydi, balki ushbu jarayonlarni keltirib chiqaruvchi va 
ularning bosqichlarini o‗ziga xos maxsus uslublar orqali o‗rganadi va 
alohida fan bo‗lib shakllanadi. 
XIX asrning oxirida Tuproqshunoslik va mikrobiologiya faniga asos 
solingan bir davrda, tuproq biologiyasi fani ham vujudga keldi. 1883 yilda 
rus olimi V.V.Dokuchayev tuproqqa tabiiy tana deb qarab uning paydo 
bo‗lish nazariyasini yaratib, tuproqning paydo bo‗lishi uchun zarur omillar: 
tuproq paydo qiluvchi ona jinsi, iqlim, relef, vaqt hamda hayvon va 
o‗simliklarning hayot faoliyatlarini 



ko‗rsatgan. V.V. Dokuchaev tuproqning paydo bo‗lishi va rivojlanishi 
jarayonida, tuproq mikroorganizmlarning ishtirokini birinchi bo‗lib 
izohlaydi. 
V.I. Vyernadskiy biosfera, haqidagi biogeoximiya faniga asos solgan. 
Tirik organizmlarning faoliyatiga alohida to‗xtalib, ularni yer yuzidagi 
geologik jarayondagi eng katta kuch deb izohlaydi. Tirik organizmlarning 
hayot faoliyati tufayli yerda azotli kislorodli atmosferat vujudga kelgan, 
gidrosfyera va litosferaning tarkibi o‗zgargan. 
A. Levenguk o‗zi yasagan 250-300 marta kattalashtirib ko‗rsatadigan 
mikroskop yordamida bakteriyalarni, soddalarni, suvo‗tlarining hujayraviy 
tuzilishini, o‗simliklarning to‗qima tuzilishini va qizil qon tanachalarini 
kashf qilib, mikrobiologik va gistologiya fanlariga asos soldi. 
L.Pastyer 1857 yilda sut kislotali, sirka kislotali, spirtli bijg‗ish 
jarayonini o‗rgandi va moy kislotali bijg‗ishni kashf qilib, ushbu 
jarayonlarning barchasini har xil to‗rga mansub mikroorganizmlar keltirib 
chiqarishni isbotladi va yana anaerobioz- kislorod bo‗lmagan muhitda 
yashovchi bakteriyalar anaeoblarni kashf qildi. Tuproq ichidagi organik 
moddalar, klechatka, pektin va har xil qoldiqlar anaerob sharoitida 
parchalanishi Ya‘ni chirishiga asos solindi. 
Almoniyalik olim Robert Kox mikroorganizmlarni o‗stirish uchun 
ozuqa muhitini ishlab chiqdi va ularni qatiq oziqa muhitiga ekib, toza 
kulturasini 
ajratib 
olishni 
taklif 
qildi. 
Ushbu 
klassik 
uslub 
mikrobiologiyaning barcha jabhalarida 
hozirgi kunda ham keng 
qo‗llanilmoqda. 
Moddalarning Ya‘ni uglerod, azot va oltingugurtning tabiatda 
aylanishida mikroorganizmlarning ishtirok etishini S.N.Vinogradskiy 
(1856-1953) va M. Beyyerink (1851-1931) dastlab o‗z ishlarida asoslab 
berdi. 
Mikrobiolog olim S.N. Vinogradskiy 1887 yilda ayrim bakteriyalar 
moddalar almashinuvi uchun zarur bo‗lgan energiyani anorganik 
moddalarnig oksidlanishidan olishini aniqladi. U energiya manbayi sifatida 
mineral moddalardan, uglerod manbayi sifatida esa ko‗mir kislotalaridan 
foydalanuvchi avtotrof bakteriyalarni kashf qildi. 



S.N.Vinogradskiy 
Beggiotoa 
bakteriyasi moddalar almashinuvi uchun 
zarur energiyani oltingugurtning oksidlanishidan olishini aniqladi. Ushbu 
kashfiyot 
asosida 
xemosintez 
jarayoni 
yaratildi, 
Ya‘ni 
tirik 
organizmlarning SO
2
o‗zlashtirib olishi, anorganik moddalarning 
oksidlanishida hosil bo‗ladigan energiya hisobiga borishi moddalar 
almashinuvining xemosintezi deb ataldi. 
S.N. Vinogradskiy va uning safdoshlari oldida, o‗simliklar tuproqdagi 
nitratni o‗zlashtirib oziqlanadi, lekin nitrat tuproqda qanday paydo bo‗ladi 
degan muammo turar edi. S.N. Vinogradskiy elektiv oziqali muhit 
uslubida, mikroorganizmlar ishtirokitda, ammiak aerob oksidlanib, nitratga 
aylanishida (
Nitrosomonas va Nitrobactyer
) lar ishtirok etishini kashf qildi. 
oksidanishida hosil bo‗lgan energiya hisobidan bo‗lishi isbotlandi. 
S.N.Vinogradskiy tomonidan, azotning anaerob fiksasiyalanishi, 
selyulozaning 
aerob 
parchalanishi, 
tuproqqa 
tushgan 
organik 
moddalarning, murakkab organik birikmaga gumusga aylanishida 
mikroorganizmlarning roli kabi ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi va 
ahamiyati ochib berdi. 
S.N. Vingradskiyning safdosh Golladiyalik olim M. Beyyerink azotni 
o‗zlashtiruvchi, erkin yashovchi va simbiont tuganak bakteriyalarni hamda 
pektin moodalarining achishini qo‗zg‗atuvchi bakteriyalarni ajiratib oldi. 
Ushbu ishlari bilan ―gollandiya mikrobiologiya maktabiga‖ asos soldi. 
Rus mikrobiologiyasining rivojlanishida G. A. Nadson (1867-1942), 
N. A. Krasilnikov (1896-1973) va E.N. Mishustin (1901-1991)larning 
ilmiy-tadqiqot ishlari katta ahamiyatga ega. N.A. Krasilnikov ―Tuproq 
mikroorganizmlari va yuksak o‗simliklar‖ nomli 
asarida tuproq 
mikroorganizmlarinig hayoti yuksak o‗simliklar bilan bir butin tizim 
asosida kechishini asosab berdi. E.N. Mishustin turli tuproq tiplarida 
mikroorganizmlar 
tarqalishining 
ekologo-geografik 
qonuniyatlarga 
bog‗liqligini asoslab berdi. 
Tuproq biologiyasining- mikologiya, algologiya va zoologiya 
bo‗limlari, XX asrning boshlarida tuproq bakteriologiyasi bo‗limidan keyin 
rivojlandi. 



Germaniyalik olim A de Bari (1831-1888)-mikologiya Ya‘ni 
zamburug‗lar haqidagi fanga asos soldi. Rossiyada zamburug‗lar haqidagi 
fan 
M.S.Voronina (1838-1903), A.A.Yаchevskiy (1863-1932) va 
S.Vaksman(1888-1973) olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanish 
ishlari orqali rivojlandi.A.A. Yаchevskiy ―Zamburug‗lar aniqlagichi‖ 
asarini yaratdi, S. Vaksman tuproq zamburig‗larini o‗rganishdi boshlab 
berdi. 

Download 32,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish