Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov



Download 32,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/111
Sana30.01.2023
Hajmi32,89 Kb.
#905485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

I- Bo‘lim. O‘SIMLIKLAR 
1.1.
 
Tuproq suvo‘tlari. 
Tuproq suv o‗tlarining juda ko‗pchiligi mikroskopik tuzilishga ega. 
Boshqa mikroorganizmlarga qaraganda tuproq suvo‗tlarini qurollanmagan 
oddiy ko‗z bilan oson farqlash mumkin. Ular nam tuproq yuzasida yashil 
va ko‗kyashil qobiq parda, pardasimon dog‗ hosil qiladi. Bunday xodisalar 
«tuproqning gullashi» nomini oladi. Bunday holatlar yerta bahorda 
o‗simliklar bilan qoplanmagan quyosh nurida yaxshi qizigan tuproq yuzida 
bo‗ladi. Bu davrda 1sm
2
tuproq yuzasidagi hujayralar soni 20 mln 
donagacha borib ularning bir gektardagi umumiy biomassasi 1500 kg ga 
etadi. Yozda suvo‗tlarining dog‗larini nam bo‗lgan ochiq joylarda ko‗plab 
ko‗rish mumkin, suvo‗tlari tog‗ qoyalarida daraxtlarning tanalarida nam 
etarli bo‗lgan yuzada rivojlanadi. 
Tuproq suvo‗tlari deb yashash muhiti doimiy ravishda tuproq bilan 
bog‗liq bo‗lganlarga aytiladi. Bularni quyidagicha guruhlarga bo‗lish 
mumkin. 
1.
Tuproq yuzasida yashaydiganlar Ya‘ni etarli shart-sharoit 
bo‗lganda tuproq yuzasida parda yoki qoplama hosil qilib rivojlanadi. 


11 
2.
Suvli tuproq yuzasida yashovchi Ya‘ni doimiy ravishda o‗ta nam 
tuproqda, suvli muhitda rivojlanadi. 
3.
Tuproq qatlamlarida yashovchilar. Suvo‗tlari barcha tuproqlarda 
uchraydi, lekin ularning soni va biomassasi, tuproqning namligi, sho‗rligi 
va yoritilish sharoitiga qarab aynan bir tuproqning o‗zida ham turlicha 
bo‗ladi. Yuksak o‗simliklar bilan to‗liq qoplanmagan tuproqlarda 
suvo‗tlarining soni 1 gr tuproqda 5 mingdan tortib 1,5 mln. donagacha 
bo‗lishi mumkin. Suvo‗tlarining umumiy biomassasi tuproq iqlim 
sharoitiga va tuproqning holatiga qarab bir gektar maydonda bir necha yuz 
kg ni tashqil etadi. Haydaladigan tuproqlarda, o‗rmon tuproqlariga nisbatan 
bir necha baravar ko‗p bo‗ladi. 
Suvo‗tlari fotoavtotrof organizmlar bo‗lib biogenetik sistemada, 
dastlabki organik moddani sintezlovchi o‗simliklar guruhiga qo‗shilgan. 
Yyer 
usti 
biogesenozida 
suvo‗tlarining 
mahsuldorligi 
yuksak 
o‗simlilarnikiga nisbatan bir necha baravar kam bo‗ladi, lekin ularning 
biomassasi o‗zgaruvchan bo‗lib, qulay iqlim sharoitlarida ko‗plab 
to‗planib 
tuproqda 
yashovchi 
mikrooganizmlarga 
va 
umurtqasiz 
hayvonlarga oziq bo‗ladi. Suvo‗tlari organik moddalarni dastlabki hosil 
qiluvchilar qatorida biogeosenoz endigina shakllanib kelayotgan tog‗li 
hududlarda vulqonlarning otqindi jinslari ustida va qaytadan tiklanayotgan 
yyerlarda juda katta ahamiyatga ega. 
Tuproq suvo‗tlari taksonomik jixatdan bir neta bo‗limlarga bo‗linadi, 
lekin tuproqda barcha bo‗limning vakillari ham uchrayvyermaydi. 
Tuproqda yashovchi suvo‗tlar 2000 turni tashqil etadi. Tuproqda 
ko‗kyashil va yashil suvo‗tlar 500 turni tashqil qilsa, diatomlar 300 turni, 
sariq yashillari 150 turni va evglenasimonlar bir necha turni tashqil qiladi. 
Qizil suvo‗tlardan tuproqda faqat bitta tur uchraydi. 

Download 32,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish